Ergashev Jamshid Jumanazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Axborot-dizayn texnologiyalari yordamida o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish metodikasi (Kasbiy ta’lim tizimi misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Ped2011.
Ilmiy rahbar: Yusupov Abdulaziz Ibragimovich fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.01/2025.27.12.Ped.09.01.
Rasmiy opponentlar: Dauletmuratov Boribay Koptileuovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Abilova Gulbahar Jalgasbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchilarining kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kasbiy ta’lim muassasalari “Kompyuter grafikasi va dizayn operatori” yo‘nalishi o‘quvchilarining kasbiy kompetensiyalari axborot-tahliliy, vizual-loyihaviy, texnologik-amaliy va refleksiv-baholash faoliyatlarini kasbiy vazifalar mazmuni bilan uzviy integratsiyalash, ularning o‘zaro funksional aloqadorligi va bosqichma-bosqich rivojlanishini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchilarining kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish modeli maqsadli, nazariy-metodologik, mazmuniy-jarayonli va natijaviy-baholash bloklarining uzviy funksional aloqadorligini ta’minlash, axborot-dizayn topshiriqlarini reproduktiv, produktiv va ijodiy-loyihaviy bosqichlarda izchil murakkablashtirish, nazariy bilimlarni real kasbiy vaziyatlar va amaliy dizayn faoliyati bilan integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish metodikasi muammoli kasbiy vaziyatni aniqlash – axborotni tahlil qilish va vizuallashtirish, raqamli loyihalash, dizayn mahsulotini yaratish, taqdim etish va ekspert baholash, refleksiv korreksiya ketma-ketligini elektron ta’lim muhiti, interfaol metodlar, grafik-dizayn dasturlari va loyiha texnologiyalarini o‘zaro uyg‘unlashtirgan holda qo‘llash, shuningdek, individual va jamoaviy kasbiy faoliyatni bosqichma-bosqich tashkil etish asosida takomillashtirilgan;
kasbiy kompetensiyalarning shakllanganlik darajasini baholash mexanizmi motivatsion-qiymatli, kognitiv, amaliy-texnologik va refleksiv-baholash mezonlarini ularning diagnostik ko‘rsatkichlari bilan uyg‘unlashtirish, elektron portfolio, amaliy loyiha mahsuloti, o‘z-o‘zini baholash, o‘zaro baholash va ekspert baholash natijalarini kompleks integratsiyalash hamda rivojlanish dinamikasini bosqichma-bosqich monitoring qilish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi. Kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchilarining kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kasbiy ta’lim muassasalari “Kompyuter grafikasi va dizayn operatori” yo‘nalishi o‘quvchilarining kasbiy kompetensiyalari axborot-tahliliy, vizual-loyihaviy, texnologik-amaliy va refleksiv-baholash faoliyatlarini kasbiy vazifalar mazmuni bilan uzviy integratsiyalash, ularning o‘zaro funksional aloqadorligi va bosqichma-bosqich rivojlanishini ta’minlashga oid takliflaridan “Paket prikladnix programm” nomli o‘quv qo‘llanma yaratishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovasialar vazirligining 2023 yil 29 sentyabrdagi 438-sonli buyrug‘iga asosan №438458 guvohnomasi). Natijada, metodik tavsiyalar doirasida ishlab chiqilgan ishlanmalar informatika fanini o‘qitishda mavzularni o‘zlashtirish imkoniyatini takomillashtirishga xizmat qilgan;
kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchilarining kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish modeli maqsadli, nazariy-metodologik, mazmuniy-jarayonli va natijaviy-baholash bloklarining uzviy funksional aloqadorligini ta’minlash, axborot-dizayn topshiriqlarini reproduktiv, produktiv va ijodiy-loyihaviy bosqichlarda izchil murakkablashtirish, nazariy bilimlarni real kasbiy vaziyatlar va amaliy dizayn faoliyati bilan integratsiyalashga doir taklif va tavsiyalardan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasi bo‘yicha IZ-202011162-raqamli “Bo‘lajak muhandis- kadrlarni masofaviy o‘qitish va uning natijalarini “SMART” texnologiyasi yordamida baholashning dasturiy ta’minotini yaratish” mavzudagi amaliy loyihasini (2022-2023 y.) bajarishda foydalanilgan (Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti 2024 yil 15 noyabrdagi 01/9-14-2011- son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning kasbiy-intellektual qobiliyatlarini uzluksiz oshirib borish mexanizmini takomillashtirish imkoniyati yaratilgan;
o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish metodikasi muammoli kasbiy vaziyatni aniqlash – axborotni tahlil qilish va vizuallashtirish, raqamli loyihalash, dizayn mahsulotini yaratish, taqdim etish va ekspert baholash, refleksiv korreksiya ketma-ketligini elektron ta’lim muhiti, interfaol metodlar, grafik-dizayn dasturlari va loyiha texnologiyalarini o‘zaro uyg‘unlashtirgan holda qo‘llash, shuningdek, individual va jamoaviy kasbiy faoliyatni bosqichma-bosqich tashkil etish, kasbiy kompetensiyalarning shakllanganlik darajasini baholash mexanizmi motivatsion-qiymatli, kognitiv, amaliy-texnologik va refleksiv-baholash mezonlarini ularning diagnostik ko‘rsatkichlari bilan uyg‘unlashtirish, elektron portfolio, amaliy loyiha mahsuloti, o‘z-o‘zini baholash, o‘zaro baholash va ekspert baholash natijalarini kompleks integratsiyalash hamda rivojlanish dinamikasini bosqichma-bosqich monitoring qilishga doir tavsiyalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida ilmiy-tadqiqot ishlari rejasi bo‘yicha PF-201912258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli amaliy loyihasini (2021-2023 y.) bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2026 yil 24 fevraldagi 01-8563-son ma’lumotnomasi). Natijada, kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchilarining kasbiy kompetensiyalari shakllanganligi sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.