Xusenov Arslonnazar Shernazarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Inulin hosilalari: sintezi, xossalari va ishlatilishi», 02.00.14–Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/K63.
Ilmiy maslahatchi: Raxmanberdiev Gappar, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi DSc.27.06.2017.T.04.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Magrupov Farxod Asadullaevich, kimyo fanlari doktori, professor; Akbarov Xamdam Ikromovich, kimyo fanlar doktori, professor; Ataxanov Abdumutallib Abdupattox o‘g‘li, texnika fanlar doktori.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: inulin hosilalarini sintezi, fizik-kimyoviy xossalarini va qo‘llash sohalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
topinambur o‘simligini tarkibiy qismlaridagi inulin miqdori aniqlangan;
olingan inulinni, polimorf (α-, β- va γ-inulinlar) va struktura ko‘rinishlariga ekstraksiya vaqti, haroratining ta’siri aniqlangan;
inulin ajratib olish jarayoniga ul`tra tovush ta’siri aniqlangan;
karboksimetil inulin olishda ishqorning konsentratsiyasi, nitro inulin olishda nitrollovchi aralashmada suvning miqdori, atsetat inulin olishda katalizatorlarning turi va haroratni katta ahamiyatga ega ekanligi eterifikatsiya jarayoniga har xil parametrlarning ta’siri orqali aniqlangan;
inulin strukturasiga yod kislotasi ta’sir ettirib tarkibida al`degid gruhlari bo‘lgan oksidlangan inulin olingan: oksidlangan inulinga izoniazid (tubazid) ta’sir ettirib tarkibida tubazid saqlovchi inulin hosilasi olingan;
inulinning hosilalarini turli mikroblar va biologik sinovlar vositasida inulin eritmalarining bakterisid faolligi, nitro inulinni o‘tkir zaharliligi va gipoglikemik faolligi tekshirilgan va inulinga nisbatan qand kasalligini davolashda yuqori ekanligi, tubazid inulinni in vivo tuberkulyoz qo‘zg‘atuvchi mikroblarga qarshi ekanligi aniqlangan;
inulinni oddiy va murakkab efirlari (nitro-, atsetat va karboksimetilinulin)ni olish texnologik ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Inulin hosilalari: sintezi, xossalari va ishlatilishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
inulin asosida olingan hosilalarning (nitrat-, atsetat-, karboksil- va tubazidinulin) turli mikroblarga qarshi faolligi Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutida qon, yiring va boshqa kasallaiklarni davolashda samarador dori sifatida tibbiyot amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 24 iyundagi 02/23-376-son ma’lumotnomasi). Natijada karboksimetil va tubazid inulin hayvonlarda turli mikroblarga qarshi 47% faol va turli kasalliklarni davolash vaqtini 33% kamaytirish imkonini bergan;
tubazid inulinni sil kasalligini davolashda ishlatiladigan fiziologik aktiv preparatlari Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutida in vivo tuberkulyoz qo‘zg‘atuvchi dori vositasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 24 iyundagi 02/23-376-son ma’lumotnomasi). Natijada yaratilgan preparatlarni sil kasalligini davolashda qo‘llash imkonini bergan;
sintez qilingan inulinni hosilalaridan FA-A11-T037 raqamli «Polisaxaridlar va quyi molekulali oqsillar asosida prebiotik va antixolesterinemik faollikka ega bo‘lgan biologik faol qo‘shimcha yaratish» mavzusidagi amaliy loyihasida inulinning oddiy (karboksimetil) va murakkab (nitro- va atsetil) efirlari olinishi, biologik xususiyatlarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 27 maydagi 4/1255-1533-son ma’lumotnomasi). Natijada inulin hosilalari turli mikroblarga qarshi faol dori sifatida kasalliklarni davolashda qo‘llash imkonini bergan;
inulindan olingan nitro inulindan FA-A11-T037 raqamli «Polisaxaridlar va quyi molekulali oqsillar asosida prebiotik va antixolesterinemik faollikka ega bo‘lgan biologik faol qo‘shimcha yaratish» mavzusidagi amaliy loyihasida o‘tkir zaharliligi va gipoglikemik faolligi, inulinga nisbatan qand kasalligini davolashda yuqoriroq ekanligini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 27 maydagi 4/1255-1533-son ma’lumotnomasi). Natijada nitro inulin dori vositalarining yangi avlodini yaratish imkonini bergan.