Mamatov Tuxtamurod Otamurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Global ijtimoiy-siyosiy tahdidlar sharoitida yoshlar ijtimoiy xavfsizligini ta’minlashning falsafiy xususiyatlari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Fal1596
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.F.08.02.
Ilmiy rahbar: Samadov Aktamkul Rafiqovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Choriev Sanjarbek Anvarovich, falsafa fanlari doktori, professor; Turaev Shavkat Nishonovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. global ijtimoiy-siyosiy tahdidlar sharoitida yoshlar ijtimoiy xavfsizligini ta’minlashning falsafiy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
geosiyosiy beqarorlik, axborot manipulyasiyasi va madaniy ekspansiya shaklida namoyon bo‘luvchi global ijtimoiy-siyosiy tahdidlar jamiyatda milliy g‘oyaga ishonchning susayishi bilan bog‘liq ideologik, qadriyatlar ierarxiyasi hamda axloqiy mezonlarning beqarorlashuvida ifodalanuvchi aksiologik, ishonchli bilimni yolg‘on axborotdan farqlash mezonlarining buzilishida namoyon bo‘luvchi epistemologik inqirozlarni chuqurlashtirishi aniqlashtirilgan;
zamonaviy axborot muhitidagi hayotiy maqsadlar va qadriyatlar o‘rtasidagi uzilishlarda namoyon bo‘luvchi ma’naviy bo‘shliq, axloqiy baholash mezonlarining vaziyat va shaxsiy manfaatga bo‘ysundirilishida ifodalanuvchi axloqiy relativizm hamda umumiy me’yorlarni shubha ostiga qo‘yuvchi postmodernistik g‘oyalar ta’sirida shakllangan ideologik zaiflik va identiklik inqirozi yoshlarning xavfsizlik hissini susaytirishi, hayotiy istiqboliga nisbatan noaniqlikni kuchaytirishi hamda sivilizatsion diskurslarning zaiflashuviga olib kelishi asoslab berilgan;
yoshlar ijtimoiy xavfsizligini mustahkamlashda milliy g‘oya va qadriyatlar asosida ijtimoiy identiklik, tarixiy xotira va fuqarolik mas’uliyatini shakllantirish, g‘oyaviy plyuralizm sharoitida turli qarashlarni dalillar asosida baholash bilan uyg‘unlashtirish hamda qarorlarni inson qadr-qimmati, adolat va mas’uliyat mezonlarida baholash tamoyillari ochib berilgan;
Yangi O‘zbekistonda yoshlar ijtimoiy xavfsizligini ta’minlashning ta’lim, bandlik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir imkoniyatlari, ijtimoiy adolat va institutsional ishonchni mustahkamlash, ma’naviy immunitet hamda fuqarolik mas’uliyatini rivojlantirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlari hamda ularni amalga oshirishning ehtiyojlarni aniqlash, manzilli yordam ko‘rsatish, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va davlat–fuqarolik jamiyati–oila hamkorligini muvofiqlashtirish mexanizmlarini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Global ijtimoiy-siyosiy tahdidlar sharoitida yoshlar ijtimoiy xavfsizligini ta’minlashning falsafiy xususiyatlarini tadqiq etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
geosiyosiy beqarorlik, axborot manipulyasiyasi va madaniy ekspansiya shaklida namoyon bo‘luvchi global ijtimoiy-siyosiy tahdidlar jamiyatda milliy g‘oyaga ishonchning susayishi bilan bog‘liq ideologik, qadriyatlar ierarxiyasi hamda axloqiy mezonlarning beqarorlashuvida ifodalanuvchi aksiologik, ishonchli bilimni yolg‘on axborotdan farqlash mezonlarining buzilishida namoyon bo‘luvchi epistemologik inqirozlarni chuqurlashtirishiga oid taklif va xulosalardan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan A-OT-2021-11-raqam “O‘zbek xalqi diniy va milliy qadriyatlari kompleksining elektron-transditsiplinar platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasi vazifalarini amalga oshirishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 28-noyabrdagi 04/11-28839-son ma’lumotnomasi). Natijada, amaliy loyiha mazmunini takomillashtirish, yoshlarni ijtimoiy tahdidlar va zararli axborot ta’siridan himoyalashga doir yondashuvlarni boyitish hamda ularning global ijtimoiy-siyosiy tahdidlarga nisbatan shaxsiy pozisiyasini rivojlantirishga xizmat qilgan;
zamonaviy axborot muhitidagi hayotiy maqsadlar va qadriyatlar o‘rtasidagi uzilishlarda namoyon bo‘luvchi ma’naviy bo‘shliq, axloqiy baholash mezonlarining vaziyat va shaxsiy manfaatga bo‘ysundirilishida ifodalanuvchi axloqiy relativizm hamda umumiy me’yorlarni shubha ostiga qo‘yuvchi postmodernistik g‘oyalar ta’sirida shakllangan ideologik zaiflik va identiklik inqirozi yoshlarning xavfsizlik hissini susaytirishi, hayotiy istiqboliga nisbatan noaniqlikni kuchaytirishi hamda sivilizatsion diskurslarning zaiflashuviga olib kelishiga doir ilmiy xulosalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2025-2029 yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturidagi 3.3. “Partiyaning yoshlarga oid siyosati”, 3.4. “Sog‘lom va faol hayotni ta’minlash, millat genofondini saqlash”, 6.1. “Xavfsiz milliy axborot makonini rivojlantirish” bandlari ijrosini ta’minlash hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ssenariylarini tayyorlash va amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashining 2025-yil 11-dekabrdagi 02-06-117-son ma’lumotnomasi). Natijada, targ‘ibot tadbirlarining mazmunini boyitish, yoshlarda milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarlik va mehnatsevarlik tuyg‘ularini rivojlantirish, muloqot madaniyati, ogohlik hamda hushyorlikni shakllantirishga xizmat qilgan;
yoshlar ijtimoiy xavfsizligini mustahkamlashda milliy g‘oya va qadriyatlar asosida ijtimoiy identiklik, tarixiy xotira va fuqarolik mas’uliyatini shakllantirish, g‘oyaviy plyuralizm sharoitida turli qarashlarni dalillar asosida baholash bilan uyg‘unlashtirish hamda qarorlarni inson qadr-qimmati, adolat va mas’uliyat mezonlarida baholash tamoyillariga oid ilmiy xulosa hamda tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi III yo‘nalishining 19-bandida nazarda tutilgan zamonaviy va ta’sirchan targ‘ibot texnologiyalarini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etishga doir targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 5-dekabrdagi 10/826-son ma’lumotnomasi). Natijada, targ‘ibot faoliyatida global ijtimoiy-siyosiy tahdidlar sharoitida yoshlar ijtimoiy xavfsizligini ta’minlashning xususiyatlarini yoritish va tahlil qilishga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekistonda yoshlar ijtimoiy xavfsizligini ta’minlashning ta’lim, bandlik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir imkoniyatlari, ijtimoiy adolat va institutsional ishonchni mustahkamlash, ma’naviy immunitet hamda fuqarolik mas’uliyatini rivojlantirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlari hamda ularni amalga oshirishning ehtiyojlarni aniqlash, manzilli yordam ko‘rsatish, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va davlat–fuqarolik jamiyati–oila hamkorligini muvofiqlashtirish mexanizmlarini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi ijrosini ta’minlash hamda yoshlarning ma’naviy-mafkuraviy dunyoqarashini kengaytirishga qaratilgan targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 9-dekabrdagi 2-13-21-6814-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarning turli tahdidlar mazmun-mohiyatini to‘g‘ri anglashi, ularga qarshi turishda milliy qadriyatlarga tayanishi, yoshlarda o‘zlikni anglash hamda ma’naviy-madaniy tadbirlar samaradorligini oshirdi.