Tursunboeva Kamola Ilxomjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘quvchilarda perseptiv qobiliyatni rivojlantirishga o‘rgatishning pedagogik imkoniyatlari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Ped11286.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Nasibaxon Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/2025.27.12.Ped.32.01.
Rasmiy opponentlar: Xalimova Mashraboy Vaxidovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Exsonova Feruza Turdixo‘jaevna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘quvchilarda perseptiv qobiliyatni rivojlantirishga doir pedagogik imkoniyatlarni tatbiq etish va ilmiy metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
perseptiv qobiliyat tushunchasining mazmun-mohiyati hamda tuzilmasi psixologik-pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilinib, uning tarkibiy komponentlari (kuzatuvchanlik, emotsional sezuvchanlik, obrazli tafakkur, empatiya) tizimlashtirilib boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining idrok qilish ko‘nikmasi rivojlanishiga bevosita ta’sir qiluvchi omillari aniqlashtirilgan;
pedagogik fanlarni o‘qitish jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida perseptiv qobiliyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan metodik imkoniyatlar aniqlanib, ularda o‘quvchilarning psixologik holatini anglash, individual idrok xususiyatlarini baholash va muloqotga sezgir yondashish kompetensiyalarini rivojlantirish yo‘llari aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘quvchilarda perseptiv qobiliyatni rivojlantirishga o‘rgatish jarayoni uchun maqsadli-motivatsion, mazmuniy-metodik, amaliy-faoliyat va refleksiv-baholovchi komponentlardan iborat tizimli model ishlab chiqilib, oliy ta’limning pedagogik shart-sharoitlariga mosligi va amaliyotda qo‘llash imkoniyatlari takomillashtirilgan;
vitagen yondashuv asosida o‘quvchilarda perseptiv qobiliyatni rivojlantirishga yo‘naltirilgan jamoaviy, interaktiv va emotsional faoliyatga asoslangan pedagogik texnologiyalarni tizimlashtirish orqali metodik amaliy mashg‘ulotlar, kuzatuvli topshiriqlar, holatli tahlil va dramatik ifoda vositalaridan foydalanishning metodik imkoniyatlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘quvchilarda perseptiv qobiliyatni rivojlantirishga o‘rgatishning pedagogik imkoniyatlar bo‘yicha olingan natijalar asosida:
perseptiv qobiliyat tushunchasining mazmun-mohiyati hamda tuzilmasi psixologik-pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilinib, uning tarkibiy komponentlari (kuzatuvchanlik, emotsional sezuvchanlik, obrazli tafakkur, empatiya) tizimlashtirilishi hamda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining idrok qilish ko‘nikmasi rivojlanishiga bevosita ta’sir qiluvchi omillarni aniqlashtirishga oid ilmiy natijalar “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 24-martdagi 5596-5169-c288-8b5a-8e19-6149-9651-raqamli nashr ruxsatnomasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2026-yil 2-iyundagi 02/01-01-456-son ma’lumotnomasi). Natijada perseptiv qobiliyatning mazmun-mohiyati, tuzilmasi va tarkibiy komponentlari aniqlashtirildi, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida idrok qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik asoslari takomillashtirildi hamda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini tashkil etishning ilmiy-metodik ta’minoti boyitildi.
pedagogik fanlarni o‘qitish jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida perseptiv qobiliyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan metodik imkoniyatlarni aniqlash, ularda o‘quvchilarning psixologik holatini anglash, individual idrok xususiyatlarini baholash va muloqotga sezgir yondashish kompetensiyalarini rivojlantirish yo‘llarini aniqlashtirishga oid ilmiy natijalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tizimida yosh ijodkorlar va tarjimonlar bilan olib borilgan ma’naviy-ma’rifiy hamda ijodiy faoliyatni tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2025-yil 20-noyabrdagi 01-03/353-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining perseptiv kompetentligini rivojlantirishning metodik imkoniyatlari takomillashtirildi, shaxslararo muloqot va emotsional sezgirlikni rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari boyitildi hamda kasbiy faoliyatda individual yondashuv kompetensiyalarini shakllantirish samaradorligi oshirildi.
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘quvchilarda perseptiv qobiliyatni rivojlantirishga o‘rgatish jarayoni uchun maqsadli-motivatsion, mazmuniy-metodik, amaliy-faoliyat va refleksiv-baholovchi komponentlardan iborat tizimli model ishlab chiqilib, uning oliy ta’limning pedagogik shart-sharoitlariga mosligi va amaliyotda qo‘llash imkoniyatlari hamda vitagen yondashuv asosida o‘quvchilarda perseptiv qobiliyatni rivojlantirishga yo‘naltirilgan jamoaviy, interaktiv va emotsional faoliyatga asoslangan pedagogik texnologiyalarni tizimlashtirish orqali metodik amaliy mashg‘ulotlar, kuzatuvli topshiriqlar, holatli tahlil va dramatik ifoda vositalaridan foydalanishning metodik imkoniyatlariga oid ilmiy natijalardan “ERASMUS+ mobility project” (Project No. 2024-1-IT02-KA171-HED-000209878 between Pisa University and Namangan State Institute of Foreign Languages) xalqaro loyihasi hamda Farg‘ona davlat universitetida tashkil etilgan pedagogik tajriba-sinov ishlari doirasida foydalanilgan (2026-yil 26-maydagi KA171-UNIPI/NamSIFL-0023-son ma’lumotnoma hamda Farg‘ona davlat universitetining dalolatnomasi). Natijada vitagen yondashuvga asoslangan pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning samarali metodik mexanizmlari ishlab chiqildi, ta’lim jarayonining interaktivligi va amaliy yo‘naltirilganligi oshirildi hamda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirish samaradorligi ta’minlandi.