Berdiev Surur Kaxramonovichning

falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisosliklar shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib sodir etilayotgan poraxo‘rlikka qarshi kurashishning jinoiy-huquqiy choralarini takomillashtirish”, “12.00.08 – Jinoyat huquqi. Jinoyat ijroiya huquqi”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V2025.3.PhD/Yu2057.
Ilmiy rahbar: Rasulev Abdulaziz Karimovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.20/2025.27.12.YU.03.01.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, dotsent Lyudmila Yurevna Yugay va yuridik fanlar doktori, professor Otajonov Abrorjon Anvarovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib sodir etilayotgan poraxo‘rlikka qarshi kurashishning jinoiy-huquqiy choralarini takomillashtirishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korrupsiyaga oid jinoyatlarni yagona mezonlar asosida tizimlashtirish va huquqni qo‘llash amaliyotidagi turlicha talqinlarni bartaraf etish zaruratidan kelib chiqib, jinoyat qonunchiligiga “korrupsiyaga oid jinoyatlar” tushunchasini kiritish, shuningdek axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etiladigan huquqbuzarliklarning yangi shakllariga samarali qarshi kurashish maqsadida alohida qonun qabul qilish zarurligi asoslantirilgan;
aholi va tadbirkorlik subektlariga Yagona portal orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatishda ortiqcha byurokratik to‘siqlar, murakkablashgan tartibotlar va eskirgan yondashuvlarni bartaraf etish, korrupsiyaviy omillarning oldini olish maqsadida bu borada jismoniy shaxsning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsga doir ma’lumotlarini ularning qog‘oz shakliga tenglashtirish, davlat organlari va tashkilotlari tomonidan Yagona portalning mobil ilovasi orqali olingan shaxsga doir ma’lumotlarning qog‘oz shaklini talab qilishni taqiqlash, jismoniy shaxslarni yagona identifikatsiya tizimidan (OneID) ro‘yxatdan o‘tkazishda muqobil tarzda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face ID) tartiblarini amaliyotga joriy etish zarurati asoslantirilgan;
Biznesni boshlash jarayonida ortiqcha ma’muriy bosqichlar va mansabdor shaxslar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kamaytirish zaruratidan kelib chiqib, davlat xizmatlarini kompleks tarzda ko‘rsatish, shuningdek litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini qisqartirish orqali korrupsiyaviy omillarning oldini olish mumkinligi asoslantirilgan;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib sodir etiladigan poraxo‘rlik jinoyatlarini barvaqt aniqlash va oldini olinishini ta’minlash uchun prokuratura organlari faoliyatini raqamli transformatsiya qilish, ya’ni tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshiradigan organlar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan samarali raqamli nazoratni olib borish va uni raqamlashtirishga yo‘naltirilgan “Raqamli prokuratura – 2030” strategiyasini qabul qilish lozimligi asoslantirilgan;
davlat axborot tizimlari hamda resurslarini loyihalashtirish, yaratish va modernizatsiyalash sohasida korrupsiya illatiga barham berish, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish faoliyatini raqamlashtirishni yanada kengaytirish va raqamli nazorat tizimini yaratish hamda qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida texnik topshiriq va talablar ishlab chiqish jarayonini axborot tizimlari hamda resurslari orqali real vaqt rejimida monitoring qilish imkoniyatini beruvchi «raqamli nazorat» funksiyasini joriy etish zarurati asoslantirilgan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib sodir etilayotgan poraxo‘rlikka qarshi kurashishning jinoiyhuquqiy choralarini takomillashtirish mavzusidagi tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Jinoyat kodeksida korrupsiyaga oid jinoyatlar tizimini shakllantirish va qonunchilikka “korrupsiyaga oid jinoyatlar” tushunchasini kiritish bo‘yicha takliflaridan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2026-yil 22-iyundagi O‘RQ–1155-son Qonuni 1-moddasi 13-bandini (Jinoyat kodeksi Sakkizinchi bo‘limiga kiritilgan qo‘shimcha)ni ishlab chiqishda foydalanilgan hamda axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashish uchun alohida qonun qabul qilish zarurligiga oid takliflaridan O‘zbekiston Respublikasining “Axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan. Ushbu qonun 2026-yil 22-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga yuborilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2026-yil
11-avgustdagi №3/dn-161-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning qabul qilinishi korrupsiyaga oid jinoyatlar tizimini va “korrupsiyaga oid jinoyatlar” tushunchasini qonunchilikda mustahkamlash, ushbu turdagi qilmishlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlash hamda axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
aholi va tadbirkorlik subektlariga Yagona portal orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatishda ortiqcha byurokratik to‘siqlar, murakkablashgan tartibotlar va eskirgan yondashuvlarni bartaraf etish, korrupsiyaviy omillarning oldini olish, bu borada jismoniy shaxsning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsga doir ma’lumotlarini ularning qog‘oz shakliga tenglashtirish, davlat organlari va tashkilotlari tomonidan Yagona portalning mobil ilovasi orqali olingan shaxsga doir ma’lumotlarning qog‘oz shaklini talab qilishni taqiqlash, jismoniy shaxslarni yagona identifikatsiya tizimidan (OneID) ro‘yxatdan o‘tkazishda muqobil tarzda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face ID) tartiblarini amaliyotga joriy etishga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirish hamda sohada byurokratik tartibotlarni tubdan qisqartirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 8-sentabrdagi PF–157-son Farmonining 5-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (Adliya vazirligining 2025-yil 2-dekabrdagi 8/10-0018-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi davlat boshqaruvida ortiqcha byurokratik to‘siqlar, murakkablashgan tartibotlar va eskirgan yondashuvlarni bartaraf etish, korrupsiyaviy omillarning oldini olish hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatishni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilgan;
biznesni boshlashda davlat xizmatlarini kompleks tarzda ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini qisqartirish orqali korrupsiyaviy omillarning oldini olish mumkinligiga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Biznes yuritishni hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirishga doir navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 14-noyabrdagi PF–214-son Farmonining 2- va 5-bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Adliya vazirligining 2025-yil 2-dekabrdagi
8/10-0018-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi biznesni boshlash istagida bo‘lgan tadbirkorlar uchun to‘siq sifatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsiyaviy omillarning barvaqt oldi olinishiga xizmat qilgan;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib sodir etiladigan poraxo‘rlik jinoyatlarini barvaqt aniqlash va oldini olinishini ta’minlash uchun prokuratura organlari faoliyatini raqamli transformatsiya qilish, ya’ni tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshiradigan organlar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan samarali raqamli nazoratni olib borish va uni raqamlashtirishga yo‘naltirilgan “Raqamli prokuratura — 2030” strategiyasini qabul qilish zarurligiga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli prokuratura – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025-yil 3-noyabrdagi PF–204-son Farmonining
1-5-bandlarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi 2026-yil 21-yanvardagi 5/10-26-son dalolatnoma). Ushbu taklifning inobatga olinishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli prokuratura – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ishlab chiqilishiga hamda shu asosda bu borada bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan chora–tadbirlar tizimining belgilab olinishiga xizmat qilgan;
davlat axborot tizimlari hamda resurslarini loyihalashtirish, yaratish va modernizatsiyalash sohasida korrupsiya illatiga barham berish, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish faoliyatini raqamlashtirishni yanada kengaytirish va raqamli nazorat tizimini yaratish hamda qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida texnik topshiriq va talablar ishlab chiqish jarayonini axborot tizimlari hamda resurslari orqali real vaqt rejimida monitoring qilish imkoniyatini beruvchi «raqamli nazorat» funksiyasini joriy etish to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli prokuratura – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025 yil 3 noyabrdagi PF–204-son Farmonining 8-, 10- va 13-bandlarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi 2026-yil 21-yanvardagi 5/10-26-son dalolatnoma). Ushbu taklifning qabul qilinishi qonun ustuvorligini ta’minlash, korrupsiya illatiga barham berish, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish faoliyatini raqamlashtirish ishlarini yanada kengaytirish hamda raqamli nazorat tizimini joriy etishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish