Jalolov Baxrom Zuxriddinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Qurg‘oqchil iqlim mintaqasida xavf omillarini klinik-funksional baholashni hisobga olgan holda infarkt miokardi bilan og‘rigan bemorlarni yuritish taktikasiga kompleks yondashuv» 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.4.DSc/Tib946.
Ilmiy rahbar: Tashkenbaeva Eleonora Negmatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.20.01.
Rasmiy opponentlar: Jabbarov Ozimbay Otaxanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ziyadullaev Shurat Xudoyberdievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Skorodumova Elena Andreevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qurg‘oqchil iqlim mintaqasida miokard infarkti bilan og‘rigan bemorlarni olib borish taktikasini xavf omillarini kompleks klinik-funksional baholash asosida optimallashtirish hamda kasallikni prognozlash va davolash uchun hududiy moslashtirilgan yondashuvni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Ilk bor qurg‘oqchil iqlim mintaqasida o‘tkir miokard infarkti bilan og‘rigan bemorlarning klinik-demografik, funksional xususiyatlari kompleks o‘rganilib, iqlim-geografik omillar, jins, yosh va bemorlarning xulq-atvor xususiyatlariga bog‘liq kasallik kechishining o‘ziga xos yangi jihatlari aniqlangan;
Qurg‘oqchil iqlim mintaqasining koronar tizimning struktur-funksional zararlanishiga ta’siri to‘g‘risida yangi ma’lumotlar, koronar ateroskleroz ifodalanish darajasi, arteriyalarning to‘liq va qisman okklyuziyasi uchrash chastotasi, miokard infarkti asoratlarining o‘ziga xos xususiyatlari, hududiy iqlim sharoitlarining koronar patologiya shakllanishidagi roli aniqlashtirilgan;
Miokard infarktining noqulay kechishi, asoratlarni bashorat qiluvchi klinik-funksional prediktorlar haqidagi kengaytirilgan tasavvurlar, gemodinamik parametrlar, miokardning qisqarish qobiliyati, mikrotsirkulyasiya holati, to‘rparda tomirlaridagi o‘zgarishlarning qurg‘oqchil iqlim mintaqasi bemorlarida xavfni stratifikatsiya qilishdagi ahamiyati ilk bor ilmiy jihatdan asoslangan;
Qurg‘oqchil iqlim mintaqasida miokard infarktida metabolik buzilishlar va SOD2 (Ala16Val) va JAK2 (Val617Phe) genlarining polimorfizmlari o‘rtasida ilk bor aniqlangan assotsiatsiyalar, ushbu genetik variantlarni kasallik og‘irligining ehtimoliy prognoz markerlari sifatida baholash imkonini bergan;
Iqlim omillari, klinik-genetik xususiyatlar va yurak-qon tomir tizimining funksional holatini integratsiyalovchi, miokard infarkti bilan bemorlarni prognozlash, olib borishning ilmiy asoslangan, hududiy moslashtirilgan yondashuvi ishlab chiqilgan;
Qurg‘oqchil iqlim mintaqasida qo‘llanilayotgan yangi terapevtik sxemalar, parenteral qo‘llash uchun mo‘ljallangan kombinatsiyalangan mikroelementli preparat samaradorligi ilk bor baholanganligi, klinik-biokimyoviy, gemostatik va immunobiokimyoviy ko‘rsatkichlar o‘zgarishining qonuniyatlari aniqlanligi, terapiyani personalizatsiya qilish hamda miokard infarktini davolashning hududiy protokollarini takomillashtirish ilmiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 5 martdagi 04/50-son xulosasiga ko‘ra:
Birinchi ilmiy yangilik: Ilk bor qurg‘oqchil iqlim mintaqasida o‘tkir miokard infarkti bilan og‘rigan bemorlarning klinik-demografik, funksional xususiyatlari kompleks o‘rganilib, iqlim-geografik omillar, jins, yosh va bemorlarning xulq-atvor xususiyatlariga bog‘liq kasallik kechishining o‘ziga xos yangi jihatlari aniqlanganligi asosida tekshiruv natijalari Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyati mintaqaviy filiali (2025 yil 17 noyabrdagi 01-151-sonli buyruq), Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Jizzax viloyati mintaqaviy filiali (2025 yil 19 noyabrdagi 771/Ch-sonli buyruq), Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati mintaqaviy filiali (2025 yil 17 noyabrdagi 70-sonli buyruq), Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali (2025 yil 15 noyabrdagi 77-sonli buyruq) amaliyotiga tatbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: Qurg‘oqchil iqlim mintaqasida yashovchi aholida miokard infarktini erta aniqlash imkoniyati kengayib, kech tashxis va og‘ir asoratlar rivojlanish xavfi kamaydi. Iqtisodiy samaradorligi: Kasallikni erta bosqichda aniqlash statsionar davolash muddatini qisqartirish va qo‘shimcha xarajatlarni kamaytirishga imkon berdi.
Ikkinchi ilmiy yangilik: Qurg‘oqchil iqlim mintaqasining koronar tizimning struktur-funksional zararlanishiga ta’siri to‘g‘risida yangi ma’lumotlar, koronar ateroskleroz ifodalanish darajasi, arteriyalarning to‘liq va qisman okklyuziyasi uchrash chastotasi, miokard infarkti asoratlarining o‘ziga xos xususiyatlari, hududiy iqlim sharoitlarining koronar patologiya shakllanishidagi roli aniqlashtirilganligi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyati mintaqaviy filiali (2025 yil 17 noyabrdagi 01-151-sonli buyruq), Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Jizzax viloyati mintaqaviy filiali (2025 yil 19 noyabrdagi 771/Ch-sonli buyruq), Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati mintaqaviy filiali (2025 yil 17 noyabrdagi 70-sonli buyruq), Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali (2025 yil 15 noyabrdagi 77-sonli buyruq) amaliyotiga tatbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: Qurg‘oqchil iqlim mintaqasida miokard infarkti bilan og‘rigan bemorlarda koronar asoratlarni erta aniqlash va profilaktika qilish imkoniyati kengayib, og‘ir klinik oqibatlar va nogironlik xavfi kamaytirildi. Iqtisodiy samaradorligi: Koronar patologiya og‘irligini aniq baholash invaziv aralashuvlar va qo‘shimcha davolash xarajatlarini optimallashtirishga, shuningdek, statsionarda davolash muddatini qisqartirishga imkon berdi.
Uchinchi ilmiy yangilik: Miokard infarktining noqulay kechishi, asoratlarni bashorat qiluvchi klinik-funksional prediktorlar haqidagi kengaytirilgan tasavvurlar, gemodinamik parametrlar, miokardning qisqarish qobiliyati, mikrotsirkulyasiya holati, to‘rparda tomirlaridagi o‘zgarishlarning qurg‘oqchil iqlim mintaqasi bemorlarida xavfni stratifikatsiya qilishdagi ahamiyati ilk bor ilmiy jihatdan asoslanganligi bo‘yicha miokard infarkti prognozi uchun ishlab chiqilgan klinik-funksional baholash mezonlari Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyati mintaqaviy filiali (2025 yil 17 noyabrdagi 01-151-sonli buyruq), Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Jizzax viloyati mintaqaviy filiali (2025 yil 19 noyabrdagi 771/Ch-sonli buyruq), Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati mintaqaviy filiali (2025 yil 17 noyabrdagi 70-sonli buyruq), Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali (2025 yil 15 noyabrdagi 77-sonli buyruq) amaliyotiga tatbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: Bemorlarda asoratlar xavfini erta aniqlash imkoniyati kengayib, individual monitoring va davolash choralarini o‘z vaqtida qo‘llash orqali nogironlik va o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirishga erishildi. Iqtisodiy samaradorligi: Klinik-funksional xavfni aniq stratifikatsiya qilish orqali asoratlarni davolash, qayta gospitalizatsiya va reabilitatsiya xarajatlarini kamaytirish, shuningdek, tibbiy resurslardan maqsadli foydalanish imkoni yaratildi.
To‘rtinchi ilmiy yangilik: Qurg‘oqchil iqlim mintaqasida miokard infarktida metabolik buzilishlar va SOD2 (Ala16Val) va JAK2 (Val617Phe) genlarining polimorfizmlari o‘rtasida ilk bor aniqlangan assotsiatsiyalar, ushbu genetik variantlarni kasallik og‘irligining ehtimoliy prognoz markerlari sifatida baholash imkonini berganligi, miokard infarkti bilan bemorlarda genetik va metabolik xavf omillarini hisobga olgan baholash yondashuvlari Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyati mintaqaviy filiali (2025 yil 17 noyabrdagi 01-151-sonli buyruq), Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Jizzax viloyati mintaqaviy filiali (2025 yil 19 noyabrdagi 771/Ch-sonli buyruq), Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati mintaqaviy filiali (2025 yil 17 noyabrdagi 70-sonli buyruq), Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali (2025 yil 15 noyabrdagi 77-sonli buyruq) amaliyotiga tatbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: Yuqori xavfli bemorlarni aniqlash imkoniyati kengayib, asoratlar rivojlanishining oldini olish, qayta infarktlar chastotasini kamaytirish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga xizmat qildi. Iqtisodiy samaadorligi: genetik va metabolik risklarni aniq baholash orqali samarasiz davolash sxemalarini qisqartirish, asoratlarni davolash va reabilitatsiya xarajatlarini kamaytirish, shuningdek tibbiy resurslardan maqsadli foydalanish imkoni yaratildi.
Beshinchi ilmiy yangilik: Iqlim omillari, klinik-genetik xususiyatlar va yurak-qon tomir tizimining funksional holatini integratsiyalovchi, miokard infarkti bilan bemorlarni prognozlash, olib borishning ilmiy asoslangan, hududiy moslashtirilgan yondashuvi ishlab chiqilganligi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyati mintaqaviy filiali (2025 yil 17 noyabrdagi 01-151-sonli buyruq), Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Jizzax viloyati mintaqaviy filiali (2025 yil 19 noyabrdagi 771/Ch-sonli buyruq), Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati mintaqaviy filiali (2025 yil 17 noyabrdagi 70-sonli buyruq), Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali (2025 yil 15 noyabrdagi 77-sonli buyruq) kardiologiya bo‘limlari klinik amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: Bemorlarni individual xavf darajasiga qarab boshqarish imkoniyati kengayib, miokard infarkti asoratlari, qayta infarktlar va o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirishga xizmat qildi. Bu bemorlarning hayot sifati va mehnat qobiliyatini saqlab qolishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Davolash va kuzatuv strategiyalarini maqsadli tanlash orqali asoratlarni davolash, qayta gospitalizatsiya va reabilitatsiya xarajatlarini kamaytirishga erishildi, bu esa sog‘liqni saqlash tizimiga tushadigan iqtisodiy yukni pasaytirdi.
Oltinchi ilmiy yangilik: Qurg‘oqchil iqlim mintaqasida qo‘llanilayotgan yangi terapevtik sxemalar, parenteral qo‘llash uchun mo‘ljallangan kombinatsiyalangan mikroelementli preparat samaradorligi ilk bor baholanganligi, klinik-biokimyoviy, gemostatik va immunobiokimyoviy ko‘rsatkichlar o‘zgarishining qonuniyatlari aniqlanligi, terapiyani personalizatsiya qilish hamda miokard infarktini davolashning hududiy protokollarini takomillashtirish ilmiy jihatdan asoslanganligi, ishlab chiqilgan takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyati mintaqaviy filiali (2025 yil 17 noyabrdagi 01-151-sonli buyruq), Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Jizzax viloyati mintaqaviy filiali (2025 yil 19 noyabrdagi 771/Ch-sonli buyruq), Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati mintaqaviy filiali (2025 yil 17 noyabrdagi 70-sonli buyruq), Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali (2025 yil 15 noyabrdagi 77-sonli buyruq) kardiologiya bo‘limlari klinik amaliyotiga joriy etildi. Ushbu yondashuv amaliyotda standart davolash sxemalarini hududiy iqlim xususiyatlariga moslashtirish imkonini berdi. Ijtimoiy samaradorligi: Taklif etilgan terapevtik yondashuv miokard infarkti bilan og‘rigan bemorlarda klinik holatni tezroq barqarorlashtirish, funksional tiklanishni jadallashtirish va hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Bu esa mehnatga layoqatli aholi orasida nogironlik darajasini kamaytirish va bemorlarning jamiyat hayotiga faol qaytishini ta’minlashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Terapiyani personalizatsiya qilish va asoratlarning oldini olish orqali statsionarda yotish muddatini qisqartirish, qayta gospitalizatsiyalar sonini kamaytirish va qo‘shimcha davolash xarajatlarini optimallashtirish imkoni yaratildi. Xulosa: Qurg‘oqchil iqlim mintaqasida miokard infarkti bilan og‘rigan bemorlarda iqlim, klinik-funksional, metabolik va genetik omillarni kompleks baholash xavfni stratifikatsiya qilish, kasallikni prognozlash va davolash taktikasini individuallashtirishning ilmiy-amaliy asosini tashkil etadi.