Jo‘raev Sherzod Sultanbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston sanoati rivojlanishining hududiy xususiyatlari», 11.00.02–Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Gr98
Ilmiy rahbar: Qayumov Abduhakim Abduxamidovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.27.06.2017.G.01.06.
Rasmiy opponentlar: Sodiqov Avaz Madaminovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Safarova Nasiba Iranqulovna, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi respublika hududlari xususiyatlari, tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlar va ekologik vaziyatini hisobga olgan holda sanoat hududiy tarkibini takomilashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ekologik va fitomeliorativ tadbirlar jadal olib borilayotgan, salohiyatli uglevodorod xom ashyosi zahiralariga ega Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonida tabiiy gazni qazib olish va qayta ishlash sanoatini yanada kengaytirish, unda “ekologik toza” yuqori texnologiyalarni joriy etish asoslangan;
sanoati rivojlangan va salohiyati yuqoriligi barobarida flora va o‘simliklar qoplamida turlarning xilma xilligi yuqori hamda dorivor o‘simliklar tabiiy ravishda keng tarqalgan sharoitda Toshkent iqtisodiy rayonida «Bo‘stonliq-farm», «Parkent-farm» erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish asoslangan.
tuproq-iqlim sharoiti va meliorativ holati murakkab Mirzacho‘l iqtisodiy rayonida suvni kam talab qiluvchi paxta tozalash, ip yigiruv, tikuv-trikotaj, yog‘-moy sanoatini rivojlantirish asoslangan;
turistik salohiyati yuqori, transport-tranzit va ijtimoiy infratuzilmasi rivojlangan Zarafshon iqtisodiy rayonida elektronika, elektrotexnika va oziq-ovqat tarmoqlarini hamda xizmat ko‘rsatish sohasida kasanachilikni rivojlantirish asoslangan;
tabiiy resurslar, xususan mineral xom ashyo va yoqilg‘i foydali qazilmalarning katta zahiralariga ega Janubiy iqtisodiy rayonda uglevodorod xom ashyosini va kaliy tuzlarini qazib olish va kompleks qayta ishlashni kengaytirish, yoqilg‘i-energetika-kimyo kompleksini yanada rivojlantirish orqali mahalliy aholining mehnatda qo‘nimsizligini va sanoatning hududiy tafovutlarini kamaytirish asoslangan;
aholisi zich, malakali mehnat resurslari etarli, rurbanizatsiyalashgan Farg‘ona iqtisodiy rayonida sanoatning meva-konserva, to‘qimachilik, avtomobilsozlik, asbobsozlik va mikrobiologiya tarmoqlarini rivojlantirish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekiston sanoati rivojlanishining hududiy xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ekologik va fitomeliorativ tadbirlar jadal olib borilayotgan, salohiyatli uglevodorod xom ashyosi zahiralariga ega Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonida tabiiy gazni qazib olish va qayta ishlash sanoatini yanada kengaytirish, unda “ekologik toza” yuqori texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha asoslangan takliflari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 sentyabrdagi PQ-2614-son “2016-2020 yillarda uglevodorod xom ashyosini chuqur qayta ishlash negizida eksportga yo‘naltirilgan tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorini bajarishda amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining 2018 yil 24 apreldagi 01/417-son ma’lumotnomasi). Natijada Qo‘ng‘irot, Chimboy, Mo‘ynoq tumanlarida tabiiy gazni texnologik jihatdan chuqur qayta ishlash va tarmoq tarkibini takomillashtirish, bu orqali aholi bandlik darajasini 2,1 foizga oshirish imkonini bergan;
sanoati rivojlangan va salohiyati yuqoriligi barobarida flora va o‘simliklar qoplamida turlarning xilma xilligi yuqori hamda dorivor o‘simliklar tabiiy ravishda keng tarqalgan sharoitda Toshkent iqtisodiy rayonida «Bo‘stonliq-farm», «Parkent-farm» erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish bo‘yicha asoslangan takliflari «2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Konsepsiyasi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining 2018 yil 10 noyabrdagi 01/213-son ma’lumotnomasi) va farmatsevtika sanoati tizimida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining investisiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari axborot-tahlil departamentining 2019 yil 7 yanvardagi 24/1-4268-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur iqtisodiy rayonga kiritilgan investisiyalar hajmi 8,3 foizga oshirish imkonini bergan;
tuproq-iqlim sharoiti va meliorativ holati murakkab Mirzacho‘l iqtisodiy rayonida suvni kam talab qiluvchi paxta tozalash, ip yigiruv, tikuv-trikotaj, yog‘-moy sanoatini rivojlantirish bo‘yicha asoslangan takliflari «2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Konsepsiyasi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining 2018 yil 10 noyabrdagi 01/213-son ma’lumotnomasi). Natijada agrosanoat majmuasi bilan aloqador mehnatni kam talab qiluvchi ishlab chiqarishni to‘g‘ri joylashtirish va kuchaytirish imkonini bergan;
turistik salohiyati yuqori, transport-tranzit va ijtimoiy infratuzilmasi rivojlangan Zarafshon iqtisodiy rayonida elektronika, elektrotexnika va oziq-ovqat tarmoqlarini hamda xizmat ko‘rsatish sohasida kasanachilikni rivojlantirish yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan «2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Konsepsiyasi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining 2018 yil 10 noyabrdagi 01/213-son ma’lumotnomasi). Natijada Zarafshon iqtisodiy rayoni korxonalarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyati o‘sishiga erishilgan;
tabiiy resurslar, xususan mineral xom ashyo va yoqilg‘i foydali qazilmalarning katta zahiralariga ega Janubiy iqtisodiy rayonda uglevodorod xom ashyosini va kaliy tuzlarini qazib olish va kompleks qayta ishlashni kengaytirish, yoqilg‘i-energetika-kimyo kompleksini yanada rivojlantirish orqali mahalliy aholining mehnatda qo‘nimsizligini va sanoatning hududiy tafovutlarini kamaytirish bo‘yicha asoslangan takliflari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan «2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Konsepsiyasi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining 2018 yil 10 noyabrdagi 01/213-son va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining investisiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, masalalari axborot-tahlil departamentining 2019 yil 7 yanvardagi 24/1-4268-son ma’lumotnomalari) Natijada Qashqadaryo viloyati yoqilg‘i va kimyo sanoatida kompleks rivojlanish ta’minlangan va aholining bandlik darajasini 0,9 foizga oshirish imkonini bergan.
aholisi zich, malakali mehnat resurslari etarli, rurbanizatsiyalashgan Farg‘ona iqtisodiy rayonida sanoatning meva-konserva, to‘qimachilik, avtomobilsozlik, asbobsozlik va mikrobiologiya tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha asoslanga takliflari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan «2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Konsepsiyasi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining 2018 yil 10 noyabrdagi 01/213-son ma’lumotnomasi). Natijada Farg‘ona iqtisodiy rayoni to‘qimachilik korxonalarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyati o‘sishiga erishilgan.