Toirov Muhammadxon Toir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yoritish qurilmalarining harorat rejimini intellektual boshqarish tizimi”, 05.05.01 – “Energetika tizimlari va majmualari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.3.PhD/T374.
Ilmiy rahbar: Raxmonov Ikromjon Usmonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.28.11.T.02.01.
Rasmiy opponentlar: Galbaev Jalalidin Toktobaevich, texnika fanlari doktori, professor(Qirg‘iziston); Abdullabekov Islombek A’lobekovich texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Shandun universiteti (Xitoy).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: LED yoritish qurilmalarining harorat rejimini intellektual rostlash va boshqarish asosida ularning samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
LED yoritish qurilmalarining harorat rejimini tokni o‘zgartirish asosida rostlashga mo‘ljallangan, haroratni real vaqt rejimida nazorat qilish va belgilangan diapazonda barqaror ushlab turish imkonini beruvchi qurilma ishlab chiqilgan;
LED yoritish qurilmalaridagi elektro-termik jarayonlarni hisobga olgan holda LED-chip joylashgan plata, radiator va korpus o‘rtasidagi issiqlik almashinuvi hamda harorat parametrlarining vaqt bo‘yicha o‘zgarishini ifodalovchi matematik model ishlab chiqilgan;
LED yoritish qurilmasida konstruktiv elementlar o‘rtasidagi termik o‘zaro ta’sirlar va issiqlik almashinuvi jarayonlarini hisobga olgan holda issiqlik tarqalishi hamda harorat maydonining dinamik o‘zgarishini baholashga mo‘ljallangan termik tahlil usuli taklif etilgan;
yoritish qurilmalaridagi elektro-termik jarayonlarni hisobga olgan holda LED-chip joylashgan plata haroratini oldindan prognoz qilish va uni belgilangan me’yoriy diapazonda barqaror ushlab turishga imkon beruvchi prediktiv boshqaruv usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoritish qurilmalarining harorat rejimini barqaror ta’minlash asosida LED yoritish tizimlarining samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
harorat parametrlarining vaqt bo‘yicha o‘zgarishini ifodalovchi matematik model “NURA Electric” MChJ (“NURA Group” MChJ) korxonasiga joriy qilingan (“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2026-yil 14-oktyabrdagi №01-01-06/342-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, harorat parametrlarining dinamik o‘zgarish qonuniyatlari aniqlanib, LED qurilmasining harorat rejimini prognoz qilish hamda intellektual boshqaruv algoritmini shakllantirish imkoniyati yaratilgan;
issiqlik tarqalishi hamda harorat maydonining dinamik o‘zgarishini baholashga mo‘ljallangan termik tahlil usuli “NURA Electric” MChJ (“NURA Group” MChJ) korxonasiga joriy qilingan (“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2026-yil 14-oktyabrdagi №01-01-06/342-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, harorat maydonining maksimal qiymatini 68–69 °C diapazondan 63–64 °C diapazongacha pasaytirib, konstruktiv elementlardagi lokal qizishlarni kamaytirish hamda LED qurilmasining ishonchli ishlashini ta’minlash imkoniyati yaratilgan;
prediktiv intellektual boshqaruv usuli va algoritmi “NURA Electric” MChJ (“NURA Group” MChJ) korxonasiga joriy qilingan (“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2026-yil 14-oktyabrdagi №01-01-06/342-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, LED qurilmalarining xizmat muddatini 40 % ga uzaytirish, nosozlik ehtimolini 2 % gacha kamaytirilgan hamda yillik 104,9 mln so‘m iqtisodiy samaraga erishish imkoniyati yaratilgan.