Atajanov Temur Samandarovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Xorazm viloyati allyuvial tuproqlari entomofaunasi va bioekologik xususiyatlari”, 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/B1104.
Ilmiy rahbar: Doschanova Manzura Babajanovna, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Xorazm Ma’mun akademiyasi, PhD.05/2025.27.12.B.25.01.
Rasmiy opponentlar: Bekchanov Xudaybergan O‘rinovich, biologiya fanlari doktori, professor; Bekmurodov Abdujabbor Sattorovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xorazm viloyati agrotsenozlarida (g‘o‘za, qovun, bog‘) allyuvial tuproq entomofaunasining taksonomik tarkibi, ekologik guruhlari, dominant turlari va ularning agroekologik ahamiyatini aniqlash, olib boriladigan turli xil sug‘orish usullarining tuproq entomofaunasiga ta’sirini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Xorazm viloyati allyuvial tuproqlar (g‘o‘za, qovun, bog‘) agrotsenozlarida uchrovchi hasharotlar entomofaunasi kompleks ravishda o‘rganilib, ularning taksonomik tarkibi aniqlangan hamda 10 turkum, 42 oila, 97 urug‘ va 120 turni o‘z ichiga olgan ilmiy asoslangan ro‘yxat tuzilgan;
ilk bor Xorazm viloyati g‘o‘za agrotsenozida Anisodactylus poeciloides pseudoaeneus (Dejean 1829) kenja tur, Paederus longiceps (Bernhauer,1902), Scarites subcylindricus (Chaudoir,1843) turlari mazkur agrotsenoz entomofaunasi uchun yangi turlar ekanligi aniqlangan;
ilk bor Xorazm viloyatida allyuvial tuproqlar entomofaunasi kompleks ravishda tadqiq qilinib, undagi fitofag, entomofag, saprofag-nekrofag, saprofag-kaprofag, saprofag hamda polifag hasharot turlarining tarkibi, ekologik va tarqalish xususiyatlari batafsil ochib berilgan;
g‘o‘za agrotsenozi tuproq entomofaunasiga zamonaviy sug‘orish omili (tomchilatib va plyonka ostidan tomchilatib) ning turli taksonomik guruhlarga va geobiontlarga ta’siri asoslangan;
Xorazm viloyatida alliyuvial tuproqlar agrotsenozidan geobeont hasharotlarning 17 turi aniqlanib tur tarkibi, mavsumiy son dinamikasi, rivojlanish davrlari hamda yil davomida sonini o‘zgarish qonuniyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm viloyati allyuvial tuproqlari entomofaunasi va bioekologik xususiyatlari mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
agrotsenozlarda fitofag hasharotlarga qarshi ishlab chiqilgan tashkiliy-profilaktik va agrotexnik kurash tadbirlari bo‘yicha amaliy tavsiyalar Xorazm viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Fermerlari kengashining 2026-yil 15-iyundagi 01/03-0135-son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘za qator oralariga va tuproqqa ishlov berish zararli hasharotlar miqdorini kamayishiga, foydali tuproq entomofaunasini saqlanib qilish imkonini bergan;
Harpalus rufipes turning molekulyar-genetik tahlili asosida ribosomal DNK nukleotidlari ketma-ketligi bo‘yicha ma’lumotlari biotexnologik axborotlar milliy markazi (NCBI) Xalqaro gen banki bazasida joylashtirilgan (Biotexnologik axborot milliy markazning 2025-yil 22-dekabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada Harpalus rufipes turi uchun- PX736607 inventar raqamlari olingan va ular xalqaro miqiyosda turlarni aniqlash va filogeniyasini o‘rganish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish