Xodjaev Anvar Rasulovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda franchayzing faoliyatini rivojlantirishning metodologik asoslarini takomillashtirish”, 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.DSc/Iqt1172.
Ilmiy maslahatchi: Ibragimov Nutfillo Salimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.08.03.
Rasmiy opponentlar: Salaev Sanjar Komilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Murodova Nodira Kullievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sadullaev Ulug‘bek Norqulovich , iqtisodiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda franchayzinglar faoliyatini rivojlantirishning metodologik asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
franchayzalarni investisiya uchun tanlash jarayonida axborot noaniqligi va subektiv baholashlarni kamaytirish yondoshuvi “mezonlarni aniqlash – normallashtirish – og‘irliklarni belgilash – integratsion reyting”ni hisoblash bosqichlaridan iborat ko‘p mezonli baholash uslubiyoti asosida takomillashtirilgan;
franchayzingdan foydalanish natijasida yuzaga keladigan iqtisodiy samarani aniqlash uslubiyoti savdo hajmi, realizatsiya narxlari hamda doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlar parametrlarini solishtirishga asoslangan qo‘shimcha iqtisodiy foydani aniqlash yondoshuvi asosida takomillashtirilgan;
franchayzalarni tanlash bo‘yicha investision qarorlar qabul qilish jarayonida mavjud noaniqliklarni hisobga olish maqsadida Fuzzy VIKOR metodologiyasiga moslashtirilgan ko‘p mezonli tanlovning algoritmik modeli taklif etilib, ekspert baholarini uchburchak noaniq sonlar orqali formalizatsiya qilish, ideal echimga nisbiy yaqinlikni fuzzy shaklda hisoblash hamda defuzzifikatsiya asosida optimal franchayzani aniqlash mexanizmi ilmiy asoslangan; 
mehmonxona biznesida franchayzingga o‘tishning xizmat sifati va iste’molchi baholariga ta’sirini miqdoriy baholash maqsadida Likert shkalasiga asoslangan
ordinal baholash modeli taklif etilib, franchayzingga o‘tishdan oldingi va keyingi davrlar o‘rtasidagi ta’sir farqini statistik jihatdan aniqlash imkonini beruvchi empirik baholash algoritmi ilmiy asoslangan;
mehmonxona xo‘jaliklarining franchayzing modeliga o‘tish ehtimolini baholashda tadbirkorlarning subektiv qarashlarini aks ettiruvchi brendga ishonch, boshqaruv va operatsion qo‘llab-quvvatlash, moliyaviy foyda kutilmasi hamda standartlashtirilgan boshqaruvga munosabat kabi perseptiv-sifat omillari(PS1-PS4)tizimi ishlab chiqilib, Logit modeli yordamida ushbu jarayonning ijobiy ehtimollik determinantlari aniqlangan hamda ARIMA va ARMAX modellari asosida 2030-yilgacha bo‘lgan ko‘p ssenariyli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: O‘zbekistonda franchayzing faoliyatini rivojlantirishning metodologik asoslarini takomillashtirish borasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
franchayzalarni investisiya uchun tanlash jarayonida axborot noaniqligi va subektiv baholashlarni kamaytirish yondoshuvi “mezonlarni aniqlash – normallashtirish – og‘irliklarni belgilash – integratsion reyting”ni hisoblash bosqichlaridan iborat ko‘p mezonli baholash uslubiyoti asosida takomillastirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “O‘zbekiston-2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-300-sonli qarorining 2-ilova 35-bandida belgilangan topshiriqlarni amalga oshirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investisiyalarni jalb etish agentligining 2026-yil 17-iyuldagi 285-sonli ma’lumotnomasi) Ushbu metodikaning qo‘llanilishi natijasida franchayzalar orasida investision jozibadorlikni obektiv solishtirish, subektiv qarorlarni kamaytirish, investision xavflarni pasaytirish va eng maqbul franshizani tanlash imkoniyati yaratildi;
franchayzingdan foydalanish natijasida yuzaga keladigan iqtisodiy samarani aniqlash uslubiyoti savdo hajmi, realizatsiya narxlari hamda doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlar parametrlarini solishtirishga asoslangan qo‘shimcha iqtisodiy foydani aniqlash yondoshuvi asosida takomillash taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “O‘zbekiston-2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-300-sonli qarorining 2-ilova 35-bandida belgilangan topshiriqlarni amalga oshirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investisiyalarni jalb etish agentligining 2026-yil 17-iyuldagi 285-sonli ma’lumotnomasi) Ushbu metodikani qo‘llash natijasida franshiza oluvchining operatsion ko‘rsatkichlarini bozorning o‘rtacha ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash, franchayzing shartnomasi bo‘yicha to‘lovlar miqdorining iqtisodiy asoslanganligini aniqlash, rentabelli yoki yo‘qotishlarni minimallashtiruvchi modellarning mavjudligini baholash hamda franchayzingdan foydalanishning real iqtisodiy samarasini aniqlash imkoniyati yaratildi;
franchayzalarni tanlash bo‘yicha investision qarorlar qabul qilish jarayonida mavjud noaniqliklarni hisobga olish maqsadida Fuzzy VIKOR metodologiyasiga moslashtirilgan ko‘p mezonli tanlovning algoritmik modeli taklif etilib, ekspert baholarini uchburchak noaniq sonlar orqali formalizatsiya qilish, ideal echimga nisbiy yaqinlikni fuzzy shaklda hisoblash hamda defuzzifikatsiya asosida optimal franchayzani aniqlash mexanizmi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “O‘zbekiston-2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-300-sonli qarorining 2-ilova 35-bandida belgilangan topshiriqlarni amalga oshirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investisiyalarni jalb etish agentligining 2026-yil 17-iyuldagi 285-sonli ma’lumotnomasi) Ushbu metodologiyaning qo‘llanilishi natijasida investision franchayzing qarorlarida subektivlik darajasi pasaydi, sifat mezonlari hisobga olina boshlandi, noaniqlik sharoitida investorga eng muvozanatli muqobilni tanlash imkoniyati yaratildi;
mehmonxona biznesida franchayzingga o‘tishning xizmat sifati va iste’molchi baholariga ta’sirini miqdoriy baholash maqsadida Likert shkalasiga asoslangan ordinal baholash modeli taklif etilib, franchayzingga o‘tishdan oldingi va keyingi davrlar o‘rtasidagi ta’sir farqini statistik jihatdan aniqlash imkonini beruvchi empirik baholash algoritmi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm yo‘nalishidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 27-iyuldagi PQ-238-sonli qarorda belgilangan topshiriqlarni amalga oshirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investisiyalarni jalb etish agentligining 2026-yil 17-iyuldagi 285-sonli ma’lumotnomasi) Mazkur taklifni qo‘llanilishi natijasida franchayzing mehmonxonalarida xizmat sifati o‘rtacha 38 foizga oshgani, past segmentdan o‘rta va yuqori segmentga o‘tish jarayoni jadallashgani hamda xalqaro franchayzingning iste’molchi qoniqishi va bozor raqobatbardoshligiga ijobiy ta’sirini oshirilishiga imkon bergan;
mehmonxona xo‘jaliklarining franchayzing modeliga o‘tish ehtimolini baholashda tadbirkorlarning subektiv qarashlarini aks ettiruvchi brendga ishonch, boshqaruv va operatsion qo‘llab-quvvatlash, moliyaviy foyda kutilmasi hamda standartlashtirilgan boshqaruvga munosabat kabi perseptiv-sifat omillari (PS1-PS4) tizimi ishlab chiqilib , Logit modeli yordamida ushbu jarayonning ijobiy ehtimollik determinantlari aniqlangan hamda ARIMA va ARMAX modellari asosida 2030-yilgacha bo‘lgan ko‘p ssenariyli prognoz ko‘rsatkichlarini aniqlash taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm yo‘nalishidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 27-iyuldagi PQ-238-sonli qarorda belgilangan topshiriqlarni amalga oshirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investisiyalarni jalb etish agentligining 2026-yil 17-iyuldagi 285-sonli ma’lumotnomasi) Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida brendga bo‘lgan ishonch va tizimli boshqaruvga tayyorlik franchayzingga o‘tish ehtimolini joriy 64 foizdan optimistik ssenariyda to‘liq shakllangan tayyorgarlik darajasigacha (ehtimollik koeffitsienti P≈1,0) yuksalishi isbotlangan hamda 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlariga ko‘ra, franchayzing bozorining real hajmi 3,14 barobardan (bazaviy) 3,6 barobargacha (optimistik) ortishi , sohaga yo‘naltirilgan investisiyalar hajmi 4,94 barobarga kengayishi va franchayzing asosidagi mehmonxonalar ulushining joriy 2,3 foizdan qariyb 6 foizga etishi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish