Bazarov Kasimjonning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davrida Andijon uezdining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti (1876–1917-yillar), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Tar2298
Ilmiy rahbar: Abdullaev Muzrobjon Gulomovich – tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/2026.27.12.Tar.10.01.
Rasmiy opponentlar Ermetov Avazbek Abdullaevich tarix fanlari doktori, professor, Sharafiddinov Abdug‘affor tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Andijon uezdining 1876–1917-yillardagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalarida yuz bergan o‘zgarishlarni, mustamlaka tuzumi davrida uezdning infratuzilmasi va boshqaruv masalalarini har tomonlama o‘rganish va ilmiy tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davrida Andijon uezdida ham harbiylashgan boshqaruv tizimi qaror topgani, uezd boshlig‘i lavozimiga rus armiyasining katta zobitlaridan tayinlanib, uezd boshlig‘ining huquqlari Rossiyadagi ispravnik, zemstvo boshlig‘i, polismeyster, shahar boshqarmasi boshlig‘i huquqlariga tenglashtirilgani, uezd boshlig‘i lavozimiga Farg‘ona oblast harbiy gubernatorining tavsiyasi bilan bevosita Turkiston general-gubernatori tomonidan tayinlanib, u o‘zida ma’muriy, polisiya va harbiy hokimiyatni mujassamlashtirgan holda juda katta vakolatga ega bo‘lgani dalillangan;
1876–1917-yillarda uezd aholisining soni, milliy tarkibi, aholi sonining o‘sish dinamikasi, Rossiya imperiyasining 1886-yilgi nizomi asosida 1891-yildan Farg‘ona vodiysida, jumladan Andijon uezdiga aholini ko‘chirish siyosati oqibatida vujudga kelgan milliy muammolar, mustamlakachilik davrida uezdda sanoatning vujudga kelishi va uning mustamlaka ma’muriyat ehtiyojlari uchun xizmat qilgani ilmiy jihatdan isbotlangan;
Andijon uezdining mintaqaning asosiy paxta etishtiruvchi hududiga aylanish jarayoni, bank filiallari, savdo-sanoat firmalari faoliyati orqali uezd an’anaviy iqtisodiyotining umumrossiya bozoriga integratsiyalashuvi, Kaspiyorti temir yo‘lining Andijonga olib borilishi hududda ijtimoiy tuzilmaning o‘zgarishiga (mahalliy proletariatning paydo bo‘lishi, dehqonlarning ijtimoiy jihatdan tabaqalashuvi, milliy burjuaziyaning paydo bo‘lishi) ko‘rsatgan ta’siri dalillangan.
Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davrida Andijon uezdida maorif sohasida yuz bergan o‘zgarishlar bilan bir qatorda ta’lim tizimining og‘ir ahvolda ekani, sog‘liqni saqlash tizimi, aholiga tibbiy xizmatning qoniqarsizligi, mahalliy tabiblar faoliyati, savdo-sotiq sohasidagi o‘zgarishlar, Rossiya imperiyasi mustamlakachilik tuzumiga qarshi Andijon uezdi hududlaridagi milliy ozodlik harakatlarining kelib chiqish sabablari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Andijon uezdining XIX asr so‘nggi choragi – XX asr boshlaridagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy tarixini tadqiq etish asosida ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davrida Andijon uezdida ham harbiylashgan boshqaruv tizimi qaror topgani, uezd boshlig‘i lavozimiga rus armiyasining katta zobitlaridan tayinlanib, uezd boshlig‘ining huquqlari Rossiyadagi ispravnik, zemstvo boshlig‘i, polismeyster, shahar boshqarmasi boshlig‘i huquqlariga tenglashtirilgani, uezd boshlig‘i lavozimiga Farg‘ona oblast harbiy gubernatorining tavsiyasi bilan bevosita Turkiston general-gubernatori tomonidan tayinlanib, u o‘zida ma’muriy, polisiya va harbiy hokimiyatni mujassamlashtirgan holda juda katta vakolatga ega bo‘lganiga doir dissertatsiya ilmiy natijalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasi qoshidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 11-noyabrdagi 01-33/844-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi teletomoshabinlarda Rossiya imperiyasining Turkistondagi mustamlakachilik siyosati va uning mohiyati, mahalliy boshqaruvda tub joy aholisinining haq-huquqlari poymol etilishi bo‘yicha tasavvurlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
1876–1917-yillarda uezd aholisining soni, milliy tarkibi, aholi sonining o‘sish dinamikasi, Rossiya imperiyasining 1886-yilgi nizomi asosida 1891-yildan Farg‘ona vodiysida, jumladan Andijon uezdiga aholini ko‘chirish siyosati oqibatida vujudga kelgan milliy muammolar, mustamlakachilik davrida uezdda sanoatning vujudga kelishi va uning mustamlaka ma’muriyat ehtiyojlari uchun xizmat qilganiga doir dissertatsiya materiallaridan Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi ekspozisiyalarini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2025-yil 4-iyuldagi 02-05/2718-son ma’lumotnomasi). Ushbu materiallar muzeyga tashrif buyuruvchilarda o‘lka tarixi bo‘yicha bilim va tasavvurlarini boyitishga xizmat qilgan;
Andijon uezdining mintaqaning asosiy paxta etishtiruvchi hududiga aylanish jarayoni, bank filiallari, savdo-sanoat firmalari faoliyati orqali uezd an’anaviy iqtisodiyotining umumrossiya bozoriga integratsiyalashuvi, Kaspiyorti temir yo‘lining Andijonga olib borilishi hududda ijtimoiy tuzilmaning o‘zgarishiga (mahalliy proletariatning paydo bo‘lishi, dehqonlarning ijtimoiy jihatdan tabaqalashuvi, milliy burjuaziyaning paydo bo‘lishi) ko‘rsatgan ta’siriga doir dissertatsiya materiallaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasi qoshidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 11-noyabrdagi 01-33/844-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi teletomoshabinlarda Rossiya imperiyasining Turkistondagi mustamlakachilik siyosati va uning mohiyati, mahalliy boshqaruvda tub joy aholisinining haq-huquqlari poymol etilishi bo‘yicha tasavvurlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davrida Andijon uezdida maorif sohasida yuz bergan o‘zgarishlar bilan bir qatorda ta’lim tizimining og‘ir ahvolda ekani, sog‘liqni saqlash tizimi, aholiga tibbiy xizmatning qoniqarsizligi, mahalliy tabiblar faoliyati, savdo-sotiq sohasidagi o‘zgarishlar, Rossiya imperiyasi mustamlakachilik tuzumiga qarshi Andijon uezdi hududlaridagi milliy ozodlik harakatlarining kelib chiqish sabablariga oid dissertatsiya materiallaridan Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi ekspozisiyalarini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2025-yil 4-iyuldagi 02-05/2718-son ma’lumotnomasi). Ushbu materiallar muzeyga tashrif buyuruvchilarda o‘lka tarixi bo‘yicha bilim va tasavvurlarini boyitishga xizmat qilgan.