Mirzaeva Lobar Elmurotovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Geografiya ta’limida elektron axborot ta’lim resurslarni yaratish va ularni joriy qilish mexanizmlarini takomillashtirish (7-sinf Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi fani misolida”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (geografiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7858.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Dilnoza Narzullaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07 raqamli bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Rajabov Furqat Turakulovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Alimkulov Nusratilla Rahmonkulovich, geografiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablari geografiya ta’limida elektron axborot ta’lim resurslarni yaratish va joriy qilish mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
geografiya ta’limida elektron axborot ta’lim resurslarini yaratish va joriy etish mexanizmlarini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari texnolingvistik muhitda bilimlarni vizuallashtirish, geoaxborot bazalarni yagona plaformalarga funksional kibergensiyalash va semantik muvofiqlashtirish asosida aniqlangan;
geografiya fanidan elektron axborot ta’lim resurslarini yaratish modeli ichki mexanizmlarini funksional sinergesiyalash va intellektual salohiyatni kengaytirish algoritimlarini yangi vazifalarga mos ravishda o‘quv jarayonini qayta qurish asosida takomillashtirilgan;
geografiya fanidan elektron ta’lim sharoitida o‘quvchilarning samarali o‘quv faoliyati uchun ta’lim resurslarini yaratish mexanizimlari elektron resurslarda ma’lumot ayirboshlashning tezkorligi va subektlar hamkorligini texnologiyalarga hamohang uyg‘unlashtirish va bilimlarni adektiv traektoriyalarda yetkazish asosida takomillashtirilgan.
ta’lim resurslarini yaratish mexanizmlarining samaradorligi elektron resurslar orqali tezkor axborort olish, bilimlarni kognitiv ta’sirchanligini takrorlash vositasida mustahkamlash hamda hayotiy vaziyatlarda resurslarni individual qo‘llash asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning geografiya ta’limida elektron axborot ta’lim resurslarini yaratish va joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy natijalari asosida:
geografiya ta’limida elektron axborot ta’lim resurslarini yaratish va joriy etish mexanizmlarini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari texnolingvistik muhitda bilimlarni vizuallashtirish, geoaxborot bazalarni yagona plaformalarga funksional kibergensiyalash va semantik muvofiqlashtirish asosida aniqlashga oid takliflar “Pedagogika nazariyasi va tarixi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024 yil 29-apreldagi 89-03-559-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumta’lim maktablarida zamonaviy elektron axborot ta’lim muhitini yaratish va unda geografiya fanini o‘qitish mazmunini takomillashtirishga erishilgan.
geografiya fanidan elektron axborot ta’lim resurslarini yaratish modeli ichki mexanizmlarini funksional sinergesiyalash va intellektual salohiyatni kengaytirish algoritimlarini yangi vazifalarga mos ravishda o‘quv jarayonini qayta qurish asosida takomillashtiriga doir taklif va tavsiyalardan “O‘zbekiston Respublikasini ekologik vaziyati bo‘yicha rayonlashtirish metodologiyasi va moslashuvchan elektron dasturiy ta’minotini yaratish” nomli loyihadagi vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024 yil 29-apreldagi 89-03-559-son ma’lumotnomasi). Natijada, geografiya fanini o‘qitishning elektron metodik ta’minoti takomillashtirilgan.
geografiya fanidan elektron ta’lim sharoitida o‘quvchilarning samarali o‘quv faoliyati uchun ta’lim resurslarini yaratish mexanizimlari elektron resurslarda ma’lumot ayirboshlashning tezkorligi va subektlar hamkorligini texnologiyalarga hamohang uyg‘unlashtirish va bilimlarni adektiv traektoriyalarda yetkazish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar “Geoekologik madaniyat” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024 yil 29-apreldagi 89-03-559-son ma’lumotnomasi). Natijada, geografiya ta’limida elektron darsliklardan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan.
ta’lim resurslarini yaratish mexanizmlarining samaradorligi elektron resurslar orqali tezkor axborort olish, bilimlarni kognitiv ta’sirchanligini takrorlash vositasida mustahkamlash hamda hayotiy vaziyatlarda resurslarni individual qo‘llash asosida aniqlashtirishga oid takliflardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali ko‘rsatuvlarning ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2024 yil 04-martdagi 02-31-301-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumta’lim o‘quvchilarining elektron axborot ta’lim resurslaridan foydalanish ko‘nikma va malakalarining rivojlanishiga erishilgan.