Lipartiya Meri Givievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda Noxodjkin limfomalari bilan og‘rigan bolalarning kasallanishi va tashxislashning zamonaviy yondashuvlari», 14.00.14–Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib354.
Ilmiy rahbar: Yusupbekov Abrorbek Axmedjanovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04.12.2018.Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Pulatov Donier Anvarovich, tibbiyot fanlari doktori; Gil`dieva Margarita Sabirovna, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Tojikiston Respublikasi Onkologiya ilmiy markazi (Tojikiston).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Noxodjkin limfomalarini respublikamizda epidemiologik o‘ziga xosligini hamda molekulyar-genetik, immunologik parametrlarni tashxislashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor bolalarda Noxodjikin limfomasini tashxislashning birlamchi bosqichida molekulyar-genetik tadqiqotni qo‘llash o‘ziga xos bo‘lgan tartibi isbotlangan;
bolalardagi V-hujayra limfomasini bashoratlashda CD19, CD20, CD 22, Ki67, CD10, IgM immunogistokimyoviy va immunoferment differsirovkasi o‘zgarishining qiyosiy darajasi isbotlangan;
bolalarda Noxodjikin limfomasining immunologik, morfologik va sitogenetik ko‘rsatkichlarini tashxislashda periferik va ko‘krak ichi limfa tugunlarini zararlash oqibatida klinik kechishining o‘ziga xos mezonlari takomillashtirilgan;
bolalar Noxodjikin limfomasi bilan kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlarini 2020 yilgacha bashoratlash tizimi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda Noxodjkin limfomalari bilan og‘rigan bolalarning kasallanishi va tashxislashning zamonaviy yondashuvlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Bolalarda Noxodjkin limfomalari tashxisoti algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 13 iyundagi 8n–r/236-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma Noxodjkin limfomasi tashxisotini optimallashtirish, asoratlar va residivlar sonini kamaytirish, residivsiz davr, umumiy yashovchanlikni oshirish hamda bolalar hayot sifatini oshirish imkonini bergan;
Noxodjkin limfomalari bilan og‘rigan bolalarda kasallanish va tashxislashga zamonaviy yondashuvlarni ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish instituti, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qo‘qon filiali amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 17 apreldagi 8n–z/51-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi Noxodjikin limfomali bemorlarga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash, kasalxonada bo‘lish davomiyligini qisqartirish va nogironlikni kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish