Ismailova Barno Yuldashbaevna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Metakognitiv yondashuv asosida ingliz tilidagi o‘quv materialini oliy ta’lim jarayonida samarali o‘zlashtirish texnologiyalari (nofilologik yo‘nalishlar)”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped10056.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Jumaniyazova Muhayyo Tojievna Pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.04.
Rasmiy opponentlar: Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Buranova Dilafruz Jamaldinovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guluston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nofilologik yo‘nalish talabalarining ingliz tilidagi o‘quv materiallarini metakognitiv yondashuv asosida o‘zlashtirishi samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi pedagogik texnologiyalarni asoslash va amaliyotga joriy qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz tilidagi o‘quv materialini samarali o‘zlashtirishning psixologik-lingvodidaktik xususiyatlari metakognitiv strategiyalarni talabaning motivatsion holati va metakognitiv faollik darajasiga ko‘ra tanlashga asoslanib, o‘quv materialini uning til kompetensiyasi darajasiga moslashtirish hamda o‘zlashtirish natijasini refleksiv baholash orqali aniqlashtirilgan;
ingliz tilidagi o‘quv materialini samarali o‘zlashtirishning metakognitiv ketma-ketlik modeli rejalashtirishdan jarayonli monitoring va refleksiv baholashga bosqichli o‘tishga tayangan holda, mustaqil ta’limdagi til-tafakkur integratsiyasi orqali talabaning tanqidiy fikrlashga yo‘naltirilgan metakognitiv boshqaruvini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
metakognitiv yondashuv asosida ingliz tilidagi o‘quv materialini samarali o‘zlashtirish texnologiyalari o‘quv maqsadlarini SQ3R–PQRST–SBL usullariga muvofiq rejalashtirishga asoslanib, individual monitoring natijalariga ko‘ra refleksiya jurnalini kinestetik–audiolingval–refleksiv ta’lim strategiyalari bilan uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
metakognitiv yondashuv asosida ingliz tilini o‘qitish samaradorligi o‘zini o‘zi monitoring qilish natijalarini refleksiv fikrlash orqali akademik avtonomiyaga yo‘naltirishga tayangan holda, kommunikativ-interaktiv texnologiyalarni faol muloqot muhitiga moslashtirish asosida oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Metokognitiv yondashuv asosida ingliz tilidagi o‘quv materialini oliy ta’lim jarayonida samarali o‘zlashtirish texnologiyalarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
ingliz tilidagi o‘quv materialini samarali o‘zlashtirishning psixologik-lingvodidaktik xususiyatlari metakognitiv strategiyalarni talabaning motivatsion holati va metakognitiv faollik darajasiga ko‘ra tanlashga asoslanib, o‘quv materialini uning til kompetensiyasi darajasiga moslashtirish hamda o‘zlashtirish natijasini refleksiv baholash orqali aniqlashtirilishiga oid tavsiyalar “English throught chemstry” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (Urganch davlat universitetining 2025-yil 30-iyundagi 254-sonli buyrug‘i №178). Natijada ingliz tilini o‘qitishda metodik taminoti boyitilgan;
ingliz tilidagi o‘quv materialini samarali o‘zlashtirishning metakognitiv ketma-ketlik modeli rejalashtirishdan jarayonli monitoring va refleksiv baholashga bosqichli o‘tishga tayangan holda, mustaqil ta’limdagi til-tafakkur integratsiyasi orqali talabaning tanqidiy fikrlashga yo‘naltirilgan metakognitiv boshqaruvini ta’minlash asosida takomillashtirilishiga oid tavsiya va takliflardan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Urganch filialida ERASMUSning 2024-2025-yillar davomida bajarilgan “ERASMUS–EDU2023-CBH-101127171-raqamli QUARTZ (Quality Assurance for Reform and Transformation of HEIs in Uzbekiston) mavzusidagi amaliy loyihasi doirasida keng foydalanilgan (Muhammad al-xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali 2024-yil 23- apreldagi 137-sonli buyrug‘i). Natijada ta’lim sifatini baholash bo‘yicha yangi metodik vositalar ishlab chiqildi va ichki baholash mexanizmlarini takomillashtirildi.
metakognitiv yondashuv asosida ingliz tilidagi o‘quv materialini samarali o‘zlashtirish texnologiyalari o‘quv maqsadlarini SQ3R–PQRST–SBL usullariga muvofiq rejalashtirishga asoslanib, individual monitoring natijalariga ko‘ra refleksiya jurnalini kinestetik–audiolingval–refleksiv ta’lim strategiyalari bilan uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar asosida “Ingliz tilini o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 1-maydagi № 8551-1569-5b51-b75d-2c16-7366-8575 –sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning ingliz tilidagi o‘quv materialini metakognitiv strategiyalar asosida rejalashtirish, o‘qish jarayonini monitoring qilish va o‘zlashtirish samaradorligini baholash ko‘nikmalari takomillashtirildi.
metakognitiv yondashuv asosida ingliz tilini o‘qitish samaradorligi o‘zini o‘zi monitoring qilish natijalarini refleksiv fikrlash orqali akademik avtonomiyaga yo‘naltirishga tayangan holda, kommunikativ-interaktiv texnologiyalarni faol muloqot muhitiga moslashtirish asosida oshirilishiga oid tavsiyalar “Theory and practice of translation” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 09-iyuldagi 258-sonli buyrug‘i №779828). Natijada, talabalarda refleksiv fikrlash, o‘z-o‘zini monitoring qilish va akademik avtonomiya kompetensiyalari rivojlanib, ingliz tilini o‘qitish jarayonining kommunikativ samaradorligi hamda ta’lim natijalari oshirildi.