Madvaliev Bexzod Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qandli diabet fonida kechuvchi semizlikda jarroxlik usulida davolashni optimizatsiya qilish» 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2025.1.PhD/Tib5619.
Ilmiy rahbar: Abdullajanov Baxrom Rustamjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.02.01.
Rasmiy opponentlar: Kasimov Adxam Lutfullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xayitov Ilxom Baxodirovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bariatrik operativ aralashuvlarga differensial yondashuvni asoslash orqali semizlikni, shu jumladan ikkinchi tur qandli diabet fonidagi morbid semizlikni xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ikkinchi tur qandli diabet fonidagi morbid semizligi bo‘lgan bemorlarni xirurgik davolashning an’anaviy yondashuvlarida tashrixdan keyingi spesifik va umumiy asoratlarning tuzilishi, sabablari va sabab-oqibat bog‘liqliklari aniqlangan;
semizlikni, shu jumladan ikkinchi tur qandli diabet fonidagi morbid semizlikni xirurgik davolashda semizlik darajasi, metabolik buzilishlar va qandli diabet kechishining og‘irlik darajasiga bog‘liq holda texnik jihatdan maqbullashtirilgan oshqozonni bo‘ylama rezeksiyasi yoki minigastroshuntlash bariatrik amaliyotlarini qo‘llashga differensial yondashuv ishlab chiqilgan;
ikkinchi tur qandli diabet fonidagi morbid semizlikni xirurgik davolashda semizlik darajasiga bog‘liq holda 36-40 Fr li kalibrlovchi qizilo‘ngach-oshqozon zondini differensiallashgan holda individual qo‘llash asoslangan;
ikkinchi tur qandli diabet fonidagi morbid semizlikni xirurgik davolashda bariatrik operativ aralashuvlarni qo‘llashga ishlab chiqilgan differensial yondashuvning klinik samaradorligi spesifik asoratlarni 4,6% ga; jaroxat asoratlarini 5,4% ga; umumiy xususiyatli asoratlarni 11,9% ga va o‘lim holatlarini 2,5% ga kamaytirish orqali isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qandli diabetning 2-turi fonida semizlik bilan og‘rigan bemorlarni xirurgik davolash natijalarini yaxshilashga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ikkinchi tur qandli diabet fonidagi morbid semizligi bo‘lgan bemorlarni xirurgik davolashning an’anaviy yondashuvlarida tashrixdan keyingi spesifik va umumiy asoratlarning tuzilishi, sabablari va sabab-oqibat bog‘liqliklari aniqlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2026 yil 30-yanvarda 6i-5/u-son bilan tasdiqlangan “Qandli diabet fonida semizlikni jarrohlik yo‘li bilan davolashda tabaqalashtirilgan jarrohlik taktikasi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Qo‘qon shahar tibbiyot birlashmasining 2026-yil 2-martdagi 45-son va Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2026 yil 23-martdagi 39 A/F-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 2-iyundagi 09/11-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: 2-tur qandli diabet fonida semizlikda an’anaviy laparoskopik operatsiyalardan keyingi asoratlarning chastotasi va tuzilishini tahlil qilishni hisobga olish, bariatrik operatsiyaning optimal usulini asosli ravishda tanlash imkonini beradi, bu esa asoratlar chastotasini kamaytirishga, klinik natijalarni yaxshilashga va bemorlarning hayot sifatini oshirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: ilmiy yangilikdan foydalanish davolash muddatlarini qisqartirish hisobiga bir nafar bemor uchun o‘rtacha 2440000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Shuningdek, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlikni qisqartirish hisobiga 241178100 so‘m va nogironlikni kamaytirish hisobiga 138874635 so‘m mablag‘lar tejalishiga imkon bergan. Xulosa: operatsiyadan keyingi asoratlarning tahlili bariatrik aralashuvni oqilona tanlash uchun asos bo‘lib, bu 2-tur qandli diabet fonida semizligi bo‘lgan bemorlarda bariatrik davolashning samaradorligi va xavfsizligini oshirishga yordam beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: semizlikni, shu jumladan ikkinchi tur qandli diabet fonidagi morbid semizlikni xirurgik davolashda semizlik darajasi, metabolik buzilishlar va qandli diabet kechishining og‘irlik darajasiga bog‘liq holda texnik jihatdan maqbullashtirilgan oshqozonni bo‘ylama rezeksiyasi yoki minigastroshuntlash bariatrik amaliyotlarini qo‘llashga ishlab chiqilgan differensial yondashuv Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2026 yil 30-yanvarda 6i-5/u-son bilan tasdiqlangan “Qandli diabet fonida semizlikni jarrohlik yo‘li bilan davolashda tabaqalashtirilgan jarrohlik taktikasi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Qo‘qon shahar tibbiyot birlashmasining 2026-yil 2-martdagi 45-son va Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2026 yil 23-martdagi 39 A/F-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 2-iyundagi 09/11-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan yondashuvlarning qo‘llanilishi 2-tur QD fonida semizlikni jarrohlik yo‘li bilan davolash natijalarini yo‘qqa chiqarishi mumkin bo‘lgan erta hayot uchun xavfli asoratlar va kechki asoratlarning oldini olishni ta’minlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: ilmiy yangilikdan foydalanish davolash muddatlarini qisqartirish hisobiga bir nafar bemor uchun o‘rtacha 2440000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: ilmiy yangilikdan foydalanish tadqiqot ko‘lami bo‘yicha nogironlikni kamaytirish hisobiga 138874635 so‘m mablag‘larni tejash imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: ikkinchi tur qandli diabet fonidagi morbid semizlikni xirurgik davolashda semizlik darajasiga bog‘liq holda 36-40 Fr li kalibrlovchi qizilo‘ngach-oshqozon zondini differensiallashgan holda individual qo‘llash asoslanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2026 yil 30-yanvarda 6i-5/u-son bilan tasdiqlangan “Qandli diabet fonida semizlikni jarrohlik yo‘li bilan davolashda tabaqalashtirilgan jarrohlik taktikasi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Qo‘qon shahar tibbiyot birlashmasining 2026-yil 2-martdagi 45-son va Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2026 yil 23-martdagi 39 A/F-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 2-iyundagi 09/11-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: semizlik darajasini hisobga olgan holda 36–40 Fr o‘lchamli kalibrlovchi qizilo‘ngach-oshqozon zondidan differensiallashgan va individual foydalanish orqali operatsiya natijalarini yaxshilash, operatsiyadan keyingi asoratlar xavfini kamaytirish hamda bemorlarda ortiqcha tana vaznining samarali kamayishi va glikemik nazoratning barqarorlashishiga erishish imkonini beradi, bu esa bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, mehnat qobiliyatini tiklash, nogironlik xavfini kamaytirish va uzoq muddatli ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: ilmiy yangilikdan foydalanish operatsiyadan keyingi asoratlar va qayta xirurgik aralashuvlar ehtimolini kamaytirish imkonini beradi, natijada statsionarda davolanish muddatini qisqartirish, qo‘shimcha medikamentoz davolash xarajatlarini kamaytirish, shuningdek, qandli diabet bilan bog‘liq uzoq muddatli asoratlarning oldini olish orqali tibbiy xizmat ko‘rsatishga sarflanadigan umumiy iqtisodiy xarajatlarni kamaytirishga erishiladi. Xulosa: ilmiy yangilikdan foydalanish tadqiqot ko‘lami bo‘yicha vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlikni qisqartirish hisobiga 241178100 so‘m mablag‘larni tejash imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ikkinchi tur qandli diabet fonidagi morbid semizlikni xirurgik davolashda bariatrik operativ aralashuvlarni qo‘llashga ishlab chiqilgan differensial yondashuvning klinik samaradorligi spesifik asoratlarni 4,6% ga; jaroxat asoratlarini 5,4% ga; umumiy xususiyatli asoratlarni 11,9% ga va o‘lim holatlarini 2,5% ga kamaytirish orqali isbotlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2026 yil 30-yanvarda 6i-5/u-son bilan tasdiqlangan “Qandli diabet fonida semizlikni jarrohlik yo‘li bilan davolashda tabaqalashtirilgan jarrohlik taktikasi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Qo‘qon shahar tibbiyot birlashmasining 2026-yil 2-martdagi 45-son va Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2026 yil 23-martdagi 39 A/F-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 2-iyundagi 09/11-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ikkinchi tur qandli diabet fonidagi morbid semizlikni xirurgik davolashda bariatrik operativ aralashuvlarni qo‘llashga ishlab chiqilgan differensial yondashuv xirurgik davolash xavfsizligini oshirish, bemorlarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash, nogironlik xavfini kamaytirish, hayot sifatini yaxshilash hamda ularning ijtimoiy va mehnat faoliyatiga ertaroq qaytishini ta’minlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: ilmiy yangilikdan foydalanish davolash muddatlarini qisqartirish hisobiga bir nafar bemor uchun o‘rtacha 2440000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Shuningdek, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlikni qisqartirish hisobiga 241178100 so‘m va nogironlikni kamaytirish hisobiga 138874635 so‘m mablag‘lar tejalishiga imkon bergan. Xulosa: ilmiy yangilikdan foydalanish bemorlarning mehnat qobiliyatini erta tiklash va uzoq muddatli reabilitatsiyaga ehtiyojni kamaytirish orqali sog‘liqni saqlash tizimi hamda ijtimoiy ta’minot xarajatlarini optimallashtirishga yordam beradi.