Ochilov Ulug‘bek Yunusovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “RDB frezalash dastgohining dinamikasini tadqiq qilish va adaptiv boshqaruv tizimini ishlab chiqish”, 05.02.05 – “Mexanik va fizik-texnik ishlov berish texnologiyalari va jarayonlari. Stanoklar va asbob - uskunalar” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi DSc.03/2025.27.12.T.02.04 raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Egamberdiev Ilxom Pulatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Xusanov Yunusali Yuldashalievich, texnika fanlari doktori, dotsent; Kenjaboev Shukurjon Sharipovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Olmaliq davlat texnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi RDB frezalash dastgohining dinamikasini tadqiq qilish va adaptiv boshqaruv tizimini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
etalon model usuli asosida surish harakati tezligini adaptiv boshqarish algoritmiga ega frezalash dastgohining raqamli egizagi ishlab chiqilgan;
yuqori chastotali tebranishlarda surish harakati va kesish tezligini gibrid adaptiv boshqarish tizimi orqali tebranishlar amplitudasini kamaytirish usuli ishlab chiqilgan;
shpindelning aylanish chastotasini adaptiv sozlashda uning koordinatalari va kesish rejimlariga qarab ruxsat etilgan yuklamani aks ettiruvchi standart yuklanish egri chizig‘ini qurish usuli ishlab chiqilgan;
frezalashda surish harakati tezligini boshqarish uchun sozlagich parametrlarini moslashtirish qonuni ishlab chiqilib, regenerativ avtotebranishlar amplitudasini kamaytirish va “dastgoh–asbob–xom-ashyo” tizimining dinamik holatini barqarorlashtirish ta’minlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Metall kesish dastgohlarining dinamikasini tadqiq qilish va adaptiv boshqaruv tizimini ishlab chiqish usullarini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kesish kuchlarini tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan surish harakatini adaptiv boshqarish tizimi metall kesish dastgohining boshqaruv tizimiga joriy etildi. «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ NMZ ICHB amaliyotga joriy qilingan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2026 yil 16 yanvardagi 02-07/02/510-son ma’lumotnomasi). Natijada, kesuvchi asbobning xizmat muddati 35% ga uzaytirildi, hamda kesuvchi asbobning emirilishi tufayli yuzaga keladigan kutilmagan to‘xtashlar 55% ga kamaytirilgan;
yuqori chastotali vibratsiyalar aniqlanganda surish harakatini adaptiv boshqarish orqali vibratsiyalar amplitudalarini kamaytirish tizimi joriy qilindi. «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ NMZ ICHB amaliyotga joriy qilingan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2026 yil 16 yanvardagi 02-07/02/510-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuzaga keluvchi tebranish amplitudalari 50–60% ga kamaytirildi, ishlov beriladigan yuza tozaligi 30% ortgan;
shpindelga turli koordinatalar va kesish rejimlari bo‘yicha ruxsat etilgan yuklanish darajasini aks ettiruvchi etalon yuklanish egriligini shakllantirish metodikasi joriy etildi. «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ NMZ ICHB amaliyotga joriy qilingan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2026 yil 16 yanvardagi 02-07/02/510 -son ma’lumotnomasi). Natijada, shpindelning uzatma tezligini asosiy ko‘rsatkichdan ±25% oraliqda adaptiv ravishda boshqarish imkoniyati yaratildi va ishlov berish unumdorligi o‘rtacha 18% ga oshirilgan.