Sayfiddinova Jamila Ziyodulla qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Boshlang‘ich sinflar adabiy ta’limida o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga o‘rgatish metodikasi, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (filologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Ped12190.
Ilmiy rahbar Tuychieva Maxfuza Umarkulovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi PhD.01/2025.27.12.Ped.10.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Yusupov Konisbay Abilovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Isroilova Ruxshona Sunnatovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
P. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinflar adabiy ta’limida o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga o‘rgatish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Sh. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinflar adabiy ta’limida o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga o‘rgatishning tashkiliy-didaktik imkoniyatlari badiiy asar mazmunini muammoli-tahliliy o‘zlashtirish, sabab-oqibatli va mantiqiy bog‘lanishlarni aniqlash, obrazlararo munosabatlarni qiyosiy talqin qilish, syujet rivojini modellashtirish, dalillash va inferensial xulosa chiqarish faoliyatlari asosida aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinflar adabiy ta’limida o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga o‘rgatishning didaktik modeli muammoli vaziyat → tahliliy idrok → mantiqiy operatsiya → dalillash → xulosalash → refleksiya siklida badiiy matnning semantik, syujet-kompozision va obrazlar tizimiga xos didaktik imkoniyatlarni mantiqiy fikrlash operatsiyalari bilan integrativ-dinamik uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
“O‘qish savodxonligi” darslarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi adabiy matnning syujet-kompozision va mazmuniy qatlamlarini “Dialogik-dalillash” metodi orqali fikrni matn dalillari bilan asoslash, “Kollaborativ reasoning” metodi orqali rolli guruhiy muhokamada dalillarni taqqoslash va muqobil fikrlarni mantiqiy tekshirish, “Syujetli argument xaritasi” orqali sabab-voqea-harakat-oqibat-dalil-xulosa munosabatlarini vizuallashtirish asosida integratsiyalash orqali takomillashtirilgan;
adabiy ta’limda o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashga o‘rgatish metodikasi samaradorligi matnni tushunishdan muqobil echim taklif qilish va o‘z fikrlash natijasini refleksiv baholashgacha bo‘lgan tahliliy-taqqoslash, sabab-oqibatli anglash, inferensial fikrlash, argumentativ dalillash, umumlashtirish-xulosalash va refleksiv baholash mezonlarining integrativ-dinamik aloqadorligi asosida takomillashtirilib, ularning reproduktiv, analitik va ijodiy-refleksiv darajalarini belgilovchi mezon–indikator-diagnostik topshiriq tizimi aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinflar adabiy ta’limida o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
boshlang‘ich sinflar adabiy ta’limida o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga o‘rgatishning tashkiliy-didaktik imkoniyatlari badiiy asar mazmunini muammoli-tahliliy o‘zlashtirish, sabab-oqibatli va mantiqiy bog‘lanishlarni aniqlash, obrazlararo munosabatlarni qiyosiy talqin qilish, syujet rivojini modellashtirish, dalillash va inferensial xulosa chiqarish faoliyatlari asosida aniqlashga doir taklif va tavsiyalardan “Ona tili didaktikasi” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun tayyorlangan o‘quv adabiyotini ekspertizadan o‘tkazganlik natijasi bo‘yicha ma’lumotnomasi № 8202-696a-21ca-9beb-0e29-3926-3702). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining badiiy matn bilan ishlash malakalari va mustaqil, mantiqiy, ijodiy hamda tanqidiy tafakkur ko‘nikmalarini oshirish imkoni kengaytirilgan;
boshlang‘ich sinflar adabiy ta’limida o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga o‘rgatishning didaktik modeli muammoli vaziyat → tahliliy idrok → mantiqiy operatsiya → dalillash → xulosalash → refleksiya siklida badiiy matnning semantik, syujet-kompozision va obrazlar tizimiga xos didaktik imkoniyatlarni mantiqiy fikrlash operatsiyalari bilan integrativ-dinamik uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan “Boshlang‘ich sinflar adabiy ta’limida mantiqiy fikrlash metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-sonli buyrug‘iga asosan 244709 son nashr ruxsatnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘qish savodxonligi darslarini samarali hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida tashkil etish metodikasi rivojlangan;
“O‘qish savodxonligi” darslarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi adabiy matnning syujet-kompozision va mazmuniy qatlamlarini “Dialogik-dalillash” metodi orqali fikrni matn dalillari bilan asoslash, “Kollaborativ reasoning” metodi orqali rolli guruhiy muhokamada dalillarni taqqoslash va muqobil fikrlarni mantiqiy tekshirish, “Syujetli argument xaritasi” orqali sabab-voqea-harakat-oqibat-dalil-xulosa munosabatlarini vizuallashtirish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlari ssenariysini yozishda foydalanilgan (“O‘zbekiston” teleradiokanali DUKning 2025-yil 5-maydagi 26-36-982-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida badiiy matnni tushunish asosida mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan amaliy mashg‘ulot ishlanmalarining ommalashishiga erishilgan.
adabiy ta’limda o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashga o‘rgatish metodikasi samaradorligi matnni tushunishdan muqobil echim taklif qilish va o‘z fikrlash natijasini refleksiv baholashgacha bo‘lgan tahliliy-taqqoslash, sabab-oqibatli anglash, inferensial fikrlash, argumentativ dalillash, umumlashtirish-xulosalash va refleksiv baholash mezonlarining integrativ-dinamik aloqadorligi asosida takomillashtirilib, ularning reproduktiv, analitik va ijodiy-refleksiv darajalarini belgilovchi mezon-indikator-diagnostik topshiriq tizimini aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalardan “Boshlang‘ich sinflar adabiy ta’limida mantiqiy fikrlash metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazining 2025-yil 24-iyuldagi 01-02/80393-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning kognitiv va raqamli (digital) kompetensiyalar shakllanishiga erishildi.