Uzaqov Jamshid Norboevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Mintaqa ziyorat turizmini klaster usulida rivojlantirishning metodologik asoslarini takomillashtirish”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.DSc/Iqt1318
Ilmiy maslahatchi: i.f.d., professor Ergashev Raxmatulla Xidirovich
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.I.27.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Pardaev Mamayunus Qarshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Eshtaev Alisher Abdug‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mansurova Nargiza Shamsidinovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqa ziyorat turizmini klaster usulida rivojlantirishning metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ziyorat turizmi umumiy iqtisodiy samaradorligini “Transport↔Tourproduct↔ Digitalization↔Human Capital↔Governance↔Sustainability” (TTDHGS) zanjiri orqali muntazam baholash hisobiga viza/qoʻnim barqarorligi, aviaqamrov/narx, mehmonxona fondi/sifati, diversifikatsiyalashuv, davlat boshqaruvi, kadrlar ta’minoti sifati, raqamlashtirish, barqarorlik (ekostandartlar), mavsumiylikni boshqarish, brend va kontent quvvati omillariga asoslangan holda samarasiz, quyi, qoniqarli, o‘rta va yuqori darajadagi samaradorlik guruhiga ajratish taklifi ishlab chiqilgan;
ziyorat turizmida geografik, mahsulot/xizmat, funksional, aglomerativ, diviziv, SWOT/PEST tahlilga asoslangan ziyorat turizmi klasterli rivojlanish usullarini qo‘llash orqali Qashqadaryo hududlarida madaniy, ziyorat turizmi kabi yo‘nalishlarni hamda hunarmandchilik, milliy xizmatlar komleks ziyorat turizmi ob’ektlarida rivojlantirish bo‘yicha mega loyihalarni amalga oshirish taklifi asoslangan;
mintaqa ziyorat turizmida davlat-xususiy sheriklikning konsessiya, xizmat ko‘rsatish shartnomasi, investision kelishuv kabi shakllari asosida ziyorat turizmini klaster strategiyasi, ziyorat klasterini shakllantirishning Qashqadaryo viloyatida “Smart Ziyorat Klaster Marshruti” (SZKM) nomli interaktiv raqamli xarita-sayti ishlab chiqildi va tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari orqali amalga oshirilishi asoslab berilgan;
ziyorat turizmi infratuzilmasi, madaniy meros, raqamli ziyorat turizmi, tashkiliy muvofiqlashtirish, kadrlar tayyorlash, me’yoriy-huquqiy baza, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, xalqaro hamkorlik va mahalliy ziyorat turizmi yo‘nalishlarida klasterli usulda rivojlanish yo‘nalishlari ziyorat turizmini qisqa, o‘rta va uzoq muddatli bosqichlar asosida mintaqa ziyorat turizmi klasterlarini rivojlantirishning “Short→Medium→Long Term” (SMLT) strategiyasi va uni amalga oshirish ustuvorliklari ishlab chiqilgan;
mintaqa ziyorat turizmida turistik xizmatlar iste’moli bilan ziyorat turizmi infratuzilmasining tarkibiy ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi regressiv-koorelyasion tahlillar orqali 2026–2030-yillarda mintaqa ziyorat turizmi klasterlar faoliyatini rivojlantirish samaradorligi bo‘yicha bazaviy, inersion va mobilizatsion ssenariyalarga asoslangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mintaqada ziyorat turizmini klaster usulida rivojlantirishning va samaradorligini oshirishning metodologik asoslarini takomillashtirish borasida ishlab chiqilgan ilmiy takliflar asosida:
ziyorat turizmi umumiy iqtisodiy samaradorligini “Transport↔Tourproduct ↔Digitalization↔Human Capital↔Governance↔Sustainability” (TTDHGS) zanjiri orqali muntazam baholash hisobiga viza/qoʻnim barqarorligi, transportqamrov/narx, mehmonxona fondi/sifati, diversifikatsiyalashuv, davlat boshqaruvi, kadrlar ta’minoti sifati, raqamlashtirish, barqarorlik (ekostandartlar), mavsumiylikni boshqarish, brend va kontent quvvati omillariga asoslangan holda samarasiz, quyi, qoniqarli, o‘rta va yuqori darajadagi samaradorlik guruhiga ajratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-96-son “Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi qarorini amalga oshirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi turizm qo‘mitasining 2025-yil 19-dekabrdagi 03-10-17-574-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish orqali mavjud mintaqa ziyorat turizmi salohiyati, turizm xizmatlari bozorining hamda turizm sohasidagi infratuzilmalar holatini tizimli asosda tahlil qilish asosida 2021–2025-yillarda Qashqadaryo viloyatidagi oilaviy mehmon uylari sonini 22,8 foizga, hostellar sonini 18,3 foizga, joylashtirish vositalaridagi o‘rinlar sonini 35,9 foizga, mehmonxonalar sonini 25,1 foizga, internet qamrov darajasini esa 49,3 foizga oshirish imkoniyati mavjudligi aniqlangan.
ziyorat turizmida geografik, mahsulot/xizmat, funksional, aglomerativ, diviziv, SWOT/PEST tahlilga asoslangan ziyorat turizmi klasterli rivojlanish usullarini qo‘llash orqali Qashqadaryo hududlarida ziyorat turizmi, madaniy kabi yo‘nalishlarni hamda hunarmandchilik, milliy xizmatlar komleks ziyorat turizmi ob’ektlarida rivojlantirish bo‘yicha mega loyihalarni amalga oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-96-son “Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi qarorini amalga oshirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi turizm qo‘mitasining 2025-yil 19-dekabrdagi 03-10-17-574-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish orqali Qashqadaryo viloyatinining ziyorat turizmi salohiyatini targ‘ib qilish samaradorligini oshirish maqsadida mahalliy va xorijiy ziyoratchilarning hohish istaklarini o‘rganish va talab yuqori bo‘lgan ziyoratgohlarni aniqlash orqali Qashqadadaryo viloyatida kiruvchi ziyoratchilar sonini 2021-yilga nisbatan 34,9 foizga oshirishga erishilgan;
mintaqa ziyorat turizmida davlat-xususiy sheriklikning konsessiya, xizmat ko‘rsatish shartnomasi, investision kelishuv kabi shakllari asosida ziyorat turizmini klaster strategiyasi, ziyorat klasterini shakllantirishning Qashqadaryo viloyatida “Smart Ziyorat Klaster Marshruti” (SZKM) nomli interaktiv raqamli xarita-sayti ishlab chiqildi va tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari orqali amalga oshirilishi takliflari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-96-son “Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi qarorini amalga oshirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi turizm qo‘mitasining 2025-yil 19-dekabrdagi 03-10-17-574-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish asosida ziyorat turizmida davlat-xususiy sheriklik va ziyorat turizmi klaster yondashuviga asoslangan kompleks infratuzilma loyihalarini amalga oshirilish hisobiga 2021-yildagi, ya’ni pandemiyadan keyingi mintaqadagi mahalliy va xorijiy ziyoratchilar soni bo‘yicha ko‘rsatkichni 2025-yilda 28,8 foizga yuqori bo‘lishiga erishilgan;
ziyorat turizmi infratuzilmasi, madaniy meros, raqamli ziyorat turizmi, tashkiliy muvofiqlashtirish, kadrlar tayyorlash, me’yoriy-huquqiy baza, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, xalqaro hamkorlik va mahalliy ziyorat turizmi yo‘nalishlarida klasterli usulda rivojlanish yo‘nalishlari ziyorat turizmini qisqa, o‘rta va uzoq muddatli bosqichlar asosida mintaqa ziyorat turizmi klasterlarini rivojlantirishning “Short→Medium→Long Term” (SMLT) strategiyasi va uni amalga oshirish ustuvorliklari ishlab chiqilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-96-son “Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi qarorini amalga oshirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi turizm qo‘mitasining 2025-yil 19-dekabrdagi 03-10-17-574-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish asosida Qashqadaryo mintaqasida ichki va tashqi ziyoratchilar oqimini oshirish, ziyorat turizmi infratuzilmasini yaxshilash va targ‘ibot ishlarini kengaytirishga qaratilgan “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishga erishilib, 2030-yilga qadar bo‘lgan muddatda mintaqada 2 ta yirik ziyorat turizmi klasterlarini tashkil etish orqali, ziyorat turizmi xizmatlar eksporti hajmini 171,8 mln doll.ga yetkazish imkoniyati mavjudligi aniqlangan;
mintaqa ziyorat turizmida turistik xizmatlar iste’moli bilan ziyorat turizmi infratuzilmasining tarkibiy ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi regressiv-koorelyasion tahlillar orqali 2026–2030-yillarda mintaqa ziyorat turizmi klasterlar faoliyatini rivojlantirish samaradorligi bo‘yicha bazaviy, inersion va mobilizatsion ssenariyalarga asoslangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-96-son “Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi qarorini amalga oshirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi turizm qo‘mitasining 2025-yil 19-dekabrdagi 03-10-17-574-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish asosida ziyorat turizmi klasterlar faoliyatini rivojlantirish hisobiga ziyoratchilar sonini 2026–2030-yillarda 24,8 foizga oshirish imkoniyati mavjudligi aniqlangan.