Mirzaeva Barno Mirkamol qizining

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gemodializ bilan bog‘liq renokardial sindrom: o‘tkir va surunkali patofiziologiya», 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Tib1028.
Ilmiy rahbar: Daminov Botir Turg‘unpulatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2026.10.04.Tib.27.01.
Rasmiy opponentlar: Dadabaeva Ra’no Kudratovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Shodikulova Gulandom Zikriyaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aripxodjaeva Gulnoza Zaynitdinovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomli Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali buyrak kasalligi (SBK) 5D bosqichidagi bemorlarda dasturiy gemodializga yurakning o‘tkir va surunkali javob modelini ishlab chiqish hamda noxush oqibatlar xavfini kamaytirish algoritmini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
SBK 5D bosqichidagi bemorlarda tizimli yallig‘lanish (IL-6, TNF-α) va miokard fibrozi (I tip kollagenning C-terminal propeptidi) markerlarining o‘zaro bog‘liq holda faollashuvi isbotlangan;
SBK 5D bosqichidagi bemorlarda buyrak funksiyasi og‘irlashuvining tizimli yallig‘lanish va fibroz markerlari (IL-6, MMP-9, I tip kollagenning C-terminal propeptidi) darajasining oshishi hamda chap qorincha indekslangan hajmining kattalashuvi bilan namoyon bo‘ladigan miokard strukturaviy remodellanishi bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan;
SBK 5D bosqichidagi bemorlarda gemodializ seansi davomida QTc intervalining bosqichma-bosqich uzayishi, chap qorincha sistolik funksiyasining pasayishi va regional qisqaruvchanlik buzilishlari bilan namoyon bo‘ladigan miokard elektr va mexanik remodellanishi hamda elektr sistolasi uzayishi va mexanik dissinxroniya o‘rtasidagi patogenetik bog‘liqlik isbotlangan;
gemodializ jarayonida aylanib yuruvchi qon hajmining kamayishi yurak bo‘shliqlari (chap qorincha va chap bo‘lma) indekslangan hajmlarining pasayishi hamda miokard ishemiyasining elektrokardiografik (ST segmenti depressiyasi, QTc uzayishi) va exokardiografik (regional diskineziya) belgilari bir vaqtda paydo bo‘lishi bilan bog‘liqligi, ya’ni intradializ miokardial ishemiyaning shakllanish mexanizmi isbotlangan;
SBK 5D bosqichidagi bemorlarda noxush, jumladan letal oqibatlarning mustaqil prognostik omillari (qandli diabet, miokardning regional diskineziyasi, ST segmenti depressiyasi, qorincha elektr sistolasining uzayishi) aniqlangan va ularni kompleks baholash asosida yurak-qon tomir xavfini individual stratifikatsiya qilish asoslangan;
SBK 5D bosqichidagi bemorlarda standart davolashga empagliflozinni 6 oy davomida qo‘shish kardiorenal holatning yaxshilanishi, miokardning ijobiy teskari remodellanishi, tizimli yallig‘lanish va fibroz markerlari darajasining pasayishi bilan kechishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali buyrak kasalligi 5D bosqichidagi bemorlarda organizmning gemodializ seansiga o‘tkir va surunkali javob reaksiyasini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: SBK 5D bosqichidagi bemorlarda tizimli yallig‘lanish (IL-6, TNF-α) va miokard fibrozi (I tip kollagenning C-terminal propeptidi) markerlarining o‘zaro bog‘liq holda faollashuvi isbotlangan – olingan ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2026 yil 24 martdagi 57-son buyruq) va Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2026 yil 13 martdagi 89/1-son buyruq) amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash tizimidagi ilmiy-tadqiqotlar, startaplar va innovatsion faoliyatni muvofiqlashtiruvchi kengashning 2026 yil 6 oktyabrdagi dissertatsiya natijalarini sog‘liqni saqlash amaliyotiga tatbiq etilganligi bo‘yicha X 197-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: SBK 5D bosqichidagi bemorlarda yallig‘lanish-fibrotik buzilishlarni erta aniqlash miokardning strukturaviy-funksional remodellanishi avj olishining oldini olishga xizmat qiladi, takroriy gospitalizatsiyalar xavfini kamaytiradi va dasturiy gemodializ olayotgan bemorlarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: IL-6, TNF-α va fibroz markerlarini asosan yuqori kardiovaskulyar xavf guruhidagi bemorlarda aniqlashga asoslangan differensial yondashuv statsionar davolanish davomiyligini o‘rtacha 2 o‘rin-kunga qisqartiradi. Bir o‘rin-kunning hisobiy qiymati 450 000 so‘m bo‘lganda tejamkorlik bir bemor uchun 900 000 so‘mni tashkil etadi, laborator-instrumental tekshiruvlarni maqbullashtirish esa qo‘shimcha ravishda o‘rtacha 350 000 so‘m tejamkorlikni ta’minlaydi. Xulosa: SBK 5D bosqichidagi bemorlarda tizimli yallig‘lanish va fibroz markerlarini aniqlash miokard remodellanishi xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni erta ajratish imkonini beradi; umumiy iqtisodiy samaradorlik bir bemor uchun 1 250 000 so‘mni tashkil etadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: SBK 5D bosqichidagi bemorlarda buyrak funksiyasi og‘irlashuvining tizimli yallig‘lanish va fibroz markerlari (IL-6, MMP-9, I tip kollagenning C-terminal propeptidi) darajasining oshishi hamda chap qorincha indekslangan hajmining kattalashuvi bilan namoyon bo‘ladigan miokard strukturaviy remodellanishi bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan – olingan ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2026 yil 24 martdagi 57-son buyruq) va Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2026 yil 13 martdagi 89/1-son buyruq) amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash tizimidagi ilmiy-tadqiqotlar, startaplar va innovatsion faoliyatni muvofiqlashtiruvchi kengashning 2026 yil 6 oktyabrdagi dissertatsiya natijalarini sog‘liqni saqlash amaliyotiga tatbiq etilganligi bo‘yicha X 197-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: IL-6, MMP-9 va I tip kollagenning C-terminal propeptidini aniqlashni chap qorinchaning indekslangan hajmini exokardiografik baholash bilan birgalikda qo‘llash miokardning yallig‘lanish-fibrotik va strukturaviy zararlanishini erta aniqlash hamda davolash-diagnostika taktikasini o‘z vaqtida tuzatish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: miokard strukturaviy remodellanishini erta tashxislash va davolash taktikasini o‘z vaqtida tuzatish statsionar davolanish davomiyligini o‘rtacha 2 o‘rin-kunga qisqartiradi. Bir o‘rin-kunning hisobiy qiymati 450 000 so‘m bo‘lganda tejamkorlik bir bemor uchun 900 000 so‘mni tashkil etadi, laborator-instrumental tekshiruvlarni maqbullashtirish esa qo‘shimcha ravishda o‘rtacha 350 000 so‘m tejamkorlikni ta’minlaydi. Xulosa: buyrak disfunksiyasining tizimli yallig‘lanish, fibroz va miokard strukturaviy remodellanishi bilan o‘zaro bog‘liqligini kompleks baholash gemodializ bilan bog‘liq renokardial sindrom avj olishi xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash imkonini beradi; umumiy iqtisodiy samaradorlik bir bemor uchun 1 250 000 so‘mni tashkil etadi, 100 nafar bemorda qo‘llanilganda esa 125 000 000 so‘mga etadi;
uchinchi ilmiy yangilik: SBK 5D bosqichidagi bemorlarda gemodializ seansi davomida QTc intervalining bosqichma-bosqich uzayishi, chap qorincha sistolik funksiyasining pasayishi va regional qisqaruvchanlik buzilishlari bilan namoyon bo‘ladigan miokard elektr va mexanik remodellanishi hamda elektr sistolasi uzayishi va mexanik dissinxroniya o‘rtasidagi patogenetik bog‘liqlik isbotlangan – olingan ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2026 yil 24 martdagi 57-son buyruq) va Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2026 yil 13 martdagi 89/1-son buyruq) amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash tizimidagi ilmiy-tadqiqotlar, startaplar va innovatsion faoliyatni muvofiqlashtiruvchi kengashning 2026 yil 6 oktyabrdagi dissertatsiya natijalarini sog‘liqni saqlash amaliyotiga tatbiq etilganligi bo‘yicha X 197-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: dasturiy gemodializ jarayonida miokardning elektr va mexanik funksiyasini dinamik nazorat qilish joriy etiladi, intradializ va postdializ yurak-qon tomir asoratlari xavfi yuqori bo‘lgan bemorlar guruhi shakllantiriladi, natijada ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam sifati oshadi. Iqtisodiy samaradorligi: gemodializ jarayonida maqsadli dinamik EKG va ExoKG monitoringi orqali QTc uzayishi va regional qisqaruvchanlik buzilishlarini erta aniqlash statsionar davolanish davomiyligini o‘rtacha 2 o‘rin-kunga qisqartiradi. Bir o‘rin-kunning hisobiy qiymati 450 000 so‘m bo‘lganda tejamkorlik bir bemor uchun 900 000 so‘mni tashkil etadi, laborator-instrumental tekshiruvlarni maqbullashtirish esa qo‘shimcha ravishda o‘rtacha 350 000 so‘m tejamkorlikni ta’minlaydi. Xulosa: gemodializ jarayonida dinamik EKG va ExoKG monitoringi elektr beqarorlik va miokard qisqaruvchanligi buzilishlarini erta aniqlash imkonini beradi; umumiy iqtisodiy samaradorlik bir bemor uchun 1 250 000 so‘mni tashkil etadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: gemodializ jarayonida aylanib yuruvchi qon hajmining kamayishi yurak bo‘shliqlari (chap qorincha va chap bo‘lma) indekslangan hajmlarining pasayishi hamda miokard ishemiyasining elektrokardiografik (ST segmenti depressiyasi, QTc uzayishi) va exokardiografik (regional diskineziya) belgilari bir vaqtda paydo bo‘lishi bilan bog‘liqligi, ya’ni intradializ miokardial ishemiyaning shakllanish mexanizmi isbotlangan – olingan ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2026 yil 24 martdagi 57-son buyruq) va Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2026 yil 13 martdagi 89/1-son buyruq) amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash tizimidagi ilmiy-tadqiqotlar, startaplar va innovatsion faoliyatni muvofiqlashtiruvchi kengashning 2026 yil 6 oktyabrdagi dissertatsiya natijalarini sog‘liqni saqlash amaliyotiga tatbiq etilganligi bo‘yicha X 197-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: gemodializ jarayonida volemik holat, yurak bo‘shliqlari hajm ko‘rsatkichlari, arterial bosim va ishemiyaning elektrokardiografik belgilarini dinamik baholash joriy etiladi, bu ul`trafil`tratsiya parametrlarini o‘z vaqtida tuzatish hamda qo‘shimcha tekshiruv va statsionar davolanishni talab qiluvchi asoratlarning oldini olishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: intradializ asoratlar chastotasining kamayishi va gemodializ parametrlarini o‘z vaqtida tuzatish statsionar davolanish davomiyligini o‘rtacha 2 o‘rin-kunga qisqartiradi. Bir o‘rin-kunning hisobiy qiymati 450 000 so‘m bo‘lganda tejamkorlik bir bemor uchun 900 000 so‘mni tashkil etadi, laborator-instrumental tekshiruvlarni maqbullashtirish esa qo‘shimcha ravishda o‘rtacha 350 000 so‘m tejamkorlikni ta’minlaydi. Xulosa: gemodializ jarayonida volemik, gemodinamik, elektrokardiografik va exokardiografik ko‘rsatkichlarni dinamik nazorat qilish intradializ miokardial ishemiyaning oldini olishga xizmat qiladi; umumiy iqtisodiy samaradorlik bir bemor uchun 1 250 000 so‘mni tashkil etadi;
beshinchi ilmiy yangilik: SBK 5D bosqichidagi bemorlarda noxush, jumladan letal oqibatlarning mustaqil prognostik omillari (qandli diabet, miokardning regional diskineziyasi, ST segmenti depressiyasi, qorincha elektr sistolasining uzayishi) aniqlangan va ularni kompleks baholash asosida yurak-qon tomir xavfini individual stratifikatsiya qilish asoslangan – olingan ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2026 yil 24 martdagi 57-son buyruq) va Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2026 yil 13 martdagi 89/1-son buyruq) amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash tizimidagi ilmiy-tadqiqotlar, startaplar va innovatsion faoliyatni muvofiqlashtiruvchi kengashning 2026 yil 6 oktyabrdagi dissertatsiya natijalarini sog‘liqni saqlash amaliyotiga tatbiq etilganligi bo‘yicha X 197-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: mustaqil prognostik omillarni kompleks baholashni joriy etish noxush va letal yurak-qon tomir oqibatlari xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni o‘z vaqtida ajratish imkonini beradi, natijada dasturiy gemodializ olayotgan bemorlarga ko‘rsatiladigan ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam sifati va xavfsizligi oshadi. Iqtisodiy samaradorligi: kengaytirilgan laborator-instrumental monitoringni asosan yuqori xavfli bemorlarga yo‘naltirish hamda davolash taktikasini o‘z vaqtida tuzatish statsionar davolanish davomiyligini o‘rtacha 2 o‘rin-kunga qisqartiradi. Bir o‘rin-kunning hisobiy qiymati 450 000 so‘m bo‘lganda tejamkorlik bir bemor uchun 900 000 so‘mni tashkil etadi, laborator-instrumental tekshiruvlarni maqbullashtirish esa qo‘shimcha ravishda o‘rtacha 350 000 so‘m tejamkorlikni ta’minlaydi. Xulosa: mustaqil prognostik omillar asosida yurak-qon tomir xavfini individual stratifikatsiya qilish 6 oylik noxush oqibat ehtimoli yuqori bo‘lgan bemorlarda kuzatuv va davolash taktikasini personallashtirish imkonini beradi; umumiy iqtisodiy samaradorlik bir bemor uchun 1 250 000 so‘mni tashkil etadi;
oltinchi ilmiy yangilik: SBK 5D bosqichidagi bemorlarda standart davolashga empagliflozinni 6 oy davomida qo‘shish kardiorenal holatning yaxshilanishi, miokardning ijobiy teskari remodellanishi, tizimli yallig‘lanish va fibroz markerlari darajasining pasayishi bilan kechishi aniqlangan – olingan ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2026 yil 24 martdagi 57-son buyruq) va Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2026 yil 13 martdagi 89/1-son buyruq) amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash tizimidagi ilmiy-tadqiqotlar, startaplar va innovatsion faoliyatni muvofiqlashtiruvchi kengashning 2026 yil 6 oktyabrdagi dissertatsiya natijalarini sog‘liqni saqlash amaliyotiga tatbiq etilganligi bo‘yicha X 197-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: individual ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalarni hisobga olgan holda empagliflozinni kompleks davolashga kiritish gemodializ bilan bog‘liq renokardial sindrom avj olishini sekinlashtiradi va yurak-qon tomir asoratlari xavfini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: kardiorenal ko‘rsatkichlarning yaxshilanishi va asoratlar kamayishi hisobiga statsionar davolanish davomiyligi o‘rtacha 2 o‘rin-kunga qisqaradi. Bir o‘rin-kunning hisobiy qiymati 450 000 so‘m bo‘lganda tejamkorlik bir bemor uchun 900 000 so‘mni tashkil etadi, laborator-instrumental tekshiruvlarni maqbullashtirish esa qo‘shimcha ravishda o‘rtacha 350 000 so‘m tejamkorlikni ta’minlaydi. Xulosa: empagliflozinni SBK 5D bosqichidagi bemorlarni kompleks davolashga kiritish kardiorenal holatni yaxshilash va tizimli yallig‘lanish faolligini pasaytirish imkonini beradi; umumiy iqtisodiy samaradorlik bir bemor uchun 1 250 000 so‘mni tashkil etadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish