Boltaboev To‘lkinboy Tursunalievichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida elon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda rivojlangan peritonitning regionar limfa tugunlarida patomorfologik va immunogistokimyoviy jihatlari” 14.00.15 – Patologik anatomiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Tib5527.
Ilmiy rahbar: Eshbaev Erkin Abduxalimovich tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
Ik faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti PhD 06/2025.27.12. Tib.21.01.
Rasmiy opponentlar: Shokirova Sadoqat Muxammatsolievna tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent; Xamidova Farida Muinovna tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bir yoshgacha bo‘lgan chaqaloqlarda rivojlangan peritonitlarda regionar limfa tugunlarini morfologik, morfometrik, immunogistokimyoviy jihatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bir yoshgacha sepsis va peritonitdan vafot etgan bolalar orasida o‘lim holatlarining eng yuqori ulushi 28 sutkalikkacha bo‘lgan chaqaloqlarda, ular orasida esa o‘g‘il bolalarda ko‘proq uchrashi, mezenterial limfa tugunlarining morfofunksional jihatdan to‘liq shakllanmaganligiga xos morfologik belgilarga asoslangan;
peritonitdan vafot etgan bolalarning mezenterial limfa tugunlari 28 sutkalik va 6 oylik bolalarda parakortikal soha atrofiyasi, kortikal soha giperplaziyasi hamda mag‘iz qavatida retikulyoz aniqlangan;
peritonitda mezenterial limfa tugunlarining eng yaqqol morfometrik o‘zgarishlari 28 sutkalik va 6 oylik bolalarda kuzatilib, subkapsulyar va mag‘iz qavat sinuslari maydonining kengayishi, parakortikal soha maydonining qisqarishi hamda parakortikal retikulyoz rivojlanishiga asoslangan;
peritonitda 28 sutkalik va 6 oylik bolalar mezenterial limfa tugunlarida CD4 markerining past pozitiv ekspressiyasi, kortikal sohalarida CD20 va Ki-67 markerlarini yuqori ekspressiyasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda rivojlangan peritonitning regionar limfa tugunlarida patomorfologik va immunogistokimyoviy jihatlari asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: bir yoshgacha sepsis va peritonitdan vafot etgan bolalar orasida o‘lim holatlarining eng yuqori ulushi 28 sutkalikkacha bo‘lgan chaqaloqlarda, ular orasida esa o‘g‘il bolalarda ko‘proq uchrashi, mezenterial limfa tugunlarining morfofunksional jihatdan to‘liq shakllanmaganligiga xos morfologik belgilarga asoslanganligi bo‘yicha takliflar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2026 yil 27 yanvardagi 01-02/u-t-117-son bilan tasdiqlangan «Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda rivojlangan peritonitda  regionar limfa tugunlarini  morfologik va morfometrik  baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Respublika patologik anatomiya markazi Buxoro viloyati filiali bo‘yicha 29.12.2025 yildagi 234-son, Farg‘ona viloyati filiali bo‘yicha 05.01.2026 yildagi 11-u-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 5 martdagi 4-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda peritonitning yosh va jinsga bog‘liq xususiyatlarini aniqlash, 28 sutkalikkacha bo‘lgan chaqaloqlarda mezenterial limfa tugunlarining morfofunksional etuk emasligini inobatga olgan holda xavf guruhlarini shakllantirish, ushbu guruhda klinik-patomorfologik nazoratni kuchaytirish hamda profilaktik chora-tadbirlarni maqsadli tashkil etish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorlik: mezenterial limfa tugunlarining yoshga xos morfologik belgilari asosida patologoanatomik tekshiruvni standartlashtirish takroriy morfologik tekshiruvlarga ehtiyojni kamaytirish imkonini berib, bir tekshiruvning o‘rtacha qiymati 250 000 so‘m hisobidan yillik 14 mln 750 ming so‘m mablag‘ni tejash imkonini yaratgan;
ikkinchi ilmiy yangilik: peritonitdan vafot etgan bolalarning mezenterial limfa tugunlari 28 sutkalik va 6 oylik bolalarda parakortikal soha atrofiyasi, kortikal soha giperplaziyasi hamda mag‘iz qavatida retikulyoz aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2026 yil 27 yanvardagi 01-02/u-t-117-son bilan tasdiqlangan «Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda rivojlangan peritonitda  regionar limfa tugunlarini  morfologik va morfometrik  baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Respublika patologik anatomiya markazi Buxoro viloyati filiali bo‘yicha 29.12.2025 yildagi 234-son, Farg‘ona viloyati filiali bo‘yicha 05.01.2026 yildagi 11-u-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan ((Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 5 martdagi 4-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: mezenterial limfa tugunlaridagi yoshga xos patomorfologik o‘zgarishlarni kompleks baholash peritonitda mahalliy immun javobning struktur buzilishlarini aniqlash, 28 sutkalik va 6 oylik bolalarda patologik jarayonning morfologik xususiyatlarini to‘g‘ri talqin qilish hamda klinik-patomorfologik diagnostika sifatini oshirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorlik: mezenterial limfa tugunlaridagi morfologik-morfometrik mezonlarni kompleks baholash qo‘shimcha tekshiruvlarni maqsadli belgilash imkonini berib, bitta ortiqcha IGX tekshiruvini qisqartirish hisobiga har bir holat uchun 950 000 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: peritonitda mezenterial limfa tugunlarining eng yaqqol morfometrik o‘zgarishlari 28 sutkalik va 6 oylik bolalarda kuzatilib, subkapsulyar va mag‘iz qavati sinuslari maydonining kengayishi, parakortikal soha maydonining qisqarishi hamda parakortikal retikulyoz rivojlanishiga asoslanganligi bo‘yicha takliflar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2026 yil 27 yanvardagi 01-02/u-t-117-son bilan tasdiqlangan «Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda rivojlangan peritonitda  regionar limfa tugunlarini  morfologik va morfometrik  baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Respublika patologik anatomiya markazi Buxoro viloyati filiali bo‘yicha 29.12.2025 yildagi 234-son, Farg‘ona viloyati filiali bo‘yicha 05.01.2026 yildagi 11-u-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 5 martdagi 4-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: mezenterial limfa tugunlaridagi morfometrik o‘zgarishlarni ob’ektiv baholash peritonitga xos struktur qayta qurilishlarni aniqlash, ularni yoshga xos morfologik holatlardan farqlash hamda patologoanatomik tashxisning aniqligini oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorlik: mezenterial limfa tugunlarining subkapsulyar va mag‘iz sinuslari hamda parakortikal sohasini morfometrik baholash mezonlarining belgilanishi raqamli morfometriyani maqsadli o‘tkazish imkonini berib, takroriy morfometrik tekshiruvga ehtiyojni bartaraf etish hisobiga har bir holat uchun 560 000 so‘m mablag‘ni tejash imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: peritonitda 28 sutkalik va 6 oylik bolalar mezenterial limfa tugunlarida CD4 markerining past pozitiv ekspressiyasi, kortikal sohalarida CD20 va Ki-67 markerlarini yuqori ekspressiyasi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2026 yil 27 yanvardagi 01-02/u-t-117-son bilan tasdiqlangan «Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda rivojlangan peritonitda  regionar limfa tugunlarini  morfologik va morfometrik  baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Respublika patologik anatomiya markazi Buxoro viloyati filiali bo‘yicha 29.12.2025 yildagi 234-son, Farg‘ona viloyati filiali bo‘yicha 05.01.2026 yildagi 11-u-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 5 martdagi 4-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: CD4, CD20 va Ki-67 ekspressiyasini kompleks baholash peritonitda mezenterial limfa tugunlarining hujayraviy va gumoral immun javob xususiyatlarini aniqlash, immunomorfologik o‘zgarishlarni ob’ektiv baholash hamda klinik-patomorfologik tashxis sifatini oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorlik: mezenterial limfa tugunlarida aniqlangan morfologik va morfometrik mezonlar asosida immunogistokimyoviy tekshiruvlarni maqsadli rejalashtirish diagnostik xarajatlarni optimallashtirish imkonini bergan. Bir IGX markerini tekshirish qiymati 950 000 so‘mni tashkil etishini inobatga olganda, CD4, CD20 va Ki-67 markerlaridan iborat kompleks tekshiruv qiymati 2 850 000 so‘mni tashkil etadi. Morfologik-morfometrik natijalarga asoslangan holda IGX markerlarini maqsadli tanlash har bir tekshiruv holatida 950 000 so‘mdan 1 900 000 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish