To‘xtameshov Fayzulla G‘ulamjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Neft va gaz konlari hududida er yuzasining siljishini eksperimental usullar orqali baholash (Sho‘rtan koni misolida)”, 04.00.06 - Geofizika. Foydali qazilmalarni qidirishning geofizik usullari (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/GM187.
Ilmiy rahbar: Xodjimetov Alinazar Irismetovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zR FA G‘.O. Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti, DSc.05/2025.27.12.GM/FM.12.02.
Rasmiy opponentlar: To‘ychiev Axmadjon Ismailovich, fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Yuldashev G‘ofur Yuldashevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: H.M. Abdullaev nomidagi “Geologiya va geofizika instituti” DM.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sho‘rtan koni hududida er yuzasining siljishini eksperimental usullar orqali baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sho‘rtan koni hududida ilk bor GNSS texnologiyalari yordamida olingan geodezik ma’lumotlarni tahlil qilish asosida er yuzasining vertikal siljishlari aniqlangan;
tadqiqot hududida er yuzasi deformatsiyalarining hududiy taqsimlanish xususiyatlari tahlil qilinib, deformatsion jarayonlarning jadalligi yuqori darajada namoyon bo‘lgan zonalari ajratilgan;
Sho‘rtan koni hududida er yuzasi deformatsiyalarining gaz qazib olish hajmi va mahsuldor qatlamlardagi bosim o‘zgarishlariga bog‘liqligi kompleks tahlil qilinib deformatsion jarayonlarning hududiy namoyon bo‘lishi va magnit maydoniga ta’siri baholangan;
Sho‘rtan konining deformatsion holati bilan seysmik faollik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklarning tahlili asosida xavfli geodinamik jarayonlarning yuzaga kelish ehtimoli yuqori bo‘lgan zonalari ajratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sho‘rtan koni yuqori aniqlikdagi geodezik va geofizik o‘lchash usullari hamda quduq ma’lumotlarini tahlili natijalari asosida:
Sho‘rtan koni hududidagi geodezik punktlarda o‘tkazilgan GNSS kuzatuvlari asosida er yuzasining siljish xaritasi O‘zR Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2026-yil 19-oktabrdagi 3/4/26-5015-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot hududi er qobig‘ining deformatsion holatini aniqlash imkonini bergan;
Sho‘rtan koni hududi er yuzasining siljishi va quduq ma’lumotlari asosida er qobig‘ining deformatsion holatini aks ettiruvchi xaritasi O‘zR FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2026-yil 19-oktabrdagi 3/4/26-5015-sonli ma’lumotomasi). Natijada, tadqiqot hududining xavfli deformatsiyalanayotgan zonalarini baholash imkonini bergan;
Sho‘rtan koni hududida aniqlangan deformatsiya qiymatini qazib olish ko‘rsatkichi, qatlam bosimi va magnit maydon kuchlanganligi qiymatlari bilan bog‘liqligini aks ettiruvchi model xaritasi O‘zR FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2026-yil 19-oktabrdagi 3/4/26-5015-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, deformatsiya qiymatiga ta’sir qiluvchi faktorlarni tabiatini chuqur o‘rganishga imkon bergan;
Sho‘rtan koni hududidagi deformatsiya qiymatini uzoq yillik zilzilalar katalogi ma’lumotlari bilan birga tahlil qilish asosida yuqori xavfga ega bo‘lgan zonalar xaritasi O‘zR FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2026-yil 19-oktabrdagi 3/4/26-5015-sonli ma’lumotnomasi). Natijada,Sho‘rtan koni hududida xavfli geodinamik jarayonlarning yuzaga kelish ehtimoli yuqori bo‘lgan zonalarini ajratishga imkon bergan.