Yunusov Ravshan Alimjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ommaviy tadbirlar vositasida bo‘lajak shifokorlarning ma’naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6256.
Ilmiy rahbar: Ibraimov Xolboy Ibragimovich, pedagogika fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Qori Niyoziy nomidagi tarbiya pedagogikasi milliy instituti, DSc.28/30.07.2024.Ped.165.01.
Rasmiy opponentlar: Xusanova Sumbula Islamovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ommaviy tadbirlar vositasida bo‘lajak shifokorlarning ma’naviy-axloqiy sifatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak shifokorlarning ma’naviy-axloqiy sifatlarini rivojlantirish mazmuni ma’naviy-ma’rifiy kechalar, xayriya va profilaktika aksiyalari, madaniy uchrashuvlar, teatrlashtirilgan chiqishlar hamda “Oq xalat mas’uliyati”, “Bemor dardiga hamdardlik”, “Shifokor etikasi va inson qadri” kabi ommaviy tadbirlarni tibbiy ta’lim mazmuni bilan integratsiyalash orqali talabalarda mustaqil fikrlash, hamdardlik, insonparvarlik, adolat va mas’uliyat sifatlarini rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak shifokorlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash modeli talabalarda shaxsiy yutuqlarni e’tirof etish, jamoaviy fikrni qadrlash, ichki motivatsiyani kuchaytirish, ijtimoiy faoliyatlarda ongli ishtirok etish va kasbiy-axloqiy pozisiyani shakllantirishga yo‘naltirilgan “Mehr ulashamiz”, “Tibbiyot va ma’naviyat”, “Shifokorning kasbiy burchi”, “Bemor bilan muloqot madaniyati” kabi ommaviy tadbirlar majmuasini tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlar bilan uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
ommaviy tadbirlar asosida bo‘lajak shifokorlarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni rivojlantirish samaradorligini baholash mezonlari emotsional barqarorlik, ijtimoiy mas’uliyat, muloqot madaniyati, hamdardlik, insonparvarlik va adolat fazilatlarini aniqlashga yo‘naltirilgan kognitiv, motivatsion, emotsional-refleksiv hamda ijtimoiy-kommunikativ ko‘rsatkichlar asosida inert, vaziyatli, adekvat va refleksiv darajalarda aniqlashtirilgan;
bo‘lajak shifokorlarning ma’naviy-axloqiy sifatlarini rivojlantirishning pedagogik mexanizmi “medical humanities”, ko‘ngilli tibbiy xizmat va “service learning” kabi xalqaro yondashuvlarni “Tibbiy volontyorlik haftaligi”, “Aholi salomatligi uchun bir kun”, “Keksalar holidan xabar olish”, “Profilaktika - shifokor burchi” kabi milliy-amaliy tadbirlar bilan integratsiyalash orqali talabalarda empatiya, insonparvarlik, adolat, mas’uliyat va ijtimoiy javobgarlikni rivojlantirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ommaviy tadbirlar vositasida bo‘lajak shifokorlarning ma’naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak shifokorlarning ma’naviy-axloqiy sifatlarini rivojlantirish mazmuni ma’naviy-ma’rifiy kechalar, xayriya va profilaktika aksiyalari, madaniy uchrashuvlar, teatrlashtirilgan chiqishlar hamda “Oq xalat mas’uliyati”, “Bemor dardiga hamdardlik”, “Shifokor etikasi va inson qadri” kabi ommaviy tadbirlarni tibbiy ta’lim mazmuni bilan integratsiyalash orqali talabalarda mustaqil fikrlash, hamdardlik, insonparvarlik, adolat va mas’uliyat sifatlarini rivojlantirish asosida takomillashtirishga oid takliflaridan AL-9524115131-raqamli “Talabalarning ko‘ngilli ijtimoiy-metodik harakatlari asosida inklyuziv va uydagi ta’lim samaradorligini oshirish texnologiyalari” nomli amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutining 2026-yil 10 fevraldagi 01-09/88-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Oq xalat mas’uliyati”, “Bemor dardiga hamdardlik”, “Shifokor etikasi va inson qadri” kabi ommaviy tadbirlarni tibbiy ta’lim mazmuni bilan integratsiyalashga erishilgan;
bo‘lajak shifokorlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash modeli talabalarda shaxsiy yutuqlarni e’tirof etish, jamoaviy fikrni qadrlash, ichki motivatsiyani kuchaytirish, ijtimoiy faoliyatlarda ongli ishtirok etish va kasbiy-axloqiy pozisiyani shakllantirishga yo‘naltirilgan “Mehr ulashamiz”, “Tibbiyot va ma’naviyat”, “Shifokorning kasbiy burchi”, “Bemor bilan muloqot madaniyati” kabi ommaviy tadbirlar majmuasini tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlar bilan uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid mualliflik g‘oyalaridan Toshkent farmasevtika instituti, Samarqand davlat tibbiyot universiteti, Toshkent davlat stomatologiya instituti faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 15-oktabrdagi 02-14-4300-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Mehr ulashamiz”, “Tibbiyot va ma’naviyat”, “Shifokorning kasbiy burchi”, “Bemor bilan muloqot madaniyati” kabi ommaviy tadbirlarning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlarini aniqlashga erishilgan;
ommaviy tadbirlar asosida bo‘lajak shifokorlarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni rivojlantirish samaradorligini baholash mezonlari emotsional barqarorlik, ijtimoiy mas’uliyat, muloqot madaniyati, hamdardlik, insonparvarlik va adolat fazilatlarini aniqlashga yo‘naltirilgan kognitiv, motivatsion, emotsional-refleksiv hamda ijtimoiy-kommunikativ ko‘rsatkichlar asosida inert, vaziyatli, adekvat va refleksiv darajalarda aniqlashga oid taklif va tavsiyalaridan “O‘zbekiston” Milliy teleradiokompaniyasining “Minbar” ko‘rsatuvi hamda “Joyida” axborot dasturining hududiy lavhalarini, shuningdek, ayrim ko‘rsatuvlar ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” teleradiokanali davlat muassasasining 2025-yil 17-fevraldagi 01-15-53-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ommaviy tadbirlar asosida bo‘lajak shifokorlarda emotsional barqarorlik, ijtimoiy mas’uliyat, muloqot madaniyati, hamdardlik, insonparvarlik va adolat fazilatlarini rivojlantirishga erishilgan;
bo‘lajak shifokorlarning ma’naviy-axloqiy sifatlarini rivojlantirishning pedagogik mexanizmi “medical humanities”, ko‘ngilli tibbiy xizmat va “service learning” kabi xalqaro yondashuvlarni “Tibbiy volontyorlik haftaligi”, “Aholi salomatligi uchun bir kun”, “Keksalar holidan xabar olish”, “Profilaktika - shifokor burchi” kabi milliy-amaliy tadbirlar bilan integratsiyalash orqali talabalarda empatiya, insonparvarlik, adolat, mas’uliyat va ijtimoiy javobgarlikni rivojlantirish asosida takomillashtirishga oid mualliflik g‘oyalaridan Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutida 2024-2025 yillarda amalga oshirilgan “Yoshlar bilan manzilli ishlash va loyihalar natijadorligini kompleks o‘rganish” mavzusidagi kompleks tadqiqotning ilmiy-uslubiy bazasini boyitishga xizmat qilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat Boshqaruv Akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining 2026-yil 26-yanvardagi 01/02-17/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “medical humanities”, ko‘ngilli tibbiy xizmat va “service learning” kabi xalqaro yondashuvlarni “Tibbiy volontyorlik haftaligi”, “Aholi salomatligi uchun bir kun”, “Keksalar holidan xabar olish”, “Profilaktika - shifokor burchi” kabi milliy-amaliy tadbirlar bilan integratsiyalashga erishilgan.