Qaxxorova Shaxnoza Abduvasit qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Al-Xorazmiy asarlari vositasida talabalarning analitik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi (umumiy pedagogikasi fani misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Ped12052.
Ilmiy rahbar: Toxirova Go‘zaloy Davronbek qizi, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD. 03/2025.27.12.Ped.32.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmanova Gulchehraxon Ne’matovna, pedagogika fanlari falsafa doktori, dotsent; Abdusamiev Dilmurod Abdug‘ani o‘g‘li, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Al-Xorazmiy asarlari vositasida talabalarning analitik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari, didaktik imkoniyatlari va metodik ta’minotini takomillashtirish hamda samarali metodik tizimini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Al-Xorazmiy asarlari vostasida talabalarda analitik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik va metodik xususiyatlari, (o‘quv motivlari, bilishga qiziqish va ehtiyoj, refleksiya) talabalarda maqsad qo‘yish, qaror qabul qilish, motiv, qiziqishlari intensivligini hisobga olish hamda “Analitik fikrlash” ni metodologik asoslarini ”Sharqning buyuk allomalari” nomli elektron platformaga integaratsiya qilish asosida aniqlashtirilgan;
Al-Xorazmiy asarlari vostasida talabalarda analitik fikrlashni rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari kreativ va analitik yondashuvining (gnostik, loyihaviy, prognostik) o‘quv-bilish faoliyatni rivojlantirishning ijtimoiy moslashuv bilan bevosita aloqadorlik funksiyalarini aniqlashtirish orqali takomillashtirilgan;
Al-Xorazmiy asarlari vostasida talabalarda analitik fikrlashni rivojlantirishning pedagogik modelida faoliyatga doir komponenti “Yosh pedagog” nomli to‘garak hamda seminar-treninglar konsepsiyasini ishlab chiqish va mashg‘ulotlarda Mozaika metodi, Dizayn fikrlash, Trnsfer learning, Loyiha metodlarini intensiv qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
Al-Xorazmiy asarlari vostasida talabalarda analitik fikrlashni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish samaradorligi motivatsion, kognitiv, refleksiv, kommunikativ, faoliyatli va ko‘nikmalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan baholash mezonlari, hamda indikatorlarning obektiv darajalarini natijadorligining maqsadga yo‘naltirilganligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Al -Xorazmiy asaralari vostasida talabalarda analitik fikrlashni rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari:
Al-Xorazmiy asarlari vositasida talabalarda analitik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik va metodik xususiyatlari, talabalarda maqsad qo‘yish, qaror qabul qilish, motiv, qiziqishlari intensivligini hisobga olish hamda “Analitik fikrlash” ni metodologik asoslarini tadqiq etish asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Umumiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-sonli buyrug‘i asosida berilgan № 990807 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, Al -Xorazmiy asarlari vositasida talabalarda analitik fikrlashni rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
Al-Xorazmiy asarlari vositasida talabalarda analitik fikrlashni rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari kreativ va analitik yondashuvining (gnostik, loyihaviy, prognostik) O‘quv-bilish faoliyatni rivojlantirishning ijtimoiy moslashuv bilan bevosita aloqadorligi funksiyalarini aniqlashtirish orqali takomillashtirishga oid takliflar 1-203-4 raqamli “Mamlakatimizda millatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish va uyg‘unlashtirish” nomli fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan.(O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2023-yil 28-noyabrdagi 02-13-06-782-son ma’lumotnomasi). Natijada, Al-Xorazmiy asarlari vositasida talabalarda analitik fikrlashni rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
Al-Xorazmiy asarlari vositasida talabalarda analitik fikrlashni rivojlantirishning pedagogik modelida faoliyatga doir komponenti “Yosh pedagog” nomli to‘garak hamda seminar-treninglar konsepsiyasini ishlab chiqish va mashg‘ulotlarda Mozaika metodi, Dizayn fikrlash, Loyiha metodlarini intensiv qo‘llash asosida takomillashtirishga oid takliflar takliflar “Umumiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-sonli buyrug‘i asosida berilgan № 990807 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada Al-Xorazmiy asarlari vositasida talabalarda analitik fikrlashni rivojlantirishning algoritmik bosqichlari takomillashtirilgan.
Al-Xorazmiy asarlari vositasida talabalarda analitik fikrlashni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish samaradorligi motivatsion, kognitiv, refleksiv, kommunikativ, faoliyatli va ko‘nikmalami rivojlantirishga yo‘naltirilgan baholash mezonlami obektiv baholovchi analitik-yuqori, adaptiv-o‘rta va refleksiv- quyi darajalarini natijadorligining maqsadga yo4naltirilganligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Umumiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-sonli buyrug‘i asosida berilgan № 990807 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, Al -Xorazmiy asarlari vositasida talabalarda analitik fikrlashni rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan;