Allamurodova Feruza Yoqubovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Surunkali virusli gepatit V da kuzatiladigan gematologik o‘zgarishlarning klinik-diagnostik jihatlari” 14.00.29– Gematologiya va transfuziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tib4346.
Ilmiy rahbar: Boltaev Kamol Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.05.02.
Rasmiy opponentlar: Matkarimova Dilfuza Saburovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Maxamadalieva Gulchexra Zuxriddinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qirg‘iziston davlat tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali virusli gepatit V da gemopoez buzilishlarining klinik, laborator, morfologik xususiyatlari hamda patogenetik mexanizmlarini kompleks baholash, erta aniqlash va gematologik kasalliklardan differensial tashxislashning klinik-diagnostik konsepsiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali virusli gepatit B da kasallik davomiyligi ortishi bilan gemopoez buzilishlarining spektri va chuqurligi o‘zgarishi aniqlanib, anemiya, neytrofillar absolyut miqdorining pasayishi va trombotsitopeniyaning birgalikda kuchayishi, nisbiy limfotsitoz esa limfotsitlar absolyut sonining ortishi hisobiga emas, neytrofil-leykotsitar qatorning progressiv kamayishi fonida shakllanishi asoslangan;
surunkali virusli gepatit B da trombotsitopeniya yetakchi gematologik o‘zgarish ekanligi aniqlanib, trombotsitlar sonining virus yuklamasi (HBV DNA), jigar fibrozi darajasi hamda MPV, PDW, PCT va P-LCR ko‘rsatkichlari bilan qonuniy bog‘liqligi asosida trombotsitopoez buzilishining og‘irligi va rivojlanish mexanizmini baholashda trombotsitar indekslarning diagnostik ahamiyati isbotlangan;
surunkali virusli gepatit B bilan bog‘liq trombotsitopeniyaning patogenetik geterogenligi aniqlanib, megakariotsitar giperplaziyasi, gipoplaziya, etilish buzilishi va displastik o‘zgarishlar bilan kechuvchi periferik destruksiya mexanizmi asoslangan;
gematologik sindromlarning klinik xususiyatlari, periferik qon va hujayraviy indekslar, virusologik markerlar hamda mielogramma ma’lumotlarini bosqichma-bosqich integral baholash asosida HBV bilan bog‘liq gemopoez buzilishlarini erta aniqlash, ularning virusli genezini belgilash hamda immun trombotsitopeniya, aplastik anemiya va boshqa sitopenik holatlardan farqlashga imkon beruvchi klinik-diagnostik konsepsiya ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Surunkali virusli gepatit V da kuzatiladigan gematologik o‘zgarishlarning klinik-diagnostik jihatlari” mavzusidagi ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha:
Birinchi ilmiy yangilik. Surunkali virusli gepatit B da kasallik davomiyligi ortishi bilan gemopoez buzilishlarining spektri va chuqurligi o‘zgarishi aniqlanib, anemiya, neytrofillar absolyut miqdorining pasayishi va trombotsitopeniyaning birgalikda kuchayishi, nisbiy limfotsitoz esa limfotsitlar absolyut sonining ortishi hisobiga emas, neytrofil-leykotsitar qatorning progressiv kamayishi fonida shakllanishi asoslanganligi bo‘yicha “Surunkali virusli gepatit V bilan og‘rigan bemorlarda gematologik asoratlarning oldini olish usuli” deb nomlangan uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Buxoro davlat tibbiyot institutining kengashining 2025 yil 30 yanvardagi 25-m/025 son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma surunkali virusli gepatit V bilan kasallangan bemorlarda gematologik asoratlarni aniqlash maqsadida laborator usullar yordamida erta baholash imkonini yaratgan. Gematologik asoratlar rivojlanishini bashoratlash va erta tashxislashni takomillashtirish tamoyillari sog‘liqni saqlash amaliyoti, jumladan, Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi (28.02.2025 y; № 310); Kogon shahar tibbiyot birlashmasi buyruk (6.03.2025; № 663) klinik amaliyotiga tadbiq etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 7 iyul`dagi 21-son xulosasi olingan). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: gemopoez buzilishlarini erta va kompleks tashxislash og‘ir gematologik asoratlarning oldini olish, hayot sifati va mehnat qobiliyatini saqlash, qayta gospitalizatsiyalarni kamaytirish hamda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam sifatini oshirishga xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: surunkali virusli gepatit V da gemopoez buzilishlarini eritropoez, leykopoez va trombotsitopoezning kompleks shikastlanishi sifatida erta aniqlash va patogenetik asoslangan tashxis algoritmini qo‘llash kasallik og‘irlashishi va gematologik asoratlarning oldini olib, qo‘shimcha tekshiruvlar, mutaxassis konsul`tatsiyalari va statsionar davolanish muddatini qisqartiradi. Natijada bir bemor hisobiga byudjetdan tashqari 618 400 so‘m, byudjet mablag‘laridan 248 600 so‘m iqtisod qilindi. Xulosa. SVGV da gemopoez buzilishlarining kompleks xususiyatini erta aniqlash, patogenetik bog‘liqligini hisobga olgan holda tashxislash va davolash taktikasini qo‘llash og‘ir gematologik asoratlar, statsionar davolanish muddati, takroriy gospitalizatsiyalar va ortiqcha tekshiruvlarni kamaytirib, sog‘liqni saqlash resurslaridan samarali foydalanish va iqtisodiy xarajatlarni qisqartirish imkonini beradi.
Ikkinchi ilmiy yangilik. Surunkali virusli gepatit B da trombotsitopeniya yetakchi gematologik o‘zgarish ekanligi aniqlanib, trombotsitlar sonining virus yuklamasi (HBV DNA), jigar fibrozi darajasi hamda MPV, PDW, PCT va P-LCR ko‘rsatkichlari bilan qonuniy bog‘liqligi asosida trombotsitopoez buzilishining og‘irligi va rivojlanish mexanizmini baholashda trombotsitar indekslarning diagnostik ahamiyati isbotlanganligi bo‘yicha “Surunkali virusli gepatit V bilan og‘rigan bemorlarda gematologik asoratlarning oldini olish usuli” deb nomlangan uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Buxoro davlat tibbiyot institutining kengashining 2025 yil 30 yanvardagi 25-m/025 son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma surunkali virusli gepatit V bilan kasallangan bemorlarda gematologik asoratlarni aniqlash maqsadida laborator usullar yordamida erta baholash imkonini yaratgan. Gematologik asoratlar rivojlanishini bashoratlash va erta tashxislashni takomillashtirish tamoyillari sog‘liqni saqlash amaliyoti, jumladan, Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi (28.02.2025 y; № 310); Kogon shahar tibbiyot birlashmasi buyruk (6.03.2025; № 663) klinik amaliyotiga tadbiq etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 7 iyul`dagi 21-son xulosasi olingan). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: trombotsitar indekslarni (MPV, PDW, PCT, P-LCR) klinik amaliyotga joriy etish SVGVga bog‘liq trombotsitopeniyani erta aniqlash, gemorragik asoratlarning oldini olish, bemorlar hayot sifati va ijtimoiy faolligini saqlash hamda tibbiy yordam sifatini oshirishga xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: surunkali virusli gepatit Vda trombotsitar indekslar (MPV, PDW, PCT, P-LCR)dan foydalanish trombotsitopeniya og‘irligini erta baholash, davolashni optimallashtirish va gemorragik asoratlar profilaktikasini ta’minlanadi. Natijada qo‘shimcha tekshiruvlar, takroriy gospitalizatsiya va statsionar davolash xarajatlari kamayib, bir bemorga bir yilda byudjet mablag‘laridan 648 104 so‘m iqtisod qilindi. Xulosa. Trombotsitopeniyani trombotsitar indekslar asosida ambulator monitoring qilish uzoq muddatda statsionar davolashga nisbatan iqtisodiy samarali bo‘lib, og‘ir gematologik asoratlarning oldini olish imkonini beradi.
Uchinchi ilmiy yangilik. Surunkali virusli gepatit B bilan bog‘liq trombotsitopeniyaning patogenetik geterogenligi aniqlanib, megakariotsitar giperplaziyasi, gipoplaziya, etilish buzilishi va displastik o‘zgarishlar bilan kechuvchi periferik destruksiya mexanizmi asoslanganligi bo‘yicha “Surunkali virusli gepatit V bilan og‘rigan bemorlarda gematologik asoratlarning oldini olish usuli” deb nomlangan uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Buxoro davlat tibbiyot institutining kengashining 2025 yil 30 yanvardagi 25-m/025 son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma surunkali virusli gepatit V bilan kasallangan bemorlarda gematologik asoratlarni aniqlash maqsadida laborator usullar yordamida erta baholash imkonini yaratgan. Gematologik asoratlar rivojlanishini bashoratlash va erta tashxislashni takomillashtirish tamoyillari sog‘liqni saqlash amaliyoti, jumladan, Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi (28.02.2025 y; № 310); Kogon shahar tibbiyot birlashmasi buyruk (6.03.2025; № 663) klinik amaliyotiga tadbiq etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 7 iyul`dagi 21-son xulosasi olingan). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: SVGV bilan bog‘liq gemopoez buzilishlarining patogenetik modelini amaliyotga joriy etish kasallikni erta aniqlash, tashxis va davolashni individuallashtirish, og‘ir gematologik asoratlarni oldini olish hamda bemorlarning hayot sifati va mehnat qobiliyatini saqlashga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: gemopoez buzilishlarining virus replikatsiyasi, jigar shikastlanishi va suyak ko‘migi morfologik o‘zgarishlari bilan bog‘liq patogenetik modeldan foydalanish ortiqcha tekshiruvlar, noratsional davolash va takroriy gospitalizatsiyalarni kamaytiradi. SVGVda gemopoez buzilishlarini erta baholash 238 400 so‘mni tashkil etib, og‘ir gematologik asoratlardan keyingi tashxis va davolash xarajatlariga nisbatan 5,8 baravar arzon. Natijada bir bemorga bir yilda 542 800 so‘m byudjet, 764 300 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘ iqtisod qilinadi. Xulosa. Erta tashxis qimmat davolash bosqichlariga o‘tish ehtimolini kamaytiradi, bu esa umumiy tibbiy xarajatlarni optimallashtirish ikonini beradi.
To‘rtinchi ilmiy yangilik. Gematologik sindromlarning klinik xususiyatlari, periferik qon va hujayraviy indekslar, virusologik markerlar hamda mielogramma ma’lumotlarini bosqichma-bosqich integral baholash asosida HBV bilan bog‘liq gemopoez buzilishlarini erta aniqlash, ularning virusli genezini belgilash hamda immun trombotsitopeniya, aplastik anemiya va boshqa sitopenik holatlardan farqlashga imkon beruvchi klinik-diagnostik konsepsiya ishlab chiqilganligi bo‘yicha “Surunkali virusli gepatit V bilan og‘rigan bemorlarda gematologik asoratlarning oldini olish usuli” deb nomlangan uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Buxoro davlat tibbiyot institutining kengashining 2025 yil 30 yanvardagi 25-m/025 son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma surunkali virusli gepatit V bilan kasallangan bemorlarda gematologik asoratlarni aniqlash maqsadida laborator usullar yordamida erta baholash imkonini yaratgan. Gematologik asoratlar rivojlanishini bashoratlash va erta tashxislashni takomillashtirish tamoyillari sog‘liqni saqlash amaliyoti, jumladan, Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi (28.02.2025 y; № 310); Kogon shahar tibbiyot birlashmasi buyruk (6.03.2025; № 663) klinik amaliyotiga tadbiq etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 7 iyul`dagi 21-son xulosasi olingan). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: klinik, laborator, virusologik va morfologik ko‘rsatkichlarni kompleks baholashga asoslangan SVGV bilan bog‘liq gemopoez buzilishlarini erta aniqlash va sitopenik sindromlardan differensial tashxislash konsepsiyasi qaror qabul qilishni soddalashtirib, shifokor xatolarini kamaytiradi va standartlashtirilgan yondashuvni ta’minlaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: klinik-diagnostik konsepsiya asosida tekshiruv va davolashni individuallashtirish diagnostik resurslardan maqsadli foydalanishni ta’minlaydi. SVGV bilan bog‘liq gemopoez buzilishlarini kechiktirilgan va noto‘g‘ri differensial tashxislashda bir bemorga yillik 3 126 400 so‘m sarflangan bo‘lsa, konsepsiya joriy etilgach xarajatlar 1 214 600 so‘mga kamaydi. Natijada har bir bemorga bir yilda 1 911 800 so‘m iqtisod qilindi. Xulosa. Klinik, laborator, virusologik va morfologik ko‘rsatkichlarni kompleks baholashga asoslangan klinik-diagnostik konsepsiya gemopoez buzilishlarini erta differensial tashxislash, ortiqcha tekshiruv va noratsional davolashni kamaytirish orqali tibbiy xarajatlarni optimallashtirish va sog‘liqni saqlash resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlaydi.