Mirxoshimov Mirbobir Botir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘tkir respirator infeksiyalar bilan kasallangan bolalarda tashxislash va davolash tadbirlarini takomillashtirish», 14.00.10 – Yuqumli kasalliklar, 14.00.30 - Epidemiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/Tib4899.
Ilmiy rahbarlar: Tuychiev Laziz Nadirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xudaykulova Gulnara Karimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.01.
Rasmiy opponentlar: Esaulenko Elena Vladimirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Yuldashev Qaxramon Xoldorovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: V.Yu.Axundov nomli Tibbiy profilaktika ilmiy-tekshirish instituti (Azerbayjon Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘tkir respirator infeksiyalar bilan kasallangan bolalarda tashxislash va davolash tadbirlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekistonda 2023-2026 yy. bolalar orasida o‘tkir respirator infeksiyasining etiologik tarkibida gripp A (26,4%), adenovirus (25,6%), bokavirus (15,6%) va respirator-sinsitial virus (14,1%) yetakchi o‘rinda ekanligi xamda respirator-sinsitial virus 1 yoshgacha (36,9%), adenovirus 1-3 yoshda (28,4%), gripp A esa maktab yoshida (32,6%) uchrashi aniqlangan;
ilk bor 3 yoshgacha bo‘lgan o‘tkir respirator infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarda pastki nafas yo‘llarini zararlanishi 53% ni tashkil etganligi aniqlangan;
ilk bor bolalarda o‘tkir respirator infeksiyasida yallig‘lanish markerlari (S-reaktiv oksil, prokal`sitonin, IL-6) va klinik-laborator ko‘rsatkichlar orasida ishonchli korrelyasion bog‘liqliklar aniqlanib, prokal`sitonin >0,25 ng/ml bakterial asoratlarni, IL-6 >20 pg/ml esa kasallikning og‘ir kechishini yuqori sezgirlik (82%) va o‘ziga xoslik (79%) bilan bashorat qilishi asoslangan;
ilk bor bolalarda o‘tkir respirator infeksiyasida antibiotiklarni asossiz qo‘llash 66,7% ni tashkil etishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2026 yil 18 sentyabrdagi 164-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan berilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha X164-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor O‘zbekistonda 2023-2026 yy. bolalar orasida o‘tkir respirator infeksiyasining etiologik tarkibida gripp A (26,4%), adenovirus (25,6%), bokavirus (15,6%) va respirator-sinsitial virus (14,1%) yetakchi o‘rinda ekanligi xamda respirator-sinsitial virus 1 yoshgacha (36,9%), adenovirus 1-3 yoshda (28,4%), gripp A esa maktab yoshida (32,6%) uchrashi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti Ilmiy kengashining 2025 yili 16 sentyabr №1n-r/9-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan «Bolalarda o‘tkir respirator infeksiyalarni tashxislash va epidemiologik nazoratni takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanomada aks ettirilgan. Mazkur takliflar 3-sonli shahar klinik yuqumli kasalliklar shifoxonasining 2026 yil 3 fevraldagi 86-son xamda 1-sonli shahar bolalar klinik shifoxonasining 2026 yildagi 9 martdagi 49-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 18 sentabrdagi X164-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bolalarda O‘RIni erta tashxislash, asoratlarni oldini olish va hayot sifatini yaxshilash imkonini berishi bilan izohlansa. Iqtisodiy samaradorligi: bir bemorga poliklinika darajasida 5195000 so‘m, statsionarda 1590000 so‘m iqtisod qilishga erishilganligi bilan asoslanadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor 3 yoshgacha bo‘lgan o‘tkir respirator infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarda pastki nafas yo‘llarini zararlanishi 53% ni tashkil etganligi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti Ilmiy kengashining 2025 yili 16 sentyabr №1n-r/9-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan «Bolalarda o‘tkir respirator infeksiyalarni tashxislash va epidemiologik nazoratni takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanomada aks ettirilgan. Mazkur takliflar 3-sonli shahar klinik yuqumli kasalliklar shifoxonasining 2026 yil 3 fevraldagi 86-son xamda 1-sonli shahar bolalar klinik shifoxonasining 2026 yildagi 9 martdagi 49-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 18 sentabrdagi X164-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: asoratlarni erta aniqlash va davolash taktikasini o‘z vaqtida belgilash. Iqtisodiy samaradorlik: davolanish muddatini qisqartirish, reabilitatsiya xarajatlarini tejash va tibbiy xarajatlarni kamaytirish imkoniyati bilan izohlanadi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor bolalarda o‘tkir respirator infeksiyasida yallig‘lanish markerlari (S-reaktiv oksil, prokal`sitonin, IL-6) va klinik-laborator ko‘rsatkichlar orasida ishonchli korrelyasion bog‘liqliklar aniqlanib, prokal`sitonin >0,25 ng/ml bakterial asoratlarni, IL-6 >20 pg/ml esa kasallikning og‘ir kechishini yuqori sezgirlik (82%) va o‘ziga xoslik (79%) bilan bashorat qilishi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti Ilmiy kengashining 2025 yili 16 sentyabr №1n-r/9-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan «Bolalarda o‘tkir respirator infeksiyalarni tashxislash va epidemiologik nazoratni takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanomada aks ettirilgan. Mazkur takliflar 3-sonli shahar klinik yuqumli kasalliklar shifoxonasining 2026 yil 3 fevraldagi 86-son xamda 1-sonli shahar bolalar klinik shifoxonasining 2026 yildagi 9 martdagi 49-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 18 sentabrdagi X164-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: virus-bakterial assotsiatsiyalarni erta aniqlash orqali davolash muddatini qisqartirish va asoratlarni kamaytirish. Iqtisodiy samaradorlik: asossiz antibiotik tayinlashni 50-60% ga kamaytirish va tibbiy xarajatlarni tejash imkoniyati bilan izohlanadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor bolalarda o‘tkir respirator infeksiyasida antibiotiklarni asossiz qo‘llash 66,7% ni tashkil etishi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti Ilmiy kengashining 2025 yili 16 sentyabr №1n-r/9-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan «Bolalarda o‘tkir respirator infeksiyalarni tashxislash va epidemiologik nazoratni takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanomada aks ettirilgan. Mazkur takliflar 3-sonli shahar klinik yuqumli kasalliklar shifoxonasining 2026 yil 3 fevraldagi 86-son xamda 1-sonli shahar bolalar klinik shifoxonasining 2026 yildagi 9 martdagi 49-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 18 sentabrdagi X164-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: bolalarning oilada davolanishi, kasalxona infeksiyalari xavfining kamayishi va ota-onalarning bolalar bilan birga bo‘lish imkoniyatining oshishi bilan izohlansa. Iqtisodiy samaradorlik asossiz yotqizishlarni kamaytirish, byudjet mablag‘larini tejash va kasalxona o‘rinlaridan og‘ir bemorlar uchun samarali foydalanish imkoniyati bilan asoslanadi.