Xodjamova Gulbaxor Adxamjon kizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yumshoq to‘qimalar xavfli o‘smalarida MR-tomografiya yordamida radiologik diagnostikaning mul`timodal nur tekshirish usullari samaradorligini baholash», 14.00.19 – Klinik radiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2024.3.PhD/Tib4942.
Ilmiy rahbar: Xodjibekov Marat Xudaykulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va klinik immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.06.01.
Rasmiy opponentlar: Gafur-Axunov Mirza Aliyarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xamidov Obid Abduraxmanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot insitituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yaratilgan mashinali o‘qitish usullaridan foydalangan holda ul`tratovush va MRT skoríng klassifikatsion modellarini qo‘llash orqali yumshoq to‘qima o‘smalarining nur tekshirish samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yumshoq to‘qima o‘smalarini noinvaziv differensial tashxislash maqsadida ul`tratovush tasvirlarining semantik belgilari mashinali o‘qitish algoritmlari asosida formallashtirilib, morfologik tur va vaskulyarizatsiya darajasiga tayangan holda xavflilik indeksini hisoblash imkonini beruvchi prognostik model` ishlab chiqilgan hamda ushbu yondashuv an’anaviy sub’ektiv vizual baholashning cheklovlarini bartaraf etishi isbotlangan;
MRT semantik belgilari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va kollinearlik darajasini inobatga olgan holda mashinali tanlash algoritmlari qo‘llanilib, o‘sma konturlari, signal xususiyatlari va invaziya belgilariga asoslangan xavflilikni bashorat qiluvchi MRT-skoring modeli shakllantirilgan hamda uning differensial diagnostik ahamiyati asoslangan;
klinik, ul`trasonografik va MRT semantik parametrlarini yagona logistik modelga integratsiya qilish orqali mul`timodal xavflilik indeksi ishlab chiqilgan bo‘lib, mazkur yondashuv vizual belgilarning ustma-ust tushishi sharoitida xavfsiz va xavfli yumshoq to‘qima o‘smalarini farqlashning ishonchliligini sezilarli oshirishi isbotlangan;
mashinali o‘qitishga asoslangan xavflilik indeksini klinik amaliyotga joriy etish orqali yumshoq to‘qima o‘smalarini nurli tashxislashning differensial algoritmi takomillashtirilgan bo‘lib, mazkur algoritm sub’ektiv talqinni kamaytirish, morfologik verifikatsiyaga ko‘rsatmalarni optimallashtirish va invaziv aralashuvlarni ratsionallashtirish imkonini berishi klinik jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yumshoq to‘qimalar xavfli o‘smalarida MR - tomografiya yordamida radiologik diagnostikaning mul`timodal nur tekshirish usullari samaradorligini baholash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
Birinchi ilmiy yangilik: yumshoq to‘qima o‘smalarini noinvaziv differensial tashxislash maqsadida ul`tratovush tasvirlarining semantik belgilari mashinali o‘qitish algoritmlari asosida formallashtirilib, morfologik tur va vaskulyarizatsiya darajasiga tayangan holda xavflilik indeksini hisoblash imkonini beruvchi prognostik model` ishlab chiqilgan hamda ushbu yondashuv an’anaviy sub’ektiv vizual baholashning cheklovlarini bartaraf etishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 26.02.2024 yildagi 11-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Yumshoq to‘qima o‘smalari diagnostikasida mul`timodal nur tashhisida MRT usulining samaradorligini oshirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot onkologiya va radiologiya markazining Surxondaryo filialining 2024 yil 11 maydagi №36-T-sonli buyrug‘i hamda ushbu markazning Andijon filialining 2024 yil 25 maydagi №41-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 17 noyabrdagi №29-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ul`tratovush tasvirlarining semantik belgilariga asoslangan xavflilik indeksini hisoblovchi prognostik modelni klinik amaliyotga joriy etish yumshoq to‘qima o‘smalarini operatsiyadan oldin noinvaziv differensial tashxislash imkoniyatini kengaytiradi, xavfli jarayonlarni erta aniqlash, xavf guruhlarini shakllantirish, morfologik verifikatsiyaga ko‘rsatmalarni aniqlash hamda asossiz jarrohlik aralashuvlari ehtimolini kamaytirishga xizmat qiladi. Ushbu yondashuv, ayniqsa, vizual belgilar ustma-ust tushadigan klinik holatlarda tashxis qo‘yish ishonchliligini oshirish orqali bemorlarning o‘z vaqtida to‘g‘ri marshrutizatsiya qilinishiga va davolash taktikasini individuallashtirishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan prognostik ul`tratovush modelini qo‘llash qo‘shimcha nurli tekshiruvlar va asossiz invaziv aralashuvlar sonini qisqartirish hisobiga diagnostika xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi. Ushbu yondashuvni joriy etish natijasida bir nafar bemorga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha iqtisodiy samara taxminan 350 000 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: ul`tratovush tasvirlarining semantik belgilariga asoslangan xavflilik indeksini hisoblovchi prognostik model yumshoq to‘qima o‘smalarini erta noinvaziv tabaqalash, morfologik verifikatsiyaga ko‘rsatmalarni optimallashtirish va asossiz jarrohlik aralashuvlarini kamaytirish orqali klinik qaror qabul qilish sifatini yaxshilaydi hamda bir nafar bemorga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha 350 000 so‘m iqtisodiy samaraga erishishni ta’minlab, ishlab chiqilgan yondashuvning yuqori ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligini tasdiqlaydi.
Ikkinchi ilmiy yangilik: MRT semantik belgilari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va kollinearlik darajasini inobatga olgan holda mashinali tanlash algoritmlari qo‘llanilib, o‘sma konturlari, signal xususiyatlari va invaziya belgilariga asoslangan xavflilikni bashorat qiluvchi MRT-skoring modeli shakllantirilgan hamda uning differensial diagnostik ahamiyati asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 26.02.2024 yildagi 11-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Yumshoq to‘qima o‘smalari diagnostikasida mul`timodal nur tashhisida MRT usulining samaradorligini oshirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot onkologiya va radiologiya markazining Surxondaryo filialining 2024 yil 11 maydagi №36-T-sonli buyrug‘i hamda ushbu markazning Andijon filialining 2024 yil 25 maydagi №41-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 17 noyabrdagi №29-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: MRT semantik belgilari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va kollinearlik darajasini inobatga olgan holda mashinali tanlash algoritmlari asosida shakllantirilgan MRT-skoring modelini amaliyotga joriy etish yumshoq to‘qima o‘smalarining ichki tuzilishi, qo‘shni yumshoq to‘qimalarga invaziyasi va mintaqaviy limfadenopatiyani ob’ektiv baholash imkonini kengaytiradi, xavfli jarayonlarni erta bosqichda aniqlash, morfologik verifikatsiyaga ko‘rsatmalarni aniqlash va operatsiya oldi rejalashtirish sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Ushbu yondashuv vizual sub’ektiv baholashdan kelib chiqadigan xatolarni kamaytirish orqali klinik qaror qabul qilish ishonchliligini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan MRT-skoring modelini qo‘llash MRT tekshiruvlarini maqsadli yo‘naltirish va keraksiz qo‘shimcha tekshiruvlarni qisqartirish hisobiga diagnostika xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi. Ushbu yondashuvni joriy etish natijasida bir nafar bemorga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha iqtisodiy samara taxminan 154 000 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: o‘sma konturlari, signal xususiyatlari va invaziya belgilariga asoslangan MRT-skoring modeli xavfli yumshoq to‘qima o‘smalarini noinvaziv differensial tashxislash, morfologik verifikatsiyaga ko‘rsatmalarni optimallashtirish va operatsiya oldi baholash sifatini oshirish orqali klinik qaror qabul qilish samaradorligini yaxshilaydi hamda bir nafar bemorga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha 154 000 so‘m iqtisodiy samaraga erishishni ta’minlab, ishlab chiqilgan yondashuvning yuqori ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatini tasdiqlaydi.
Uchinchi ilmiy yangilik: klinik, ul`trasonografik va MRT semantik parametrlarini yagona logistik modelga integratsiya qilish orqali mul`timodal xavflilik indeksi ishlab chiqilgan bo‘lib, mazkur yondashuv vizual belgilarning ustma-ust tushishi sharoitida xavfsiz va xavfli yumshoq to‘qima o‘smalarini farqlashning ishonchliligini sezilarli oshirishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 26.02.2024 yildagi 11-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Yumshoq to‘qima o‘smalari diagnostikasida mul`timodal nur tashhisida MRT usulining samaradorligini oshirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot onkologiya va radiologiya markazining Surxondaryo filialining 2024 yil 11 maydagi №36-T-sonli buyrug‘i hamda ushbu markazning Andijon filialining 2024 yil 25 maydagi №41-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 17 noyabrdagi №29-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: klinik, ul`trasonografik va MRT semantik parametrlarini yagona logistik modelga integratsiya qilish orqali ishlab chiqilgan mul`timodal xavflilik indeksi yumshoq to‘qima o‘smalarini vizual belgilar ustma-ust tushishi sharoitida ham ishonchli farqlash imkonini yaratadi, xavf guruhidagi bemorlarni erta bosqichda aniqlash, morfologik verifikatsiyaga yo‘naltirishni asoslash va individual davolash taktikasini belgilash sifatini oshiradi. Ushbu yondashuv noto‘g‘ri talqin qilish holatlarini kamaytirish, ortiqcha invaziv aralashuvlar ehtimolini pasaytirish hamda klinik qaror qabul qilish jarayonini standartlashtirish orqali tibbiy yordam sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: mul`timodal xavflilik indeksini qo‘llash orqali yuqori darajali xavfli bemorlarni maqsadli ravishda MRT va biopsiyaga yo‘naltirish, xavfsiz o‘smalarda esa qo‘shimcha tekshiruvlardan voz kechish imkoni paydo bo‘lib, diagnostika bosqichida ortiqcha xarajatlar qisqardi. Ushbu integrativ yondashuvni joriy etish natijasida bir nafar bemorga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha iqtisodiy samara taxminan 201 000 so‘mni tashkil etdi.. Xulosa: klinik, ul`tratovush va MRT ma’lumotlarini yagona mul`timodal logistik modelga birlashtirish asosida yaratilgan xavflilik indeksi xavfsiz va xavfli yumshoq to‘qima o‘smalarini ishonchli differensial tashxislash, morfologik tasdiqqa ko‘rsatmalarni optimallashtirish va klinik qaror qabul qilish samaradorligini oshirish orqali ortiqcha diagnostik va invaziv aralashuvlarni kamaytiradi hamda bir nafar bemorga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha 201 000 so‘m iqtisodiy samaraga erishishni ta’minlab, ishlab chiqilgan yondashuvning yuqori ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatini tasdiqlaydi.
To‘rtinchi ilmiy yangilik: mashinali o‘qitishga asoslangan xavflilik indeksini klinik amaliyotga joriy etish orqali yumshoq to‘qima o‘smalarini nurli tashxislashning differensial algoritmi takomillashtirilgan bo‘lib, mazkur algoritm sub’ektiv talqinni kamaytirish, morfologik verifikatsiyaga ko‘rsatmalarni optimallashtirish va invaziv aralashuvlarni ratsionallashtirish imkonini berishi klinik jihatdan asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 26.02.2024 yildagi 11-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Yumshoq to‘qima o‘smalari diagnostikasida mul`timodal nur tashhisida MRT usulining samaradorligini oshirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot onkologiya va radiologiya markazining Surxondaryo filialining 2024 yil 11 maydagi №36-T-sonli buyrug‘i hamda ushbu markazning Andijon filialining 2024 yil 25 maydagi №41-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 17 noyabrdagi №29-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: mashinali o‘qitishga asoslangan xavflilik indeksini klinik amaliyotga joriy etish orqali yumshoq to‘qima o‘smalarini nurli tashxislashning differensial algoritmini takomillashtirish sub’ektiv vizual talqin ta’sirini kamaytirish, morfologik verifikatsiyaga ko‘rsatmalarni aniqlash va bemorlarni xavf darajasiga ko‘ra ratsional marshrutizatsiya qilish imkonini berdi. Mazkur algoritm klinik qaror qabul qilish jarayonini standartlashtirish, tashxis qo‘yish muddatlarini qisqartirish va asossiz invaziv aralashuvlar sonini kamaytirish orqali tibbiy yordam sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: takomillashtirilgan differensial algoritmni qo‘llash orqali ortiqcha biopsiya va qo‘shimcha instrumental tekshiruvlar soni qisqardi, statsionarda asossiz yotqizish holatlari kamaydi hamda diagnostik bosqichda resurslardan oqilona foydalanish ta’minlandi. Ushbu yondashuvni joriy etish natijasida bir nafar bemorga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha iqtisodiy samara taxminan 154 000 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: mashinali o‘qitish asosida ishlab chiqilgan xavflilik indeksiga tayangan holda takomillashtirilgan nurli tashxis algoritmini klinik amaliyotga joriy etish yumshoq to‘qima o‘smalarini differensial tashxislashda sub’ektiv xatolarni kamaytirish, morfologik tasdiqqa ko‘rsatmalarni optimallashtirish va invaziv aralashuvlarni ratsionallashtirish orqali tibbiy yordam sifatini oshiradi hamda bir nafar bemorga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha 154 000 so‘m iqtisodiy samaraga erishilganini ko‘rsatib, mazkur yondashuvning yuqori ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatini tasdiqlaydi.