Qobilov Nurbek Erkin o‘g‘lining

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “So‘tali makkajo‘xorining oziqaviylik qiymatini optimallashtirishning gidrotermik ishlov berish sharoitlarini takomillashtirish”, 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.3.PhD/T6969.
Ilmiy rahbar: Dodaev Qo‘chqor Odilovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy Kengash raqami: Buxoro davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.T.16.05.
Rasmiy opponentlar: Isabaev Ismoil Babadjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Dadamirzaev Muzaffar Xabibullaevich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: so‘tali makkajo‘xorining oziqaviylik qiymatini optimallashtirishning gidrotermik ishlov berish sharoitlarini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
so‘tali makkajo‘xoridan oziqaviylik qiymati optimallashtirilgan tayyor holdagi qadoqlangan oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarish uchun xomashyoni 36 soat davomida 25 oC haroratda 1% NaHCO3 li suvda ivitish va 10 daqiqa davomida 150 oC haroratda gidrotermik ishlov berish sharotlarini takomillashtirilganligi ilmiy asoslangan;
so‘tali makkajo‘xorini ivitish va gidrotermik ishlov berishning takomillashgan sharoitlarini qo‘llash asosida, mahsulot tarkibidagi fitin kislota miqdori 1,97% dan 1% gacha kamayganligi, mineral moddalar 310,5 mg/kg ga, aminokislotalar esa 3,09 mg/g ga ortishi isbotlangan;
so‘tali makkajo‘xorini ivitish hamda gidrotermik ishlov berish jarayonida ta’sir etuvchi omillarning o‘zaro bog‘liqligini va ularning maqbul chegaraviy qiymatlarini tavsiflovchi matematik-statik modeli ishlab chiqilgan;
eksperimental va nazariy tadqiqot natijalari asosida biologik faol moddalarga boy, oziq-ovqat mahsuloti sifatida e’tirof etilgan qadoqlangan makkajo‘xori mahsuloti ishlab chiqarish texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. So‘tali makkajo‘xori oziqaviylik qimmatini optimallashtirishning gidrotermik ishlov berish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
suvda ishlov berish orqali so‘tali makkajo‘xori ishlab chiqarish texnologiyasi “East Agro International” MChJ korxonasida joriy etilgan (“O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi”ning 2025-yil 12-martdagi 12-25/03-25-son ma’lumotnomasi). Natijada, 150 oS haroratda va 10 daqiqa davomida past harorat hamda tejalgan vaqt davomida gidrotermik ishlov berish orqali so‘tali makkajo‘xori ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini 30%ga oshirish imkonini bergan;
texnologik parametrlari maqbullashtirilgan so‘tali makkajo‘xori ishlab chiqarish texnologiyasi “Agro Processing Group” va “Agro Feed” xususiy korxonasida amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi”ning 2025-yil 12-martdagi 12-25/03-25-son ma’lumotnomasi). Natijada, antinutrient modda hisoblangan fitin kislotasi miqdorini 1,97 % dan 1 % gacha kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish