Xudoyarova Shahnoza Shavkatovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Daryolar oqimining shakllanishini geografik axborot tizimlaridan foydalangan holda baholash (Zarafshon daryosi misolida)”, 11.00.03 - Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2023.3.PhD/Gr272.
Ilmiy rahbar: Xaydarov Safarboy Abdirashitovich, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.18/2025.27.12.Gr.02.01.
Rasmiy opponentlar: Xikmatov Fazliddin Xikmatovich, geografiya fanlari doktori, professor; Rapiqov Barkamol Rustamjon o‘g‘li, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislar instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Zarafshon daryosi oqim ko‘rsatkichlarini geoaxborot tizimlari orqali monitoring qilish, miqdoriy baholash hamda ularning iqlimiy omillar bilan bog‘liq o‘zgarishlarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sun’iy yo‘ldosh tasvirlaridan foydalanib Zarafshon daryosi uchun tanlangan turli suv indekslari natijalari o‘zaro solishtirilib, ularning samaradorligi aniqlanib ular asosida suv yuzasi va qirg‘oq chizig‘i ajratib olingan;
Google Earth Engine platformasidan foydalangan holda sun’iy yo‘ldosh tasvirlari asosida quruqlik va suv yuzasi maydoni chegarasidagi o‘zgarishlarni subpikselli aniqlikda kuzatish imkonini beruvchi avtomatik hisoblovchi algoritm ishlab chiqilgan;
suv indeksi asosida daryo oqimining vaqt ketma-ketligi (time series) bo‘yicha yillar kesimidagi o‘zgarishlarini vizualizatsiya qiluvchi platforma yaratildi.
daryo oqimiga iqlimiy omillar (havo harorati va atmosfera yog‘inlari) ta’siri raqamli platformadan olingan ma’lumotlar asosida tahlil qilinib, aniqlangan meteorologik qiymatlar yordamida oqim ko‘rsatkichlari (Q, W, M, Y, Ki) aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Daryolar oqimining shakllanishini geografik axborot tizimlaridan foydalangan holda baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Zarafshon daryosi uchun tanlangan turli suv indekslarining samaradorligini sun’iy yo‘ldosh tasvirlari asosida qiyosiy baholash, suv yuzasi va qirg‘oq chizig‘ini ajratishga oid ilmiy natijalardan Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida suv ob’ektlari chegaralarini masofadan turib aniqlash, qirg‘oq chizig‘ining ko‘p yillik o‘zgarishlarini kuzatish hamda suv yuzasi maydonining dinamik holatini baholash ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 30-iyundagi 04/20-3365-son ma’lumotnomasi). Natijada suv ob’ektlari chegaralarini tezkor va ishonchli aniqlash hamda ularning ko‘p yillik o‘zgarishlarini monitoring qilish imkoniyati yaratilgan;
Google Earth Engine platformasi asosida sun’iy yo‘ldosh tasvirlaridan foydalanib quruqlik va suv yuzasi chegaralaridagi o‘zgarishlarni subpiksel aniqlikda aniqlash imkonini beruvchi avtomatik algoritmni ishlab chiqishga oid ilmiy natijalardan Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida daryo o‘zani dinamikasini baholash, masofaviy monitoring ishlarini avtomatlashtirish hamda gidrologik kuzatuvlar aniqligini oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 30-iyundagi 04/20-3365-son ma’lumotnomasi). Natijada daryo o‘zani siljishi, suv maydonining qisqarishi yoki kengayishini yuqori aniqlikda aniqlash imkonini bergan;
suv indeksi asosida daryo oqimining vaqt qatorlari bo‘yicha ko‘p yillik o‘zgarishlarini vizuallashtiruvchi raqamli platformani yaratishga oid ilmiy natijalardan Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida suv resurslari holatini raqamli monitoring qilish va gidrologik ma’lumotlarni tahlil qilish ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 30-iyundagi 04/20-3365-son ma’lumotnomasi). Natijada Zarafshon daryosi oqimining ko‘p yillik dinamikasini interfaol tahlil qilish, suv resurslari holatini tezkor baholash hamda gidrologik ma’lumotlarni raqamli shaklda umumlashtirish imkoniyati yaratilgan;
daryo oqimiga havo harorati va atmosfera yog‘inlarining ta’sirini zamonaviy raqamli platformalar ma’lumotlari asosida baholash hamda meteorologik ko‘rsatkichlar yordamida oqim ko‘rsatkichlarini miqdoriy aniqlashga oid ilmiy natijalardan Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida suv resurslarini baholash va ulardan foydalanishni rejalashtirish ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 30-iyundagi 04/20-3365-son ma’lumotnomasi). Natijada daryo oqimining shakllanish qonuniyatlarini iqlim omillari bilan bog‘liq holda baholash, suv resurslarining yillik va mavsumiy o‘zgarishlarini prognozlash hamda suv taqsimotini ilmiy asosda rejalashtirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish