Sarkarova Zarifa Xamidovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pnevmotransport tizimi elementlarini eyilishini tadqiq qilish va tribologik xossalari oshirish” 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5351
Ilmiy rahbar: Sayidmurodov Mirzohid Mirzaraximovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.T.15.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Azizov Shuxrat Mamatovich, texnika fanlari doktori, professor, Yuldashev Kozimjon Komiljonovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta pnevmotransporti tizimida ishlovchi markazdan qochma ventilyator parraklarining eyilish mexanizmlarini tadqiq qilish, uglerod tolali kompozit parrak konstruksiyasini asoslash hamda uning tribologik, mustahkamlik, aerodinamik va energetik ko‘rsatkichlarini yaxshilashdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pnevmotransport ventilyatori parraklarining “gaz–zarracha–sirt” tizimidagi abraziv va erozion eyilish mexanizmlari umumlashtirilib, eyilish hajmini oqim tezligi, zarracha konsentratsiyasi, urilish burchagi va material qarshiligi bilan bog‘lovchi tribologik model taklif etilgan;
pnevmotransport ventilyatori parraklarining “gaz–zarracha–sirt” tizimidagi abraziv va erozion eyilish mexanizmlari umumlashtirilib, eyilish hajmini oqim tezligi, zarracha konsentratsiyasi, urilish burchagi va material qarshiligi bilan bog‘lovchi tribologik model ishlab chiqilgan;
markazdan qochma ventilyator parragining chiqish burchagi va aylanish chastotasining abraziv zarrachalar mutlaq tezligi hamda kinetik energiyasiga birgalikdagi ta’sir qonuniyati ishlab chiqilgan;
ventilyator parraklarining massasi energiya sarfiga ta’siri nazariy va tajribaviy jihatdan tahlil qilinib, parrak massasini kamaytirish ventilyatorning nominal quvvat sarfini pasaytirish hamda parrakli disk konstruksiyasini engillashtirishning samarali usullari tavsiya etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxtani tashuvchi pnevmotransport uskunasi uchun oqim parametrlarini boshqarish qurilmasiga ega bo‘lgan yangi ventilator konstruksiyasi ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
paxta pnevmotransporti uchun markazdan qochma ventilyatoriga dastlabki talablar tasdiqlangan ((“O‘zpaxtasanoat” AJ ning 2025 yil 26 dekabrdagi № 02/06-2985-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, pnevmotransport tizimi uchun ishlash muddati 2,2 marta yuqori, energiya-resurstejamkor markazdan qochma ventilyator ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
markazdan qochma ventilyator Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanidaga paxta-to‘qimachilik klasterlarida joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” AJ ning 2025 yil 26 dekabrdagi № 02/06-2985-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, foydalanishdagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri harajatlar 1,7 martagacha kamayishi va markazdan qochma ventilyatorning ekspluatasion ko‘rsatkichlari 30-40 foizga yahshilanishiga erishilgan;
paxtani havo yordamida tashuvchi pnevmotransport uskunasi ventilator ratsional parametrlari «O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasi» tasarrufidagi “Namangan to‘qimachi klaster” MChJGA qarashli “To‘raqo‘rg‘on paxta tozalash” korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan “O‘zpaxtasanoat” AJ ning 2025 yil 26 dekabrdagi № 02/06-2985-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, paxta pnevmotransporti energiya sarfining kamayishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish