Abduvaxobov Shohruhbek Ikromjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Masofaviy ta’limning amaliyotdagi muammolari va ularni bartaraf etishning pedagogik imkoniyatlari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.3.PhD/Ped9785.
Ilmiy rahbar: Inamov Dilmirza Dadamirzaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Ped.22.02.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Bobirjon Baxodirovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Toshtemirov Doniyor Eshbaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi masofaviy ta’lim jarayonida yuzaga kelayotgan pedagogik va metodik muammolarni nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilish, ularning kelib chiqish omillarini aniqlash hamda ushbu muammolarni bartaraf etishga qaratilgan ilmiy asoslangan metodik modelni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kunduzgi ta’lim jarayonida talabalarning masofaviy ta’lim kompetentligini rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari interaktivlik, moslashuvchanlik, individuallashtirish, raqamli muloqot, didaktik dizayn va vaqtni samarali boshqarish tamoyillarining o‘zaro uyg‘unligini yaxlit pedagogik tizim sifatida asoslash orqali takomillashtirilgan;
masofaviy ta’lim amaliyotidagi muammolarni tasniflash asosida talabalarning masofaviy ta’lim kompetentligi shakllanganlik darajasini aniqlashning kognitiv, motivatsion, integrativ-faoliyatli mezonlari va ko‘rsatkichlari ishlab chiqilib, ularni interaktivlik, uzviylik, uzluksizlik va didaktik muvofiqlik tamoyillari asosida baholash tizimi takomillashtirilgan;
masofaviy ta’limning amaliyotdagi muammolarini bartaraf etishga qaratilgan integratsiyalashgan metodik model maqsadli, mazmuniy, metodik, texnologik, tashkiliy, kommunikativ va baholash komponentlari hamda ularni qamrab oluvchi motivatsion komponentni birlashtiruvchi “maqsad – mazmun – metod – texnologiya – tashkil etish – kommunikatsiya – baholash” funksional zanjiri asosida motivatsion-ehtiyojli, faoliyatga yo‘naltirilgan, interaktiv va raqamli muhitga moslashgan pedagogik yondashuvlarni tizimlashtirish orqali ishlab chiqilgan;
masofaviy ta’lim kompetentligini rivojlantirishning metodik tizimi muammoli o‘qitish, case-study, loyiha metodi va raqamli texnologiyalarni qo‘llashni qayta aloqa (feedback) mexanizmi orqali monitoring hamda pedagogik korreksiyalash bilan uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Talabalarning masofaviy ta’lim kompetentligini rivojlantirishga oid komponentlar hamda interaktivlik, moslashuvchanlik, individuallashtirish, raqamli muhitda muloqot, didaktik dizayn va vaqtni samarali boshqarish tamoyillarini elektron ta’limga metodik ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga doir takliflar “Mediasavodxonlik va axborot madaniyati” fanidan o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Namangan davlat universiteti rektorining 2026-yil 3-iyundagi 71-A/O-sonli buyrug‘i asosida berilgan 71-020-sonli guvohnomasi). Natijada talabalarning masofaviy ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish, mustaqil ta’limni tashkil etish hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida kompetentligini rivojlantirish imkoniyati yaratildi.
Talabalarda masofaviy ta’lim kompetentligining shakllanganlik darajasini, xususan, raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish, mustaqil ta’limni tashkil etish hamda masofaviy ta’lim muhitida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni bartaraf etish ko‘nikmalarini interaktivlik, moslashuvchanlik, uzviylik, uzluksizlik va didaktik muvofiqlik tamoyillariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga doir amaliy takliflar “Masofaviy ta’limning amaliyotdagi muammolari va ularni bartaraf etishning pedagogik imkoniyatlari” nomli masofaviy ta’lim jarayonini tashkil etish maqsadida elektron hisoblash mashinalari uchun onlayn platforma yaratilgan (Adliya vazirligining 2026-yil 20-apreldagi № 62948 guvohnomasi). Natijada bo‘lajak pedagoglarning masofaviy ta’lim jarayonida raqamli vositalardan samarali foydalanish, ta’lim jarayonini tashkil etish hamda yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha kompetentligini rivojlantirish va kasbiy faoliyatga tayyorlash imkoniyati yaratildi.
Tizimli tahlil asosida oliy ta’lim talabalari uchun masofaviy ta’lim kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan motivatsion-ehtiyojli, faoliyatga yo‘naltirilgan, interaktiv va raqamli muhitga moslashgan pedagogik yondashuvlar hamda metodik modelni takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan “Mediasavodxonlik va axborot madaniyati” fanidan o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Namangan davlat universiteti rektorining 2026-yil 3-iyundagi 71-A/O-sonli buyrug‘i asosida berilgan 71-020-sonli guvohnomasi). Natijada dars jarayoni masofaviy ta’limning dolzarb masalalari, zamonaviy pedagogik texnologiyalar hamda talabalar kompetentligini rivojlantirishga oid ilmiy asoslangan yondashuvlar bilan boyitilib, ularning amaliy qo‘llanilish ko‘lami kengaytirilgan.
Talabalarning masofaviy ta’lim kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan metodik tizim tizimli, kompetensiyaviy va faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuvlar asosida ishlab chiqildi. Mazkur tizimda o‘quv jarayonini tashkil etish va takomillashtirish muammoli o‘qitish, case-study, loyiha asosida o‘qitish, interaktiv metodlar hamda raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish orqali amalga oshirilib, shuningdek, Feedback (qaytar aloqa) mexanizmi orqali talabalar faoliyati muntazam monitoring qilinib, ularning bilim, ko‘nikma va mustaqil ishlash darajasini aniqlash hamda pedagogik jihatdan korreksiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflardan Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti bajarayotgan “ERASMUS+ mobility project “Project n. 2024-1-IT02-KA171-HED-000209878 between Pisa University and Namangan State Institute of Foreign Languages” loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Nizomiy nomidagi O‘zbekison Milliy pedagogika universitetining 2026-yil 19-iyundagi 11-05-3656/04-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan metodik tizim talabalarning masofaviy ta’lim kompetentligini rivojlantirish, o‘quv jarayonini optimallashtirish hamda mustaqil ta’lim faoliyatini samarali tashkil etishga xizmat qiluvchi yaxlit pedagogik mexanizm sifatida asoslandi.