Anvarov Hikmat Erkinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jigar exinokokkozining urgent asoratlari tashxisi va davolashni takomillashtirish», 14.00.40–Shoshilinch tibbiyot (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib533.
Ilmiy rahbar: Xadjibaev Farxod Abduxakimovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.28.02.2018.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Aripova Nazira Uktamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: akademik I.P.Pavlov nomidagi Birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jigar exinokokkozining turli asoratli shakllarini tashxislashning an’anaviy va zamonaviy usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
urgent asoratlangan jigar exinokokkozining kompleks tashxislashga sitokin spektrini aniqlash yo‘li bilan immunoferment tahlilni kiritish asoslangan;
asoratlangan jigar exinokokkozini davolashga differensial yondashuv va kasallik og‘irligini bashoratlashda bemor yoshining o‘ziga xosligi, gemodinamik ko‘rsatkichlari, qon intoksikatsiyasi va qorin bo‘shlig‘iga peritonitning tarqalishi belgilari isbotlangan;
asoratlangan jigar exinokokkoz bilan bemorlarda jarrohlik amaliyotidan oldin va bosqichli intensiv konservativ davolashning o‘tkazilishi, hajmi asosida jarrohlik aralashuvining turi va muddatlari belgilangan;
gemo- va o‘tstazi o‘tkazishda argon-plazmali koagulyasiyaning samaradorligi, shuningdek jigarda exinokokkektomiya o‘tkazilganda qolgan bo‘shliqni qayta ishlashda uning yuqori antiparazitarlik va antibakterial xususiyatlari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jigar exinokokkozining urgent asoratlari tashxisi va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Jigar exinokokkozining urgent asoratlarni tashxisi va davolashni takomillashtirishga zamonaviy yondashuv» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 3 maydagi 8n-r/174-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma jigar exinokokkozining asoratlangan shakllarini tashxislash va samarali davolash taktikasini baholash imkonini bergan;
jigar exinokokkozining urgent asoratlari tashxis va davolashni takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand va  Buxoro filiallari shoshilinch xirurgiya bo‘limlari   amaliy faoliyatiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 25 iyundagi 8n-d/158-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi jigar exinokkokkozining asoratlangan shakllari bilan xastalangan bemorlarni jarrohlik usuli bilan davolashning tanlab olingan taktikasini optimallashtirish hamda davolash davomiyligini qisqartirish  va asoratlar sonini kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish