Ramazanov Bahrom G‘afurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aminoal`degid oligo(poli)merlari olinishi, xossalari, texnologiyasi va ularning ko‘nchilik sanoatida qo‘llanilishi», 02.00.14–Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2. PhD/T646.
Ilmiy rahbar: Qodirov To‘lqin Jumaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti va Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.29.12.2018.T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Beknazarov Hasan Soyibnazarovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Lutfullaev Sa’dulla Shukurovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: to‘ldiruvchi sifatida ko‘nchilik sanoatida qo‘llash uchun xossalari yaxshilangan yangi aminoal`degid birikmalari asosidagi modifikatsiyalangan oligomerni olishning samarali texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy xomashyolar asosida modifikatsiyalangan yangi aminoal`degid oligomeri sintez qilingan;
sintez qilingan aminoal`degid oligomerlari tarkibi, molekulyar massasining komponentlar nisbati, reaksiya davomiyligi, harorat va reaksiya muhit (rN)ga bog‘liqligi aniqlangan;
aminoal`degidli oligomerlarni olish jarayoni, sintez qilingan oligomerlarning strukturasi tahlili va termik barqarorligi asoslangan;
aminoal`degid oligomerlari bilan charmlarni to‘ldirishda oligomerlarning charm ichki yuzasida struktura hosil qilishi va charm ekspluatatsion xossalarining yaxshilanishiga olib kelishi isbotlangan;
modifikatsiyalangan aminoal`degid oligomeri olishning texnologik asoslari yaratilib, charmni pardozlash jarayonida to‘ldirishning optimal texnologik parametrlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy xomashyolar asosida modifikatsiyalangan aminoal`degid oligomeri sintezi va u asosida pardozlashning to‘ldirish bosqichini o‘tkazishning optimal texnologik parametrlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
modifikatsiyalangan aminoal`degid oligomeri «Xrompik» xususiy korxonasida to‘ldiruvchi sifatida amaliyotga joriy qilingan («OʻZCHARMSANOAT» uyushmasining 2019 yil 26 martdagi FB-1/612-son ma’lumotnomasi). Natijada charm yarim mahsuloti tannarxining pasayishi hamda charm navining ortishiga erishish imkonini bergan;
mahalliy xomashyolardan modifikatsiyalangan aminoal`degid oligomerini olish hamda poyafzal ustki qismi uchun mo‘ljallangan yirik shoxli qoramol terilaridan olingan charmlarni to‘ldirish jarayoni «D.I.Abdumajidov» xususiy korxonasida amaliyotga joriy qilingan («OʻZCHARMSANOAT» uyushmasining 2019 yil 26 martdagi FB-1/612-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy xomashyolar asosida samarali to‘ldiruvchi olishning texnologik reglamentini tuzish imkonini bergan;
modifikatsiyalangan aminoal`degid oligomeri “OSIYO CHARM FAYZ” MChJda to‘ldiruvchi sifatida amaliyotga joriy qilingan («OʻZCHARMSANOAT» uyushmasining 2019 yil 26 martdagi FB-1/612-son ma’lumotnomasi). Natijada import o‘rnini bosuvchi to‘ldiruvchini olish va uning asosida charmlarni to‘ldirishning samarali texnologiyasini ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish