Juraeva Zulayxo Islomovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Texnologiya darslarida transformatsiyalash tizimi orqali o‘quvchilarning loyihalash kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Ped11384.
Ilmiy rahbar Kiyamov Nishon Sadikovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi PhD.01/2025.27.12.Ped.10.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Muslimov Sherzod Narzulla o‘g‘li, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Kamolov Iftixor Baxtiyorovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
P. Tadqiqotning maqsadi texnologiya fani servis xizmati yo‘nalishi darslarida transformatsiyalash tizimi orqali o‘quvchilarning loyihalash kompetensiyalarini rivojlantirish borasida tavsiyalar ishlab chiqish.
Sh. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
8-9-sinf texnologiya fani servis xizmati yo‘nalishi darslarida o‘quvchilarning loyihalash kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari servisga oid real muammolarni loyihaviy vazifalarga transformatsiyalash, muqobil texnologik g‘oyalarni generatsiyalash, ularni modellashtirish va prototiplash, natijalarni mezonli baholash hamda refleksiv-korreksion qayta loyihalashning integrativ-dinamik mexanizmlari asosida aniqlashtirilgan;
8-9-sinf texnologiya fani servis xizmati yo‘nalishi darslarida transformatsiyalash tizimi orqali o‘quvchilarning loyihalash kompetensiyalarini rivojlantirish modeli servis muammosini loyihaviy vazifaga, kreativ g‘oyani texnologik model va prototipga, sinov natijasini esa refleksiv-korreksion qayta loyihalashga transformatsiyalashning uzviy sikli asosida takomillashtirilgan;
8-9-sinf texnologiya fani servis xizmati yo‘nalishi darslarida transformatsiyalash tizimi orqali o‘quvchilarning loyihalash kompetensiyalarini rivojlantirish mexanizmi “Loyiha”, “Assotsiativ loyihalash”, “Buddying” (Atele) metodlarini qo‘llab transformatsiyalashga oid ijodiy loyihalarni ishlab chiqish hamda mobil ilova va elektron ta’lim vositalaridan foydalanishga yo‘naltirilgan yondashuv asosida takomillashtirilgan;
8-9-sinf texnologiya fani servis xizmati yo‘nalishi darslarida “Gemini CAD” dasturidan foydalanish asosida o‘quvchilarning loyihalash kompetensiyalarini baholovchi diagnostik mezonlar va ko‘rsatkichlar ishlab chiqilgan hamda transformatsiyalash tizimining samaradorligi tajriba-sinov ishlari natijalari bilan dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 8-9-sinf texnologiya fani servis xizmati yo‘nalishi darslarida transformatsiyalash tizimi orqali o‘quvchilarning loyihalash kompetensiyalarini rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy-metodologik va amaliy takliflar asosida:
8-9-sinf texnologiya fani servis xizmati yo‘nalishi darslarida o‘quvchilarning loyihalash kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari servisga oid real muammolarni loyihaviy vazifalarga transformatsiyalash, muqobil texnologik g‘oyalarni generatsiyalash, ularni modellashtirish va prototiplash, natijalarni mezonli baholash hamda refleksiv-korreksion qayta loyihalashning integrativ-dinamik mexanizmlari asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalardan “Mahsulot tayyorlash texnologiyasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan. (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-noyabrdagi 491-son buyrug‘i, 491561-raqamli guvohnoma hamda “SamDU tahririy-nashriyot” tomonidan 2024-yilda nashr etilgan). Natijada, o‘quvchilarning loyihalash kompetensiyalarini innovatsion yondashuvlar asosida rivojlantirish hamda loyihalash faoliyatini raqamli muhitda tashkil etish imkoniyatlari kengaytirildi;
8-9-sinf texnologiya fani servis xizmati yo‘nalishi darslarida transformatsiyalash tizimi orqali o‘quvchilarning loyihalash kompetensiyalarini rivojlantirish modeli servis muammosini loyihaviy vazifaga, kreativ g‘oyani texnologik model va prototipga, sinov natijasini esa refleksiv-korreksion qayta loyihalashga transformatsiyalashning uzviy sikli asosida takomillashtirishga oid tavsiyalardan “Mahsulot tayyorlash texnologiyasi” darsligini tayyorlashda foydalanilgan. (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-noyabrdagi 491-son buyrug‘i, 491561 raqamli guvohnoma hamda “SamDU tahririy-nashriyot” tomonidan 2024-yil nashr etilgan). Natijada, o‘quvchilarning tikuv buyumlarini loyihalash jarayoniga oid bilim va ko‘nikmalarini o‘zaro bog‘liq holda rivojlantirish hamda ularni kasbiy faoliyat elementlari bilan tanishtirish imkoniyatlari kengaygan;
8-9-sinf texnologiya fani servis xizmati yo‘nalishi darslarida transformatsiyalash tizimi orqali o‘quvchilarning loyihalash kompetensiyalarini rivojlantirish mexanizmi “Loyiha”, “Assotsiativ loyihalash”, “Buddying” (Atele) metodlarini qo‘llab transformatsiyalashga oid ijodiy loyihalarni ishlab chiqish hamda mobil ilova va elektron ta’lim vositalaridan foydalanishga yo‘naltirilgan yondashuv asosida takomillashtirilganligi “Texnologiya fanidan loyihalash va texnologik kompetensiyalarni rivojlantirish” nomli mobil ilovada o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining DGU № 26703-sonli mualliflik guvohnomasi). Natijada, o‘quvchilarning loyihalash kompetensiyalarini rivojlantirishga oid o‘quv materiallari, videoqo‘llanmalar va test topshiriqlaridan yagona raqamli muhitda foydalanish imkoniyati yaratildi;
8-9-sinf texnologiya fani servis xizmati yo‘nalishi darslarida “Gemini CAD” dasturidan foydalanish asosida o‘quvchilarning loyihalash kompetensiyalarini baholovchi diagnostik mezonlar va ko‘rsatkichlar ishlab chiqilgan hamda transformatsiyalash tizimining samaradorligi tajriba-sinov ishlari natijalari bilan dalillanganligiga oid ilmiy natijalardan O‘zbekiston Milliy universitetida 2024–2025-yillarda bajarilgan AL-662204339-sonli “Maktab o‘quvchilaridagi iqtidorni va kasbiy qiziqishni onlayn aniqlashga qaratilgan psixodiagnostik dasturiy ta’minotni yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha (O‘zbekiston Milliy universitetining 2026-yil 9-iyuldagi 04/11-16093-sonli ma’lumotnomasi)ni amalga oshirishda foydalanilgan. Natijada, o‘quvchilarning kasbiy qiziqishini aniqlashga mo‘ljallangan psixodiagnostik dasturiy ta’minotning metodik mazmuni boyitildi hamda kasbiy qiziqishni aniqlashga oid diagnostik topshiriqlarni ishlab chiqish imkoniyatlari kengaydi.