Smetova Jumabike Hamidullaevna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Tarbiya fanlarini o‘qitishda talabalarning mustaqil ta’lim faoliyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped10971.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Dilnoza Narzullaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi PhD.01/2025.27.12.Ped.10.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Narzikulova Dilnoza Xoshimjonovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Raxmonov Azizxon Bositxonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
P. Tadqiqotning maqsadi Tarbiya fanlarini o‘qitishda talabalarning mustaqil ta’lim faoliyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Sh. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Tarbiya fanlaridan talabalarda mustaqil ta’lim faoliyatini rivojlantirishning metodik imkoniyatlari metakognitiv strategiyalar hamda refleksiv pedagogika integrativligida blended learning, flipped learning va microlearning texnologiyalarini qo‘llash asosida aniqlashtirilgan;
Tarbiya fanlaridan talabalarda mustaqil ta’lim faoliyatini rivojlantirish modeli talabalarning ijtimoiy va kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadida hamkorlikda o‘qish, o‘zaro o‘rganish hamda bilim, tajriba va amaliyot almashishga yo‘naltirilgan yondashuvlarni uyg‘unlashtirish orqali o‘quv jarayonining sotsiokonstruktiv xususiyatini kuchaytirish asosida takomillashtirilgan;
Tarbiya fanlaridan talabalarda mustaqil ta’lim faoliyatini rivojlantirishning mexanizmi maqsad qo‘yish– rejalashtirish– monitoring– refleksiya– o‘z-o‘zini baholash ko‘nikmalari tizimlashtirilib, talabaning o‘quv avtonomiyasi va akademik mustaqilligini rivojlantirishdagi ro‘liga ustivorlik berish asosida takomillashtirilgan;
Tarbiya fanlaridan talabalarda mustaqil ta’lim faoliyatini rivojlantirish mexanizmining samaradorligi reproduktiv darajadan produktiv va kreativ darajaga transformatsiyalashga xizmat qiluvchi ko‘p bosqichli motivatsion–kognitiv faoliyat–refleksiv–diagnostik tizim sifatida eksperimental-statistik usullar asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning Tarbiya fanlarini o‘qitishda talabalarning mustaqil ta’lim faoliyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy natijalari asosida:
tarbiya fanlaridan talabalarda mustaqil ta’lim faoliyatini rivojlantirishning metodik imkoniyatlari tarbiyaviy mazmunni muammoli-vaziyatli, dialogik, loyihaviy va refleksiv faoliyatga didaktik transformatsiyalash, interfaol texnologiyalarni mustaqil ta’limning motivatsion, kognitiv, faoliyatli va refleksiv komponentlari bilan funksional uyg‘unlashtirish hamda “muammoli vaziyat–mustaqil izlanish–interfaol hamkorlik–pedagogik qaror–refleksiv baholash” zanjiri asosida talabaning ta’lim subektligini faollashtirishga yo‘naltirish asosida aniqlashtirishga doir takliflardan “Milliy tarbiya” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025 yil 4 iyundagi 02/01-01-200-son ma’lumotnomasi). Natijada, mustaqil ta’lim faoliyatida talabalarning intellektual salohiyatni oshirish, o‘z-o‘zini namoyon etish, ishchanlik, onglilik, o‘z-o‘zini baholash, idrok etish va boshqa individual sifatlarini rivojlantirish imkoniyati oshirilgan;
tarbiya fanlaridan talabalarda mustaqil ta’lim faoliyatini rivojlantirish modeli o‘quv jarayonining sotsiokonstruktiv xususiyatini talabaning individual mustaqil bilish faoliyati bilan ijtimoiy-interaktiv bilim konstruksiyasini yagona pedagogik siklga birlashtirish asosida subektlik pozisiyasi, ta’limiy avtonomiyasi va refleksiv faolligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan komponentlarning o‘zaro funksional aloqadorligida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar “Milliy tarbiya” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025 yil 4 iyundagi 02/01-01-200-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning mustaqil ta’lim sharoitida axborot savodxonlik darajasini rivojlantirish imkoniyati oshirilgan.
talabaning ta’limiy ehtiyojlarini anglash va maqsadlashtirish, individual ta’lim traektoriyasini tanlash va loyihalash, ta’lim resurslari hamda usullarini mustaqil tanlash, o‘quv faoliyatini rejalashtirish va o‘z-o‘zini boshqarish, mustaqil pedagogik qarorlar qabul qilish, natijalarni o‘z-o‘zini va o‘zaro baholash hamda refleksiv korreksiyalash jarayonlarining funksional-dinamik integratsiyasi asosida takomillashtirishga oid takliflar “Pedagogik mahorat” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025 yil 4 iyundagi 02/01-01-200-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning mustaqil ta’limini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik faoliyatini hamda mustaqil ta’lim topshiriqlaridan foydalanishning didaktik talablarini amalga oshirishga erishilgan;
Tarbiya fanlaridan talabalarda mustaqil ta’lim faoliyatini rivojlantirish mexanizmining samaradorligi reproduktiv darajadan produktiv va kreativ darajaga transformatsiyalashga xizmat qiluvchi ko‘p bosqichli motivatsion–kognitiv–faoliyat–refleksiv–diagnostik tizim sifatida eksperimental-statistik usullar asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Milliy tarbiya” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025 yil 4 iyundagi 02/01-01-200-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarni mustaqil ta’lim faoliyaitga samarali tayyorlash va ularning Tarbiya fanlaridan bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga erishilgan.