O‘ktamov Davronjon Odiljon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak muhandislarni tayyorlashda raqamli texnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02–“Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (texnika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6305.
Ilmiy rahbar: Axmedov Juraboy Raxmonberdievich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax politexnika instituti, PhD.03/30.06.2020.T.115.01.
Rasmiy opponentlar: Himmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mattiev Ilhom Begmatdulobovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda raqamli texnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak elektr muhandislarining avtomatlashtirishga doir kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari diagnostik va innovatsion mazmundagi kasbga yo‘naltirilgan muhandislik masalalarini echish, elektr mashinalarining ish rejimlarini raqamli modellashtirish, boshqarish va tahlil qilishga mo‘ljallangan dasturiy vositalardan foydalanishni o‘quv jarayoniga integratsiyalash asosida aniqlashtirilgan;
Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (elektr mashinasozligi) ta’lim yo‘nalishidagi talabalarning mutaxassislikka oid fanlarni raqamli ta’lim vositalar orqali o‘qitishda ularning umumiy tuzilmasi (ma’ruza mashg‘ulot, amaliy mashg‘ulot, laboratoriya mashg‘ulot) va o‘ziga xos xususiyatlari (testlar, video lavhalar, 3D animatsiyalar, lug‘atlar) takomillashtirilgan;
talabalarning kasbiy faoliyatga oid kompetensiya sifatlarini oshirishga qaratilgan yondashuvlar va mutaxassislikka oid kreativligini rivojlantirishda raqamli ta’lim vositalarining didaktik, o‘quv metodik, vizuallik, diagnostik, intellektual imkoniyatlari bilan innovatsion o‘qitish metodlaridan foydalanish orqali elektr muhandislik kompetensiyalarini rivojlantirish modeli takomillashtirilgan;
talabalarning kreativligini rivojlantiruvchi, kasbiy faoliyatga tayyorlovchi infratuzilmasini shakllantirishda raqamli ta’lim vositalarni ta’lim jarayonida amaliy tatbiq etishga oid motivatsion, kamunikativlik, intelektuallik va axborotlilikka asoslangan modelining samaradorligini, tajriba-sinov jarayonlarida matematik-statistik qayta ishlash orqali tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarni kasbiy faoliyatiga oid kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan metodika, taklif va tavsiyalar hamda ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak elektr muhandislarining avtomatlashtirishga doir kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari diagnostik va innovatsion mazmundagi kasbga yo‘naltirilgan muhandislik masalalarini echish, elektr mashinalarining ish rejimlarini raqamli modellashtirish, boshqarish va tahlil qilishga mo‘ljallangan dasturiy vositalardan foydalanishni o‘quv jarayoniga integratsiyalash asosida aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalardan Jizzax politexnika instituti ilmiy tadqiqot rejasining OT-F1-049 raqamli “Talabalarga assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” mavzusidagi amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Jizzax politexnika institutining 15 yanvar 2025 yildagi 03-74-74 sonli ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan bo‘lajak mutaxassislarining kasbiy kompetentligini takomillashtirishga erishilgan.
Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (elektr mashinasozligi) ta’lim yo‘nalishidagi talabalarning mutaxassislikka oid fanlarni raqamli ta’lim vositalar orqali o‘qitishda ularning umumiy tuzilmasi (ma’ruza mashg‘ulot, amaliy mashg‘ulot, laboratoriya mashg‘ulot) va o‘ziga xos xususiyatlari (testlar, video lavhalar, 3D animatsiyalar, lug‘atlar) takomillashtirishga oid takliflar “AIF 1/4 – Kasb-hunarga yo‘naltirilgan markaz va elektronika bo‘yicha qo‘shma o‘quv laboratoriya yaratish” mavzusidagi xalqaro amaliy tadqiqot loyihasi doirasida bajarilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 17-fevral 2025 yildagi 02/01-01-61-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarni mutaxassislikka tayyorlashda vizual-animatsion videodarslar orqali “Elektr mashinalari” fanini o‘qitish samaradorligini oshirishga erishilgan;
talabalarning kasbiy faoliyatga oid kompetensiya sifatlarini oshirishga qaratilgan yondashuvlar va mutaxassislikka oid kreativligini rivojlantirishda raqamli ta’lim vositalarining didaktik, o‘quv metodik, vizuallik, diagnostik, intellektual imkoniyatlari bilan innovatsion o‘qitish metodlaridan foydalanish orqali elektr muhandislik kompetensiyalarini rivojlantirish modeli takomillashtirishga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi tashkilotlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 17-aprel 2026 yildagi 02/01-01-268-sonli ma’lumotnomasi). Natijada texnika oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish jarayonining o‘quv-metodik ta’minotini takomillashtirish orqali talabalarni kasbiy faoliyatga tizimli tayyorlashga xizmat qilgan.