Urozov Mustafoqul Qulturaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ayrim bir yillik o‘simliklar poyasidan sellyuloza olish texnologiyasini yaratish va ular asosida organik materiallar olish», 02.00.14–Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T562.
Ilmiy rahbar: Murodov Muzaffar Muradovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Termiz davlat universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti va Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.29.12.2018.T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Fayzullaev Normurod Ibodullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Sidikov Abdujalil Sidikovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kungaboqar, mahsar, banan o‘simliklarining poya qismlaridan va to‘qimachilik korxonalarining tolali chiqindilari asosida organik materiallarning yangi turlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahsar hamda kungaboqar o‘simligi poyasidan olingan sellyulozani sifat ko‘rsatkichlariga vaqt, harorat, konsentratsiya ta’siri o‘rganilib, optimal sharoit aniqlangan;
mahsar hamda kungaboqar o‘simligi poyasi asosida olingan polianionlisellyuloza makromolekulasi tarkibidagi gidroksil guruhlarni reaksion faolligiga ta’sir etuvchi omillar aniqlangan;
mahsar, kungaboqar o‘simligi poyasi, to‘qimachilik sanoati chiqindilari asosida yuqori molekulyar massaga va termik destruksiyaga chidamli bo‘lgan polianionli sellyulozani neft` quduqlarini burg‘ilashda barqarorlashtiruvchi sifatida foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan;
banan o‘simligi poyasidan sellyuloza olishda konsentratsiya, haroratni pasaytirib, vaqtni o‘zaytirish orqali farmatsevtika sohasi uchun zarur bo‘lgan sifatli sellyuloza “kletchatka” olish usuli ishlab chiqilgan;
sellyuloza va polianionlisellyuloza olish uchun «Aqua-cell-mono» nostandart jihoz takomillashtirilgan;
polianionli sellyulozani sintez qilish davrida sodir bo‘ladigan destruktiv jarayonlarni oldini olish maqsadida lignin stukturasidan ingibitor sifatida foydalanishni optimal sharoiti aniqlangan;
ilk bor mahsar, kungaboqar, to‘qimachilik sanoati chiqindilari asosida suyuq devor gul qog‘ozlari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy xomashyolar asosida kimyoviy qayta ishlashga yaroqli sellyuloza va organik moddalarning bir nechta markalarini olish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yuqori sifat ko‘rsatkichlarga ega sellyuloza, PAS, Na-KMS “O‘zneftmahsulot”AJga qarashli “Karbonam” MChJda amaliyotga joriy etilgan (“OʻZBEKNEFTGAZ” AJning 2019 yil 1 maydagi 04/12-1-84-son ma’lumotnomasi). Natijada sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan 10 tonnadan ortiq sellyuloza efiri PASni bir nechta markalarini olish imkonini bergan;
mahsar, kungaboqar, TKTChilari asosida suyuq devor gul qog‘ozlarini sanoat miqyosida katta miqdorda ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2019 yil 2 maydagi 3123/13-01-004-son va 2019 yil 2 maydagi 3122/13-04-004-son ma’lumotnomalari). Natijada qurilish sohasi uchun zarur bo‘lgan suyuq gul devor qog‘ozini ishlab chiqarish va polianionli sellyulozani qurilish hamda neft` quduqlarini burg‘ilashda barqarorlashtiruvchi sifatida foydalanish imkonini bergan;
mahalliy xomashyolardan yuqori molekulyar massaga ega bo‘lgan Na-KMS hamda PASning bir nechta markalari “Innovative chemical technologies” MChJ hamda “Uneversal art decor” MChJlarda amaliyotga joriy etilgan (2017 yil 10 maydagi 18-son ma’lumotnoma). Natijada yuqori molekulyar massaga ega bo‘lgan polianionli sellyulozaning bir nechta markalarini olish imkonini bergan;
mahsar o‘simligi tarkibidagi lignin moddasi ingibitor, burg‘ulash eritmalarini barqarorlashtiruvchi reagent sifatida “Innovative chemical technologies” MChJ hamda “Uneversal art decor” MChJda amaliyotga joriy etilgan (2018 yil 25 yanvardagi 2-son ma’lumotnoma). Natijada lignin moddasini burg‘ilashda, polianionli sellyuloza olish vaqtida ingibitor sifatida ishlatish imkonini bergan;
kungaboqar o‘simligi poyasidan ilk bor kimyoviy qayta ishlashga yaroqli bo‘lgan sellyuloza olindi va uning oddiy efiri PAS sintezi “Innovative chemical technologies” MChJning ishlab chiqarish bo‘limida amaliyotga joriy etilgan (2018 yil 18 iyuldagi 12-son ma’lumotnoma). Natijada respublikamizdagi sellyulozaga bo‘lgan extiyojni qondirish hamda sellyuloza xomashyo zaxiralarini boyitish imkonini bergan.