Sabirova Nargiza Yusupboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarda metakognitiv refleksiyani shakllantirishning pedagogik – psixologik jihatlari”, 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/P1654.
Ilmiy maslahatchi: Muxtarova Aziza Erkinovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.R.03.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullajonova Dilnoza Sultanbekovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Melibaeva Muattar Gaffarovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Profi university.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: talabalarda metakognitiv refleksiyani shakllantirishning pedagogik-psixologik jihatlarini o‘rganish yuzasidan zarur taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda metakognitiv refleksiyaning yaxlit psixologik konstrukt sifatida shakllanish xususiyatlari deklarativ (faktlarga asoslangan), amaliy bilim, rejalashtirish, monitoring (kuzatish) hamda xatolarni aniqlash va tuzatishga oid bilimlarning o‘zaro uyg‘unlashuvi orqali, o‘quv faoliyatini anglash va nazorat qilish jarayonlaridagi integrativ namoyon bo‘lishi asosida aniqlangan;
talabalarning o‘quv faoliyatida metakognitiv refleksiyaning rivojlanish xususiyatlari metakognitiv tiplarning o‘ziga xosligi bilan bog‘liq holda, tahlilchi tipda rejalashtirish va deklarativ (faktlarga asoslangan), nazariyotchi tipda esa amaliy bilimlar hamda monitoring (o‘zini o‘zi kuzatish) jarayonlarining o‘zaro integratsiyalashuvi asosida dalillangan;
talabalarda metakognitiv refleksiya darajasining o‘quv faoliyati samaradorligi bilan o‘zaro aloqadorligi tufayli, metakognitiv ishonch, faoliyat uslublari hamda refleksivlik xususiyatlari o‘rtasidagi musbat ahamiyatli bog‘lanishlarning namoyon bo‘lishi orqali empirik jihatdan isbotlangan;
talabalarda metakognitiv refleksiyani rivojlantirishga yo‘naltirilgan trening natijalari asosida o‘zini rivojlantirishga intilish, innovatorlik va mas’uliyat hissini qamrab oluvchi motivatsion, kognitiv va emotsional barqarorlikni mujassamlashtiruvchi komponentlarning o‘zaro uyg‘unligiga asoslangan psixologik model ishlab chiqilgan hamda uning samaradorligi empirik jihatdan dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda metakognitiv refleksiyani shakllantirishning pedagogik-psixologik jihatlari bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
talabalarda metakognitiv refleksiyaning yaxlit psixologik konstrukt sifatida shakllanish xususiyatlari deklarativ (faktlarga asoslangan), amaliy, rejalashtirish, monitoring (kuzatish) hamda xatolarni aniqlash va tuzatishga oid bilimlarning o‘zaro uyg‘unlashuvi orqali, o‘quv faoliyatini anglash va nazorat qilish jarayonlaridagi integrativ namoyon bo‘lishi asosida aniqlanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi amaliy faoliyatiga tatbiq etilgan (Nizomiy nomidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2026 yil 16 iyundagi PM-126-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘spirinlarning kasbiy tanlov noaniqligi sharoitida mustaqil qarorlarni rivojlantirishga erishilgan;
talabalarning o‘quv faoliyatida metakognitiv refleksiyaning rivojlanish xususiyatlari metakognitiv tiplarning o‘ziga xosligi bilan bog‘liq holda, tahlilchi tipda rejalashtirish va deklarativ (faktlarga asoslangan), nazariyotchi tipda esa amaliy bilimlar hamda monitoring (o‘zini o‘zi kuzatish) jarayonlarining o‘zaro integratsiyalashuvi asosida dalillanganligiga iod natijalar Nizomiy nomidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi amaliy faoliyatiga tatbiq etilgan (Nizomiy nomidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2026 yil 16 iyundagi PM-126-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘spirinlarda kasbiy tanlov noaniqligi vaziyatida mustaqil qarorlarni rivonlantirishning psixologik xususiyatlariga ta’sir etuvchi omillarni aniqlashga erishilgan;
talabalarda metakognitiv refleksiya darajasining o‘quv faoliyati samaradorligi bilan o‘zaro aloqadorligi tufayli, metakognitiv ishonch, faoliyat uslublari hamda refleksivlik xususiyatlari o‘rtasidagi musbat ahamiyatli bog‘lanishlarning namoyon bo‘lishi orqali empirik jihatdan isbotlanganligiga oid natijalar Nizomiy nomidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi amaliy faoliyatiga tatbiq etilgan (Nizomiy nomidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2026 yil 16 iyundagi PM-126-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘spirinlarda kasbiy tanlov noaniqligi sharoitida mustaqil qaror qabul qilishga salbiy ta’sir etadigan mezonlarni aniqlashga xizmat qilgan;
talabalarda metakognitiv refleksiyani rivojlantirishga yo‘naltirilgan trening natijalari asosida o‘zini rivojlantirishga intilish, innovatorlik va mas’uliyat hissini qamrab oluvchi motivatsion, kognitiv va emotsional barqarorlikni mujassamlashtiruvchi komponentlarning o‘zaro uyg‘unligiga asoslangan psixologik model ishlab chiqilgan hamda uning samaradorligi empirik jihatdan dalillanganligiga dioid natijalar Nizomiy nomidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi amaliy faoliyatiga tatbiq etilgan (Nizomiy nomidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2026 yil 16 iyundagi PM-126-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, markaz faoliyatining fan modullariga kiritilib, o‘spirinlik davriga xos mustaqil qaror qabul qilishning psixologik xususiyatlarini aniqlashga xizmat qilgan.