Xaydarova Dilnoza Baxromjonovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Folklor matnlarida zoonimlarning pragmatik xususiyatlari”, 10.00.01-O‘zbek tili (filologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4543.
Ilmiy rahbar: Burxanova Mashxura Muhammad qizi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qo‘qon davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.34.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Azimov Inomjon Mamasodiqovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Usmonov Farxod Faxriddinovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek folklor matnlarida qo‘llangan zoonimlarning leksik-semantik, milliy-madaniy va pragmatik xususiyatlarini yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
zoonimlar til tizimida oddiy hayvon nomlarigina emas, balki metaforik obrazlar, milliy madaniyat belgisi, nutqiy ifoda vositasi bo‘lib xizmat qiluvchi vosita ekanligi, ular orqali xalqning ruhiyati, tafakkuri, madaniyati va til strukturasi namoyon bo‘lishi, folklor matnlarida ifodalangan har bir hayvon nomi ma’lum bir insonga xos fe’l-atvor, axloqiy sifat yoki ijtimoiy vaziyatning ramzi ekanligi asoslangan;
zoonim komponentli birliklarning universal va lokal xususiyatlari, ularning obraz yaratish, axloqiy g‘oya berish, estetik ta’sir uyg‘otish kabi vazifalari, leksik-semantik guruhlari: nominativ zoonimlar, metaforik zoonimlar, frazeologik zoonimlarning ifoda imkoniyatlari, ularning antropomorfik va zoomorfik konseptlar bilan bog‘liqligi, denotativ va konnotativ ma’nolari, emotsional-ekspressiv jihatlari aniqlangan;
o‘zbek folklor matnlarida qo‘llangan zoonimlar: yovvoyi hayvonlarni ifodalovchi zoonimlar, uy hayvonlarini ifodalovchi zoonimlar, qushlarni ifodalovchi zoonimlar, sudralib yuruvchilarni ifodalovchi zoonimlar, hasharotlarni ifodalovchi zoonimlar, suv jonzotlarini ifodalovchi zoonimlar kabi mavzuiy guruhlarga bo‘linishi, ularning har biri o‘ziga xos eksplitsit va implitsit ma’no ifodalashi, semantik-pragmatik jihatdan tarixiy, madaniy-etnografik, psixolingvistik, genderologik xususiyatga ega ekanligi dalillangan;
folklor matnlarida ifodalangan zoonimlar kommunikativ jihatdan didaktik-intensiv (o‘git berish) funksiya, kulgili-kinoyaviy intensiya, ijobiy baholash (maqtov) intensiyasi, ogohlantirish (preventiv) intensiyasi, satirik-intensiv funksiya, milliy identitetni mustahkamlovchi intensiya kabi funksional jihatlarga ega bo‘lib, ular xalqning urf-odatlari, axloqiy qarashlari va e’tiqodlarini namoyon etuvchi milliy-madaniy kod ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Folklor matnlaridagi zoonimlarning pragmatik xususiyatlarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
zoonimlar til tizimida oddiy hayvon nomlarigina emas, balki metaforik obrazlar, milliy madaniyat belgisi, nutqiy ifoda vositasi bo‘lib xizmat qiluvchi vosita ekanligi, ular orqali xalqning ruhiyati, tafakkuri, madaniyati va til strukturasi namoyon bo‘lishi, folklor matnlarida ifodalangan har bir hayvon nomi ma’lum bir insonga xos fe’l-atvor, axloqiy sifat yoki ijtimoiy vaziyatning ramzi ekanligi haqidagi xulosa va tavsiyalaridan 2023–2024-yillarga mo‘ljallangan “2023-KA-171 Mobility Higher Education students (Erasmus+)” nomli grant doirasida samarali va keng foydalanilgan (Qo‘qon davlat universitetining 2025-yil 12-maydagi 148/04-son ma’lumotnomasi). Natijada grant loyihaning ilmiy-amaliy ahamiyati ortgan;
zootermin komponentli birliklarning universal va lokal xususiyatlari, ularning obraz yaratish, axloqiy g‘oya berish, estetik ta’sir uyg‘otish kabi vazifalari, leksik-semantik guruhlari: nominativ zoonimlar, metaforik zoonimlar, frazeologik zoonimlarning ifoda imkoniyatlari, ularning antropomorfik va zoomorfik konseptlar bilan bog‘liqligi, denotativ va konnotativ ma’nolari, emotsional-ekspressiv jihatlari haqidagi xulosalardan Qo‘qon davlat pedagogika institutida 2020-2022-yillarda bajarilgan S-ECAGD-18-CA-0067 (P020002335) raqamli “FY-18 English Access Microscholarship program” nomli Amerika Qo‘shma Shtatlari ta’lim va madaniy ishlar byurosi bilan hamkorlikdagi xalqaro loyiha doirasida foydalanilgan (Qo‘qon davlat universitetining 2025-yil 22-maydagi 190/04-son ma’lumotnomasi). Natijada keltirilgan dalillar, nazariy fikr-mulohazalardan, tadqiqotda folklor matnlaridagi zoonimlarning pragmatik xususiyatlari bilan bog‘liq ilmiy-nazariy xulosalar va qoidalar o‘zbek milliy madaniyati, ma’naviyati, xalq dunyoqarashi va urf-odatlarining lingvistik asoslarini o‘rganishda muhim ilmiy manba sifatida xizmat qildi;
folklor matnlarida ifodalangan zoonimlar kommunikativ jihatdan didaktik-intensiv (o‘git berish) funksiya, kulgili-kinoyaviy intensiya, ijobiy baholash (maqtov) intensiyasi, ogohlantirish (preventiv) intensiyasi, satirik-intensiv funksiya, milliy identitetni mustahkamlovchi intensiya kabi funksional jihatlarga ega bo‘lib, ular xalqning urf-odatlari, axloqiy qarashlari va e’tiqodlarini namoyon etuvchi milliy-madaniy kod ekanligi haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Millat va ma’naviyat”, “Adabiy jarayon” eshittirishlar muharririyati tomonidan tayyorlanib 2025-yil yanvar hamda iyul oylarida efirga uzatilgan sonlari ssenariysini tayyorlashda samarali foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 21-iyuldagi 05-09-1203-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur tadqiqot ishida keltirilgan taklif va xulosalar o‘zbek tili qonuniyatlari asosida televideniya va radioda ko‘rsatuv va eshittirishlar tayyorlanishi yuzasidan ma’lumotlarni boyishini ta’minlagan.