Husaynova Mahliyoxon Ma’rufjon

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek latifalari matnining lingvostilistik tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil 3067.
Ilmiy rahbar: Dusmatov Xikmatillo Xaitboevich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.10.05.
Rasmiy opponentlar: Yarashova Nasiba Jumaevna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Yuldasheva Dilafruz Muxamadalievna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek latifalari matnida hajviy mazmunni yuzaga keltiruvchi lingvostilistik vositalarni aniqlash, tizimlashtirish va ilmiy asosda yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
hajviy-ironik xarakterdagi mikromatndan tarkib topgan latifalar matni badiiy-estetik vazifa yuklatilgan so‘zlarning o‘yin xarakteridagi kombinatsiyalari asosida shakllanishi, shakliy va mazmuniy jihatdan turlicha tushunish, izohlash va talqin qilishga yo‘naltirilgan nutqning maxsus ko‘rinishi sifatida tinglovchi e’tiborini qaratishi, o‘ziga xos ma’naviy-estetik zavq bera olishi hamda kontekstda ifodalanadigan hajviy vaziyatning yuzaga kelishi jamiyat vakillarining ruhiy olami, kognitiv tasavvurlari va lingvistik mahorati bilan bevosita bog‘liqligi ilmiy jihatdan asoslangan;
latifalar matnida so‘z o‘yiniga asoslangan kulminatsion nuqtaning yakuniy jumlada jamlanishi, puanta qonuni asosida kutilmagan semantik burilish yuzaga keltirishi, tag ma’no va pressupozisiya vositasida yashirin mazmunni faollashtirib, hajviy effekt hosil qilishi isbotlangan;
latifalar matni, asosan, so‘zlashuv uslubiga xos nutq ko‘rinishi ekanligi, ushbu nutq ko‘rinishi matn tilshunosligida o‘zining hajviy-ironik mazmundagi emotsional-ekspressivligi bilan alohida ajralib turishi, latifa mikromatnini shakllantiruvchi dialogik nutqda so‘z o‘yinlarining fonostilistik, leksik-stilistik, morfologik hamda sintaktik-stilistik ko‘rinishlari faol qo‘llanilishi lisoniy dalillar bilan isbotlangan;
latifalar matnidagi nutqning hajviy-ironik mazmunini shakllantirishda asosan so‘z o‘yinlarining allofronik ko‘rinishlaridan foydalanish, ikki xil talqinli kontekst hosil qilish, omonim, paronim, ko‘p ma’noli so‘zlardan uslubiy maqsadlarda foydalanish, so‘zlarni ko‘chma ma’nolarda birdan ortiq mazmunda qo‘llash holatlari yetakchilik qilishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek latifalari matnining lingvostilistik tadqiqi mavzusi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
latifalar matnidagi nutqning hajviy-ironik mazmunini shakllantirishda asosan so‘z o‘yinlarining allofronik ko‘rinishlaridan foydalanish, ikki xil talqinli kontekst hosil qilish, omonim, paronim, ko‘p ma’noli so‘zlardan uslubiy maqsadlarda foydalanish, so‘zlarni ko‘chma ma’nolarda birdan ortiq mazmunda qo‘llash holatlari yetakchilik qilishi dalillanganligi yuzasidan bildirilgan xulosa va ilmiy natijalardan 2021-2024-yillarda “Musiqa va san’at muassasalari uchun “Bolalar raqslari” fanidan interaktiv o‘quv metodik qo‘llanmalar yaratish” mavzusidagi F3-2019081773-raqamli fundamental loyihani bajarishda, xususan, “O‘zbek bolalar raqslari, raqs liboslari va taqinchoqlari nomlarining o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuzcha qisqacha izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanilgan. (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2025-yil 5-dekabrdagi 209-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur lug‘atning ilmiy-nazariy jihatlari takomillashgan;
hajviy-ironik xarakterdagi mikromatndan tarkib topgan latifalar matni badiiy-estetik vazifa yuklatilgan so‘zlarning o‘yin xarakteridagi kombinatsiyalari asosida shakllanishi, shakliy va mazmuniy jihatdan turlicha tushunish, izohlash va talqin qilishga yo‘naltirilgan nutqning maxsus ko‘rinishi sifatida tinglovchi e’tiborini qaratishi, o‘ziga xos ma’naviy-estetik zavq bera olishi hamda kontekstda ifodalanadigan hajviy vaziyatning yuzaga kelishi har bir millat vakillarining ruhiy olami, kognitiv tasavvurlari va lingvistik mahorati bilan bevosita bog‘liqligi ilmiy jihatdan asoslanganligi haqidagi xulosalar hamda latifalar matni, asosan, so‘zlashuv uslubiga xos nutq ko‘rinishi ekanligi, ushbu nutq ko‘rinishi matn tilshunosligida o‘zining hajviy-ironik mazmundagi emotsional-ekspressivligi bilan alohida ajralib turishi, latifa mikromatnini shakllantiruvchi dialogik nutqda so‘z o‘yinlarining fonostilistik, leksik-stilistik, morfologik hamda sintaktik-stilistik ko‘rinishlari faol qo‘llanilishiga doir xulosalar askiyachilik “Mahorat maktablari” mashg‘ulotlarida, viloyatlar bo‘ylab tashkil etilgan gastrol safarlari doirasida hamda “Ustoz–shogird” tizimi asosidagi olib borilgan mashg‘ulotlarda amaliyotga tatbiq etilgan (Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi Respublika askiya va qiziqchilik san’ati markazining 2025-yil 25-dekabrdagi 373-son ma’lumotnomasi). Natijada tadbirlarning samaradorligi oshgan, Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi respublika askiya va qiziqchilik san’ati Markazi faoliyati yanada takomillashgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish