Rahmanova Muhayyo Davronbek qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Prenatal va postnatal davrda turli xil tug‘ma yurak nuqsonlarining exokardiografik diagnostikasini takomillashtirish», 14.00.19 – Klinik radiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2026.1.PhD/Tib6881.
Ilmiy rahbar: Raxmonova Gulbahor Ergashovna, tibbiyot fanlari doktori,professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bolalar milliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bolalar onkologiyasi,gematologiyasi va klinik immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.06.01
Rasmiy opponentlar: Rozixodjaeva Gulnora Axmedovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xamidov Obid Abduraxmanovich, tibbiyot fanlari doktori,professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: prenatal va postnatal davrda turli xil tug‘ma yurak nuqsonlarini exokardiografik tashxislashni takomillashtirish hamda postnatal kuzatuv va davolash taktikasini belgilash uchun differentsial diagnostik algoritm ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shuntli tug‘ma yurak nuqsonlarida exokardiografik morfometrik ko‘rsatkichlarning operatsiyaga tavsiya qilinishini ajratishdagi prognostik ahamiyati aniqlanib, ochiq arterial yo‘l diametrining ≥1,9 mm chegara qiymatida AUC=0,945, sezgirlik 84,4% va spetsifiklik 100%, bo‘lmachalararo to‘siq nuqsoni diametrining ≥8,8 mm chegara qiymatida AUC=0,846 hamda qorinchalararo to‘siq nuqsoni diametrining ≥4,2 mm chegara qiymatida AUC=0,624 ekanligi asoslangan;
postnatal davrda tug‘ma yurak nuqsonlarining klinik og‘irligini ko‘p omilli baholashning prognostik ahamiyati kritik nuqsonni ajratishda AUC=0,872 va intensiv terapiyaga ehtiyojni prognozlashda AUC=0,798 ko‘rsatkichlari bilan asoslanib, SpO₂ning har 5 foiz punktga pasayishi hamda o‘pka arteriyasi klapanidagi bosim gradientining har 10 mm sim.ust.ga ortishi intensiv terapiyaga ehtiyoj shansini mos ravishda 1,68 va 1,34 baravar oshirishi aniqlangan (p<0,001);
prenatal va postnatal tekshiruv natijalarini qiyoslash orqali fetal exokardiografiyaning sezgirligi 94,74%, spetsifikligi 88,24%, musbat prognostik qiymati 96,43% va diagnostik aniqligi 93,24% ekanligi aniqlanib, klinik shubha saqlangan hollarda postnatal exokardiografik verifikatsiya zarurligi asoslangan;
kritik tug‘ma yurak nuqsonini ajratishda ≥3 ball chegarasida AUC=0,820, sezgirlik 62,2% va spetsifiklik 91,6%, intensiv terapiyaga ehtiyojni baholashda ≥2 ball chegarasida esa AUC=0,771, sezgirlik 66,7% va spetsifiklik 73,7% ekanligi asoslanib, SpO₂ ≤89%, chap qorincha chiqaruv fraksiyasi ≤65% va o‘pka arteriyasi klapanidagi bosim gradienti ≥21 mm sim.ust. mezonlariga mos ravishda 2,2 va 1 ball berilgan 0-5 ballik xavf shkalasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Prenatal va postnatal davrda tug‘ma yurak nuqsonlarining exokardiografik diagnostikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: shuntli tug‘ma yurak nuqsonlarida exokardiografik morfometrik ko‘rsatkichlarning operatsiyaga tavsiya qilinishini ajratishdagi prognostik ahamiyati aniqlanib, ochiq arterial yo‘l diametrining ≥1,9 mm chegara qiymatida AUC=0,945, sezgirlik 84,4% va spetsifiklik 100%, bo‘lmachalararo to‘siq nuqsoni diametrining ≥8,8 mm chegara qiymatida AUC=0,846 hamda qorinchalararo to‘siq nuqsoni diametrining ≥4,2 mm chegara qiymatida AUC=0,624 ekanligi asoslanganligi haqidagi ma’lumotlar «Prenatal va postnatal davrda tug‘ma yurak nuqsonlarini exokardiografik diagnostikasini takomillashtirish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan (Toshkent davlat tibbiyot universiteti qoshidagi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2026-yil 24-fevraldagi 02-23/1202-t-son tasdig‘i). Mazkur tavsiyanoma Surxondaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (2026-yil 11-martdagi 32-T-son buyruq) va Toshkent shahar 8-sonli shahar tug‘ruq kompleksida (2026-yil 31-martdagi 202-son buyruq) klinik amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026-yil 7-oktabrdagi 216-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: nuqsonning o‘lchami, anatomik tuzilishi va gemodinamik ta’sirini birgalikda baholash kardiojarroh maslahatiga muhtoj bolalarni o‘z vaqtida aniqlash va ixtisoslashtirilgan yordamga yo‘naltirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: yagona exokardiografik baholash mezonlarini qo‘llash takroriy tekshiruvlarni kamaytirishga xizmat qiladi. Yiliga 1000 nafar bemor tekshirilishi va takroriy ExoKG ulushi 10% dan 3% gacha kamayishi shartida 70 ta tekshiruvning oldini olish hisobiga hisobiy iqtisodiy samara yiliga 9,1 mln so‘mni tashkil etishi mumkin. Xulosa: exokardiografik morfometrik mezonlar shuntli nuqsonlarda operatsiyaga tavsiya qilinishini baholashni to‘ldiradi; davolash to‘g‘risidagi qaror nuqson anatomiyasi va bemorning klinik-gemodinamik holati bilan birgalikda qabul qilinadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: postnatal davrda tug‘ma yurak nuqsonlarining klinik og‘irligini ko‘p omilli baholashning prognostik ahamiyati aniqlanib, kritik nuqsonni ajratish modelida AUC=0,872, intensiv terapiyaga ehtiyojni prognozlash modelida AUC=0,798 ekanligi asoslangan; SpO₂ning har 5 foiz punktga pasayishi intensiv terapiyaga ehtiyoj shansini 1,68 baravar, o‘pka arteriyasi klapanidagi bosim gradientining har 10 mm sim. ust. ga ortishi esa 1,34 baravar oshirishi aniqlanganligi (p<0,001) haqidagi ma’lumotlar «Prenatal va postnatal davrda tug‘ma yurak nuqsonlarini exokardiografik diagnostikasini takomillashtirish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan (Toshkent davlat tibbiyot universiteti qoshidagi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2026-yil 24-fevraldagi 02-23/1202-t-son tasdig‘i). Mazkur tavsiyanoma Surxondaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (2026-yil 11-martdagi 32-T-son buyruq) va Toshkent shahar 8-sonli shahar tug‘ruq kompleksida (2026-yil 31-martdagi 202-son buyruq) klinik amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026-yil 7-oktabrdagi 216-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: klinik holat, kislorod saturatsiyasi va exokardiografik gemodinamik ko‘rsatkichlarni birgalikda baholash kritik nuqsoni yoki intensiv terapiyaga ehtiyoji bo‘lgan bolalarni ustuvor ravishda tekshirish hamda davolash taktikasini o‘z vaqtida belgilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: intensiv terapiyaga ehtiyojni erta baholash statsionar resurslarni maqsadli taqsimlash hamda ortiqcha kuzatuv va tekshiruvlarni kamaytirish imkonini beradi. Bir bemor uchun xarajatlarning 8,5–10% ga kamayishi va statsionarda qolish muddatining 1–2 kunga qisqarishi kutiladigan iqtisodiy samara sifatida baholanadi. Xulosa: ko‘p omilli baholash kritik tug‘ma yurak nuqsoni va intensiv terapiyaga ehtiyoj xavfini aniqlash uchun qo‘shimcha prognostik axborot beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: prenatal va postnatal tekshiruv natijalarini qiyoslashda 54 ta chin musbat, 15 ta chin manfiy, 3 ta yolg‘on manfiy va 2 ta yolg‘on musbat natija qayd etilib, fetal exokardiografiyaning sezgirligi 94,74%, spetsifikligi 88,24%, musbat prognostik qiymati 96,43%, manfiy prognostik qiymati 83,33% va umumiy diagnostik aniqligi 93,24% ekanligi aniqlanganligi haqidagi ma’lumotlar «Prenatal va postnatal davrda tug‘ma yurak nuqsonlarini exokardiografik diagnostikasini takomillashtirish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan (Toshkent davlat tibbiyot universiteti qoshidagi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2026-yil 24-fevraldagi 02-23/1202-t-son tasdig‘i). Mazkur tavsiyanoma Surxondaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (2026-yil 11-martdagi 32-T-son buyruq) va Toshkent shahar 8-sonli shahar tug‘ruq kompleksida (2026-yil 31-martdagi 202-son buyruq) klinik amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026-yil 7-oktabrdagi 216-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: prenatal tashxisni tug‘ilgandan keyin tasdiqlash va prenatal bosqichda aniqlanmay qolgan nuqsonlarni klinik ko‘rsatmalar asosida tekshirish diagnostik uzviylikni ta’minlash hamda oilaga asosli maslahat berish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: prenatal va postnatal tekshiruvlar uzviyligi qo‘shimcha tasvirlash usullarini klinik ko‘rsatmalar asosida tanlashga xizmat qiladi. Yiliga 5 ta asossiz 3D kontrastli MSKT tekshiruvining oldini olish shartida hisobiy iqtisodiy samara 6,81 mln so‘mni tashkil etishi mumkin. Xulosa: fetal exokardiografiyaning yuqori diagnostik aniqligi aniqlangan, biroq prenatal manfiy natija tug‘ma yurak nuqsonini to‘liq istisno qilmaydi; klinik shubha mavjud bo‘lganda postnatal tekshiruv zarur.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: SpO₂ ≤89%, chap qorincha chiqaruv fraksiyasi ≤65% va o‘pka arteriyasi klapanidagi bosim gradienti ≥21 mm sim. ust. mezonlarining birgalikdagi prognostik ahamiyati asoslanib, ular uchun mos ravishda 2, 2 va 1 ball belgilangan 0–5 ballik xavf shkalasi ishlab chiqilgan; kritik tug‘ma yurak nuqsonini ajratishda ≥3 ball chegarasida AUC=0,820, sezgirlik 62,2% va spetsifiklik 91,6%, intensiv terapiyaga ehtiyojni baholashda ≥2 ball chegarasida AUC=0,771, sezgirlik 66,7% va spetsifiklik 73,7% ekanligi aniqlanganligi haqidagi ma’lumotlar «Prenatal va postnatal davrda tug‘ma yurak nuqsonlarini exokardiografik diagnostikasini takomillashtirish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan (Toshkent davlat tibbiyot universiteti qoshidagi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2026-yil 24-fevraldagi 02-23/1202-t-son tasdig‘i). Mazkur tavsiyanoma Surxondaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (2026-yil 11-martdagi 32-T-son buyruq) va Toshkent shahar 8-sonli shahar tug‘ruq kompleksida (2026-yil 31-martdagi 202-son buyruq) klinik amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026-yil 7-oktabrdagi 216-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: klinik va exokardiografik mezonlarga asoslangan xavf bahosi bemorlarni xavf guruhlariga ajratish va zarur yordamga o‘z vaqtida yo‘naltirishga xizmat qilgan. Kritik anatomik nuqson aniqlanganda ball natijasidan qat’i nazar shoshilinch ixtisoslashtirilgan baholash talab etiladi. Iqtisodiy samaradorligi: xavf stratifikatsiyasi va izchil diagnostik yondashuv takroriy ExoKG, asossiz MSKT hamda tashxisning kechikishi bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlarni kamaytirishga xizmat qiladi. Yiliga 1000 nafar bemor oqimi uchun keltirilgan 28,4 mln so‘mlik umumiy iqtisodiy samara hisobiy baho bo‘lib, alohida yo‘nalishlar bo‘yicha tejalgan mablag‘lar bilan takroran jamlanmaydi. Xulosa: 0–5 ballik shkala tekshiruv va yo‘naltirish jarayonida klinik xavfni baholashni to‘ldiradi; o‘rganilgan tanlanmada aniqlangan samaradorlik ko‘rsatkichlari uni anatomik tashxis o‘rniga qo‘llash uchun asos bo‘lmaydi.