Ashurov Sheroz Ermatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘n ikki barmoqli ichak yarasi teshilishida xirurgik davolashga differensiallashgan yondashuv», 14.00.40–Shoshilinch tibbiyot (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Tib292.
Ilmiy rahbar: Berkinov Ulug‘bek Bozorboevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.28.02.2018.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Ataliev Al`bert Ervandovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xadjibaev Farxod Abduxakimovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: A.I.Evdokimov nomidagi Moskva davlat tibbiyot stomatologiya universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘n ikki barmoqli ichak yarasi teshilishini tashxislash va davolashga qiyosiy yondashgan holda, uning jarrohlik yo‘li bilan davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘n ikki barmoqli ichak yarasi teshilishi, ayniqsa yopilib qolgan yaralarning yashirin turlarida endoskopik belgilar (havo bilan insufflyasiya qilinganda o‘n ikki barmoqli ichak devorlarining to‘g‘rilanmasligi va qorinda og‘riqning kuchayishi, yara tubining ko‘rinmasligi)ning tashxisiy xatoliklarini kamaytirishdagi ahamiyati asoslangan;
o‘n ikki barmoqli ichak yarasi teshilishida uning kechishi, endoskopiya, laparoskopiya, Helicobacter test, morfometriya, peritonit turi va bemorning ASA bo‘yicha holatini hisobga olgan holda tashxislash va davolash taktikasini aniqlaydigan mezonlar aniqlangan;
yara substratidagi morfometrik o‘zgarishlar (hujayralararo modda, limfa va qon tomirlar hamda Panet hujayralarining nisbiy hajmi)ga asoslanib, o‘n ikki barmoqli ichak yarasi teshilishini bashoratlash usuli ishlab chiqilgan;
o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligining xirurgik amaliyotidan keyingi davrda yara asoratlarining oldini olishga qaratilgan antisekretor, antixelikobakter konservativ davolash hamda zarur holatlarda radikal operatsiyani amalga oshirish taktikasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘n ikki barmoqli ichak yarasi teshilishida xirurgik davolashga differensiallashgan yondashuvni takomillashtirishni baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Surunkali gastroduodenal yaralarning teshilishini prognozlash usuli» bo‘yicha Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 05271, 04.08.2016 y.). Ushbu usul turli darajadagi gastroduodenal yaralar teshilishi xavfi mavjud bemorlarni aniqlashga imkon bergan;
o‘n ikki barmoqli ichak yarasi teshilishida xirurgik davolashga differensiallashgan yondashuvni takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filiali, Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-klinikasi shoshilinch xirurgiya bo‘limlari amaliy faoliyatiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 26 noyabrdagi 8n-z/251 son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi o‘n ikki barmoqli ichak yarasi teshilishi bilan xastalangan bemorlarni tashxislash va davolash sifatini yaxshilashga, shuningdek, jarrohlik amaliyotidan keyingi asoratlarni 14,8% ga va yara kasalligi qaytalanishi yoki residivini 13,0%gacha kamaytirish, bemorlarni kasalxonada bo‘lish davomiyligini 1,1 kunga qisqartirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish