Tilovmurodov Dostonbek Furqat o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “O‘zbekistonda sarguzasht turizmi faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish istiqbollari”, 08.00.17 - Turizm va mehmonxona faoliyati.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Iqt3943
Ilmiy rahbar: Xalilov Sirojiddin Sherali o‘g‘li, Iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.22/2025.27.12.I.02.01
Rasmiy opponentlar: Astanakulov Olim Tashtemirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. Qalmuratov Baxtiyar Seytmuratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda sarguzasht turizmi faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha ilmiy-nazariy hamda amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “sarguzasht turizmi” faoliyati tushunchasining iqtisodiy mazmuni turistik resurslardan samarali foydalanish hamda integratsiyalashgan aktiv turizm xizmatlarini shakllantirish orqali turistlarning rekreatsion va sarguzasht ehtiyojlarini qondirish bilan bir qatorda hududiy iqtisodiy faollik, bandlik va turizm eksporti salohiyatining oshishiga xizmat qiluvchi faoliyat nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan;
turizm sohasida risk omillari ta’siri optimallashtirilgan “Hard and Soft adventure” raqobatbardosh turistik mahsulotlari, turistik marshrutlarini yaratish orqali sarguzasht turizmi salohiyatidan samarali foydalanish mexanizmi ishlab chiqilgan;
O‘zbekistonda “Light Adventure” turmahsulot modeli muallif yondashuvi asosida ishlab chiqilib, imkoniyati cheklangan shaxslarga sazguzasht turizmi mahsulot va xizmatlarini yaratish, turistik resurslardan optimal foydalanish va turizm sohasida hududlar salohiyatini yuzaga chiqarish maqsadlarini ko‘zlagan holda takomillashtirilgan;
sarguzasht turizmiga oid resurslardan samarali foydalanishning iqtisodiy rivojlanishga ta’siri ko‘p omilli ekonometrik tahlillar orqali aniqlanib, O‘zbekistonda sarguzasht turizmi faoliyatining 2025-2030 yillardagi o‘rta istiqbolli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda sarguzasht turizmi faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “sarguzasht turizmi” faoliyati tushunchasining iqtisodiy mazmuni turistik resurslardan samarali foydalanish hamda integratsiyalashgan aktiv turizm xizmatlarini shakllantirish orqali turistlarning rekreatsion va sarguzasht ehtiyojlarini qondirish bilan bir qatorda hududiy iqtisodiy faollik, bandlik va turizm eksporti salohiyatining oshishiga xizmat qiluvchi faoliyat nuqtayi nazaridan takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Ekskursiya ishi” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi “485”-sonli buyrug‘i asosidagi №581729-raqamli guvohnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga tadbiq etilishi natijasida oliy o‘quv yurt talabalarida takomillashtirilgan “Sarguzasht turizmi” faoliyati tushunchasi bo‘yicha nazariy bilim va ko‘nikmalarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
turizm sohasida risk omillari ta’siri optimallashtirilgan “Hard and Soft adventure” raqobatbardosh turistik mahsulotlari, turistik marshrutlarini yaratish orqali sarguzasht turizmi salohiyatidan samarali foydalanish mexanizmini ishlab chiqish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PF-102-son “O‘zbekiston Respublikasida turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan turistik oqimni oshirish, qulay sayohat qilish uchun shart-sharoitlar yaratish, milliy turizm mahsulotlarini targ‘ib qilish va ichki turizm imkoniyatlarini yanada kengaytirish vazifalariga mos keladi. (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2026-yil “15” iyundagi 02-17/6140-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida aktiv turizm turlaridan optimal foydalanish, integratsiyalashgan turizm mahsulotlari va marshrutlarni shakllantirish mexanizmlariga oid qarorlarini ilmiy jihatdan dalillash imkoniyati yaratildi;
O‘zbekistonda “Light Adventure” turmahsulot modeli muallif yondashuvi asosida ishlab chiqilib, imkoniyati cheklangan shaxslarga sazguzasht turizmi mahsulot va xizmatlarini yaratish, turistik resurslardan optimal foydalanish va turizm sohasida hududlar salohiyatini yuzaga chiqarish maqsadlarini ko‘zlagan holda takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi PF-9-son “Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan ichki turizmni jadallashtirish va turistlar oqimini oshirish vazifalari hamda 2025-yil 15-maydagi PF-87-son Farmonida nazarda tutilgan turizm xizmatlari turlarini ko‘paytirish va sifatini yaxshilash choralari bilan uyg‘undir (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2026-yil “15” iyundagi 02-17/6140-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida imkoniyati cheklangan shaxslar uchun to‘siqsiz sarguzasht turizmi mahsulot va xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, turistik resurslardan samarali foydalanish, hududlarning turistik salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish hamda to‘siqsiz turizmni barqaror rivojlantirish imkoniyati oshdi;
sarguzasht turizmiga oid resurslardan samarali foydalanishning iqtisodiy rivojlanishga ta’siri ko‘p omilli ekonometrik tahlillar orqali aniqlanib, O‘zbekistonda sarguzasht turizmi faoliyatining 2025-2030 yillardagi o‘rta istiqbolli prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF-87-son “2025–2026-yillarda sayyohlar oqimini yanada oshirish, turizm xizmatlari turlarini ko‘paytirish va sifatini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan turizm oqimini oshirish, turizm xizmatlari turlarini ko‘paytirish va xizmatlar sifatini yaxshilash hamda 2026-yil, 16-fevraldagi PF-21-son “Mamlakat taraqqiyotining 2030-yilgacha mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan O‘zbekistonda tashqi va ichki turizmni rivojlantirish uchun keng sharoitlar yaratish orqali sayyohlar sonini oshirishdagi vazifalariga mos keladi. (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2026-yil “15” iyundagi 02-17/6140-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida sarguzasht turizmi faoliyatini tashkil etish va rivojlanishini o‘rta muddatli istiqbolda baholash, prognoz ko‘rsatkichlarini asoslash hamda sohaga oid tashqiliy-iqtisodiy, boshqaruv qarorlarini ilmiy jihatdan dalillash imkoniyati yaratildi.