Otabekov Javdod Nurulla o‘g‘lining

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Chorvachilik tarmog‘ida go‘sht etishtirish sohasini innovatsion asosda rivojlantirishni rag‘batlantirish mexanizmlari (Jizzax viloyati misolida), 08.00.04 – “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt5667.
Ilmiy rahbar: Toshboev Bekzod Baxtiyorovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.I.04.12.
Rasmiy opponentlar: Allayarov Piratdin Atabaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Beknazarova Gulnara Jumabaevna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: go‘sht etishtirish sohasini innovatsion asosda rivojlantirish mexanizm va yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
go‘sht ishlab chiqarish jarayonlarini texnik va texnologik jihatdan modernizatsiyalash darajasini baholash maqsadida “ilmiy hajmdorlik darajasi”ni aniqlashda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga yo‘naltirilgan xarajatlar hajmi, ilmiy salohiyatga ega kadrlar ulushi hamda ishlab chiqarishning texnik ta’minlanganlik darajasini aks ettiruvchi koeffitsientlar majmuasiga tayanuvchi kompleks hisoblash uslubiyoti taklif etilgan;
go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi xo‘jalik yurituvchi subektlar faoliyatini rag‘batlantirishning institutsional va moliyaviy mexanizmlari takomillashtirilib, moliya-kredit dastaklarini qo‘llash orqali ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlash va investision faollikni oshirishning iqtisodiy asoslangan yo‘nalishlari ishlab chiqilgan;
chorvachilik tarmog‘ida raqamli va aqlli texnologiyalarni joriy etish jarayonlarini jadallashtirish maqsadida aqlli qurilmalarni ishlab chiqish, buyurtmalarni shakllantirish va amaliyotga tatbiq etishni muvofiqlashtiruvchi “Aqlli chorvachilik tizimini qo‘llab-quvvatlash markazi”ni tashkil etish konsepsiyasi asoslandi hamda uning faoliyatini venchur fondlari va innovatsion moliyalashtirish mexanizmlari orqali ta’minlash bo‘yicha takliflar asoslangan;
chorvachilik tarmog‘ini texnik-texnologik modernizatsiyalash sharoitida go‘sht etishtirish hajmining o‘zgarish tendensiyalarini baholash asosida 2030-yilgacha mo‘ljallangan o‘rta va uzoq muddatli prognoz modeli ishlab chiqilgan hamda modernizatsiya darajasi bilan ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi funksional bog‘liqliklar ilmiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Chorvachilik tarmog‘ida go‘sht etishtirish sohasini innovatsion asosda rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
go‘sht ishlab chiqarish jarayonlarini texnik va texnologik jihatdan modernizatsiyalash darajasini baholash maqsadida “ilmiy hajmdorlik darajasi”ni aniqlashda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga yo‘naltirilgan xarajatlar hajmi, ilmiy salohiyatga ega kadrlar ulushi hamda ishlab chiqarishning texnik ta’minlanganlik darajasini aks ettiruvchi koeffitsientlar majmuasiga tayanuvchi kompleks hisoblash uslubiyoti taklifi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining hududiy boshqarmalari hamda chorvachilik subektlari faoliyatiga amaliyotga joriy qilindi (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2026-yil 6-iyun, № 02/23-1961 son ma’lumotnomasi). Natijada korxonalarda ITTI (NIOKR) xarajatlari va kadrlar salohiyatining ishlab chiqarish hajmiga ta’siri raqamli ko‘rsatkichlarda aniqlangan. Bu esa texnik ta’minotni yangilash bo‘yicha investisiya qarorlarini qabul qilishda asos bo‘lib xizmat qildi.
Go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi xo‘jalik yurituvchi subektlar faoliyatini rag‘batlantirishning institutsional va moliyaviy mexanizmlari takomillashtirilib, moliya-kredit dastaklarini qo‘llash orqali ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlash va investision faollikni oshirishning iqtisodiy asoslangan yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining hududiy boshqarmalari hamda chorvachilik subektlari faoliyatiga amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2026-yil 6-iyun, № 02/23-1961 son ma’lumotnomasi). Natijada sohaga ixtisoslashgan xo‘jalik yurituvchi subektlarni qo‘llab-quvvatlashning yangi moliyaviy yo‘nalishlari belgilab berildi, bu esa tarmoqda xususiy sektor ulushining kengayishiga zamin yaratdi.
Chorvachilik tarmog‘ida raqamli va aqlli texnologiyalarni joriy etish jarayonlarini jadallashtirish maqsadida aqlli qurilmalarni ishlab chiqish, buyurtmalarni shakllantirish va amaliyotga tatbiq etishni muvofiqlashtiruvchi “Aqlli chorvachilik tizimini qo‘llab-quvvatlash markazi”ni tashkil etish konsepsiyasi asoslandi hamda uning faoliyatini venchur fondlari va innovatsion moliyalashtirish mexanizmlari orqali ta’minlash taklifi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining hududiy boshqarmalari hamda chorvachilik subektlari faoliyatiga amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2026-yil 6-iyun, № 02/23-1961 son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga qo‘llash markaz faoliyatini venchur fondlari va innovatsion grantlar orqali moliyalashtirish tartibi ishlab chiqildi. Bu esa davlat budjetiga tushadigan yukni kamaytirib, sohaga xususiy investisiyalarni jalb qilish imkonini berdi.
Chorvachilik tarmog‘ini texnik-texnologik modernizatsiyalash sharoitida go‘sht etishtirish hajmining o‘zgarish tendensiyalarini baholash asosida 2030 yilgacha mo‘ljallangan o‘rta va uzoq muddatli prognoz modeli yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining hududiy boshqarmalari hamda chorvachilik subektlari faoliyatiga amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2026-yil 6-iyun, № 02/23-1961 son ma’lumotnomasi). Go‘sht etishtirish hajmining 2030-yilgacha bo‘lgan qisqa, o‘rta va uzoq muddatli o‘zgarish tendensiyalari tahlil qilindi, natijada 2030-yilga borib viloyatda go‘sht etishtirish hajmi 268 ming tonnaga etadi. Ushbu ko‘rsatkich bazaviy rivojlanish darajasiga nisbatan tarmoq samaradorligi 35% ga oshishini anglatadi. Shu o‘rinda tahlillar, istiqbolda amalga oshiriladigan tadbirlar va islohotlar yo‘nalishlarini tanlab olishga hissasini qo‘shdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish