Karimov Bekzodjon Ilhomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kam ta’minlangan aholi qatlamini davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab - quvvatlash tizimini takomillashtirish yo‘llari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Ilmiy rahbar: Karimova Kamila Daniyarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.05.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ismailov Alisher Agzamovichlar, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahri filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda kam ta’minlangan aholi qatlamini davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab – quvvatlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy – amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,5 baravaridan kam bo‘lmagan oylik ish haqi to‘langan holda ishga joylashgan Kambag‘al oilalar reestriga kiritilgan oila a’zosi uchun ijtimoiy soliq uch yil davomida 1 foiz stavkada to‘lash taklif etilgan;
kam ta’minlangan oilalar a’zolari rasmiy bandlikka o‘tganda yoki tadbirkorlik faoliyatini boshlaganda, bolalar uchun ajratilgan nafaqa va moddiy yordamni 6 oygacha bo‘lgan muddatda saqlab qolish taklif etilgan;
tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun qiymati 30 mln so‘mgacha bo‘lgan kichik ishlab chiqarish uskunalari, ko‘chma do‘konlar (food truck), motoroller, skuter va shu kabi boshqa vositalarni sotib olish uchun 5 yil muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan garovsiz va foizsiz kredit ajratish taklif etilgan;
ishga joylashgan yoki tadbirkorlik faoliyatini boshlagan kam ta’minlangan fuqarolarga davlat nafaqalari va moddiy yordamni dastlabki 6 oy davomida 50 foiz miqdorida saqlab qolish orqali ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlash taklif etilgan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kam ta’minlangan aholi qatlamini davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab – quvvatlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida quyidagi natijalarga erishildi:
mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,5 baravaridan kam bo‘lmagan oylik ish haqi to‘langan holda ishga joylashgan Kambag‘al oilalar reestriga kiritilgan oila a’zosi uchun ijtimoiy soliq uch yil davomida1 foiz stavkada to‘lash taklifi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining 2025 yil 19 dekabrdagi №03/67-32/889-son ma’lumotnomasi). Natijada, kambag‘al oilalar a’zolarining rasmiy bandligi kengayadi, ish beruvchilar uchun ish o‘rinlari yaratish yanada jozibador bo‘ladi, aholi daromadlari oshadi va kambag‘allik darajasi bosqichma-bosqich kamaygan.
kam ta’minlangan oilalar a’zolari rasmiy bandlikka o‘tganda yoki tadbirkorlik faoliyatini boshlaganda, bolalar uchun ajratilgan nafaqa va moddiy yordamni 6 oygacha bo‘lgan muddatda saqlab qolish taklifi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining 2025 yil 19 dekabrdagi №03/67-32/889-son ma’lumotnomasi). Natijada, kam ta’minlangan oilalar a’zolarining rasmiy bandlikka o‘tishi va tadbirkorlik faoliyatini boshlashni rag‘batlantiriladi, daromad manbalari barqarorlashadi hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga erishilgan.
tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun qiymati 30 mln so‘mgacha bo‘lgan kichik ishlab chiqarish uskunalari, ko‘chma do‘konlar (food truck), motoroller, skuter va shu kabi boshqa vositalarni sotib olish uchun 5 yil muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan garovsiz va foizsiz kredit ajratish taklifi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining 2025 yil 19 dekabrdagi №03/67-32/889-son ma’lumotnomasi). Natijada, kam ta’minlangan oilalar a’zolari va yosh tadbirkorlar uchun tadbirkorlikni boshlash imkoniyati kengayadi, kichik bizneslar rivojlanadi va yangi ish o‘rinlari yaratilgan.
ishga joylashgan yoki tadbirkorlik faoliyatini boshlagan kam ta’minlangan fuqarolarga davlat nafaqalari va moddiy yordamni dastlabki 6 oy davomida 50 foiz miqdorida saqlab qolish orqali ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlash taklifi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining 2025 yil 19 dekabrdagi №03/67-32/889-son ma’lumotnomasi). Natijada, kam ta’minlangan fuqarolarning ishga joylashishi yoki tadbirkorlik faoliyatini boshlashdagi moliyaviy xavfi kamayadi, ularning daromadlari barqarorlashgan.