Shukurov Orif Jumabaevichning
fan doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda milliy yuksalish sharoitida yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishning falsafiy xususiyatlari” , 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fal1249 Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.01/2025.27.12.F.10.02.
Ilmiy rahbar: Saitkasimov Akbar Isaxanovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Djurakulov Xusan Anvarovich, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent, Aliqulov Quvvat Haqnazarovich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. O‘zbekistonda milliy yuksalish sharoitida yoshlar ijtimoiy faolligini rivojlantirish tendensiyalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yangi O‘zbekiston sharoitida milliy yuksalishga xos bo‘lgan ekzogen va endogen xususiyatlar, milliy yuksalish an’analarining demokratik tamoyillar va taraqqiyotning umumiy qonuniyatlariga determinantligi isbotlangan;
yoshlar va ijtimoiy faollik kategoriyalari va yoshlarning ijtimoiy jarayonlarga integratsiyalashuvining psixofiziologik, ijtimoiy-psixologik, konfliktologik, submadaniy, subektiv, protsessual yondashuvlari tahlil etilgan;
yoshlarning ijtimoiy faolligi darajasiga ta’sir qiluvchi salbiy omillar (ma’naviy begonalashuv, ijtimoiy befarqlik, huquqiy nigilizm) va ularning ijtimoiy-ma’naviy muhitdagi destruktiv ko‘rinishlari aniqlashtirilgan;
yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishda ijtimoiy (sotsiologik tahlil, sotsial integratsiyalashuv, jamoatchilik nazorati) texnologiyalar va innovatsion (moddiy yaratuvchanlik, novatorlik tashabbuslari, startap loyihalar) g‘oyalarni qo‘llash usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Dissertatsiyaning yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishda ijtimoiy (sotsiologik tahlil, sotsial integratsiyalashuv, jamoatchilik nazorati) texnologiyalar va innovatsion (moddiy yaratuvchanlik, novatorlik tashabbuslari, startap loyihalar) g‘oyalarni qo‘llash usullari ishlab chiqilganligiga oid takliflardan O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 2024-yil 4-sentyabrdagi XII-qurultoyida tasdiqlangan 2025-2029 yillarga mo‘ljallangan “Teng imkoniyatlar va adolatli jamiyat sari” deb nomlangan Saylovoldi dasturining 6-yo‘nalish “Oilani mustahkamlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish” bandini shakllantirishda foydalanilgan, natijada yoshlarning ijtimoiy muhitda bunyodkorlik faolligini oshirishda mazkur ilmiy xulosa xizmat qilgan. (O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining 24.12.2025 yildagi 01-01/358 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekistonda milliy yuksalish sharoitida yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishda inson qadri, mas’uliyat, erkinlik va hamjihatlik g‘oyalariga tayangan holda komil inson qilib tarbiyalashga xizmat qilgan.
Yoshlarning ijtimoiy faolligi darajasiga ta’sir qiluvchi salbiy omillar (ma’naviy begonalashuv, ijtimoiy befarqlik, diniy ksenofobiya, huquqiy ingilizm) va ularning ijtimoiy-ma’naviy muhitdagi destruktiv ko‘rinishlari kontekstida aniqlashtirilganligiga oid xulosalaridan Jizzax viloyati “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazining “Joylarda ijtimoiy muammolarni hal etishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish” nomli 57-11/78 raqamli grant loyihasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. Bu esa, hududlarda yoshlar ijtimoiy faolligiga ta’sir etuvchi ba’zi salbiy omillarni bartaraf etishga xizmat qilgan. (Jizzax viloyat “Istiqbol” Mintaqaviy tadqiqot markazining 2025 yil 10 dekabrdagi 22 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishda ularda huquqiy tarbiya, huquqiy ong, salbiy illatlarga qarshi keskin kurashish, vatanparvarlik kabi tuyg‘ularning rivojlanishi borasida samarali usullar ishlab chiqilgan.
Disseratsiyadagi yoshlar va ijtimoiy faollik kategoriyalari va yoshlarning ijtimoiy jarayonlarga integratsiyalashuvi jarayonlarining psixofiziologik, ijtimoiy-psixologik, konfliktologik, submadaniy, subektiv, protsessual yondashuvlari tahlil etilganligi bilan bog‘liq takliflardan Jizzax viloyat teleradiokompaniyasi o‘zining faoliyati davomida 2023 yil “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”, 2024 yil “Yoshlar va biznesni qo‘llab quvvatlash yili” Davlat dasturida belgilangan maqsadlarni ijrosini ta’minlash yuzasidan tashkil etilgan “Yoshlar siyosati amalda”, “Mahallada ko‘rishguncha”, “Adolat mezoni” kabi turkum ko‘rsatuvlar va radioeshittiruvlar dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan. Bu esa, yoshlar o‘rtasida ijtimoiy faollik darajalarini oshirish borasidagi innovatsion chora-tadbirlar targ‘ibotini takomillashtirishga xizmat qilgan. (Jizzax viloyat teleradiokompaniyasining 2025 yil 7 oktabrdagi 1140 sonli ma’lumotnomasi). Natijada yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishda texnologiyalar va innovatsion g‘oyalarni qo‘llash va undan samarali foydalanish usullari ishlab chiqilgan.
Ishlab chiqilgan taklif-tavsiyalar Yoshlar ishlari agentligining 2024-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. Xususan, Yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishda ijtimoiy (sotsiologik tahlil, sotsial integratsiyalashuv, jamoatchilik nazorati) texnologiyalar va innovatsion (moddiy yaratuvchanlik, novatorlik tashabbuslari, startap loyihalar) g‘oyalarni qo‘llash va undan samarali foydalanish usullari ishlab chiqilganligiga oid ilmiy taklif-tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvarda “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-92-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash (3-band); “Mahallalarda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, iste’dodi va tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda hayotda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashish” (10-band); “Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida milliy g‘urur, Vatanga sadoqat, turli sohalarda kasbiy madaniyatni rivojlantirish, oilaviy qadriyatlar, urf-odat va an’analar kabi umuminsoniy ezgulik g‘oyalarini targ‘ib qilish hamda media makonni ushbu mavzudagi materiallar bilan boyitish” (85-band); “Aniq, maqsadli yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlash-davr talabi”, shuningdek, “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-61 son qaror ijrosi yuzasidan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari loyihalari hamda “Yoshlar - kelajak bunyodkori” shiori ostida “Uyushmagan yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirish: muammo va istiqbollari”, “Yoshlar va qonun”, “Kelajakka birinchi kadam”, “Yorqin kelajak sari” kabi loyihalarini ishlab chiqishda hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbir dasturining ssenariysini yaratishda va amalga oshirishda keng foydalanilgan. (Yoshlar ishlari agentligining 24.12.2025 yildagi 2-13-21-7173 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimiz hududlarida ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, yoshlarning ijtimoiy manfaatlarini ro‘yobga chiqarishda mavjud muammolarni bartaraf etish, bu jarayonda yoshlar faolligini oshirish hamda ushbu yo‘nalishda innovatsion g‘oyalarni ishlab chiqishda va takomillashtirishga xizmat qilgan.