Ochilov Nodirbek Sayfulloevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi,ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): “Badiiy tarjimada muallif uslubini qayta yaratish muammolari (Oskar Uayld asarlari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan: B2017.1.PhD/Fil170.
Ilmiy rahbar: Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich, filologiya fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.08.08.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raeva Malohat Muxammadovna, filo1ogiya fanlari doktori (DSc), professor; Davlatova Muxayyo Hasanovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Oskar Uayld asarlari misolida ingliz adabiyotidan o‘zbekchaga badiiy tarjimalarda muallif uslubini qayta yaratish muammolarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Oskar Uayld asarlarida voqea-hodisalarni uslubiy vositalardan foydalangan holda ta’sirchan, emotsional, bo‘yoqdor bayon etib, asarlarining shakliy tashqi go‘zalligiga alohida e’tibor qaratgani aniqlangan va mazkur jarayonda muallif ijod uslubida tabiatni, personajlar go‘zalligi yoki xunukligini tasvirlashda o‘xshatishlar, epitetlar, metaforik epitetlar, metaforalar va uslubiy konvergensiyalarning ustuvorligi asoslangan;
     “Dorian Grey surati” romanidagi ayrim ingliz tiligagina xos bo‘lgan uslubiy vositalarning badiiy matndagi vazifasi ham o‘zbek tiliga xos bo‘lgan vositalar orqali qayta yaratilganligi, dinamik (yoki funksional) ekvivalentlikni ta’minlaganligi va har bir badiiy prozaik asarning muhim komponenti hisoblangan stilistik konvergensiyalar orqali romanning o‘zbekcha tarjimasida ham o‘z ifodasini topganligi aniqlangan;
     “Dorian Grey surati” romani va ertaklari uslubini qiyoslaganda, roman katta yoshdagi kishilarga mo‘ljallangani tufayli murakkab gaplar, falsafiy mushohadalar ustivorligida, ertaklar esa bolalarga tushunarli til va uslubda namoyon bo‘lganligi va mazkur omillar o‘zbek tarjimalarida ham mutanosib ifodasini toplanligi dalillangan;
Oskar Uayld asarlarining o‘zbekcha tarjimalarida uchraydigan ayrim ma’no o‘zgarishlari va uslubiy siljishlar asliyat muallifi – asliyat – tarjima – kitobxon munosabatlari orqali ochib berish va tarjimada qayta yaratish jarayonining bayon etish vositalarini saqlash, muallif va mutarjim ovozining yaxlitligi, umuminsoniy jihatlarning ustuvorligi kabi tamoyillar asosida kechishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oskar Uayld asarlari misolida ingliz adabiyotidan o‘zbekchaga badiiy tarjimalarda muallif uslubini qayta yaratish muammolarini aniqlash bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalar asosida:
Oskar Uayld asarlarida voqea-hodisalarni uslubiy vositalardan foydalangan holda ta’sirchan, emotsional, bo‘yoqdor bayon etib, asarlarining shakliy tashqi go‘zalligiga alohida e’tibor qaratgani aniqlangan va mazkur jarayonda muallif ijod uslubida tabiatni, personajlar go‘zalligi yoki xunukligini tasvirlashda o‘xshatishlar, epitetlar, metaforik epitetlar, metaforalar va uslubiy konvergensiyalarning ustivorligiga oid nazariy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyot universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan PF-201912258 “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) electron platformsini yaratish” mavzusidagi amaliy ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyot universitetining 2024-yil 11-maydagi №04/1-1250-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy tarjimada so‘zlarning ma’nosi ma’lum kontekst doirasida o‘zgarishi mumkinligi va tarjimonning bunga e’tibor qaratishi muhimligi haqidagi xulosalardan loyihada o‘zbek adiblarining asarlarini tarjima qilish jarayonida foydalanilgan;
“Dorian Grey surati” romanidagi ayrim ingliz tiligagina xos bo‘lgan uslubiy vositalarning badiiy matndagi vazifasi ham o‘zbek tiliga xos bo‘lgan vositalar orqali qayta yaratilganligi dinamik (yoki funksional) ekvivalentlikni ta’minlaganligi va har bir badiiy prozaik asarning muhim komponenti hisoblangan stilistik konvergensiyalar orqali romaning o‘zbekcha tarjimasida ham o‘z ifodasini topganligiga oid ilmiy xulosalardan Buxoro davlat universitetida 2014–2015-yillarda bajarilgan AQShning SUZ800-14-GR064 raqamli “Ingliz va Amerika adabiyotidan o‘zbek tiliga she’riy tarjima va qiyosiy she’rshunoslik muammolari” (“The problems of poetic translation from American and English literature into Uzbek and comparative versification”) mavzusidagi fundamental ilmiy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2024-yil 27-iyuldagi №06-01-0303-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida she’riy va nasriy asarlar uslubidagi farqlar, ularni tarjima qilishning o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilganda ilmiy ish natijalaridan keng foydalanishga xizmat qilgan;
“Dorian Grey surati” romani va ertaklari uslubini qiyoslaganda, roman katta yoshdagi kishilarga mo‘ljallangani tufayli murakkab gaplar, falsafiy mushohadalar ustivorligida, ertaklar esa bolalarga tushunarli til va uslubda namoyon bo‘lganligi va mazkur omillar o‘zbek tarjimalarida ham mutanosib ifodasini toplanligi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida “Yoshlar siyosati amalda”, “Assalom Buxoro”, “Najot – bilimda” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 8-oktyabrdagi №01-09-144-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ko‘rsatuvlar orqali muxlislarning Oskar Uayldning asarlari va ularning tarjimalari haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabop, sermazmun, qiziqarli bo‘lishiga va boyitishga erishilgan

Yangiliklarga obuna bo‘lish