Polatova Djamila Shagayratovnaning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Osteogen sarkomali bemorlarning diagnostikasi va davolashda molekulyar-biologik va genetik markerlarning ahamiyati», 14.00.14 – onkologiya (tibbiyot fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /tibbiyot fanlari nomzodi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.Tib427.
Ilmiy maslahatchi: Navruzov Sarimbek Navruzovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika onkologiya ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi 16.07.2013.Tib.20.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy oppenentlar: Aliev Mamed Djavadovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, RFAning akademigi; Aripova Tamara Uktamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xodjaev Abduvaxid Valievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: N.N.Aleksandrov nomli Respublika onkologiya va tibbiyot radiologiyasi ilmiy-amaliy markazi, Minsk, Belarus` Respublikasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Osteosarkoma o‘smasining rivojlanish mexanizmini tavsiflovchi molekulyar-biologik va genetik markerlar o‘zgarishini aniqlash, kasallikni tashxislash va davolashda ularning rolini asoslash
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
Ilk bor osteosarkoma (OS) kechishiga ta’sir etuvchi, o‘sma va organizmning xususiyatlarini tavsiflovchi omillar, prognozi bo‘yicha salbiy bo‘lgan xromosomaning nostabillik darajasi diskriminatsiyadan yuqori bo‘lgan ko‘rsatkichi aniqlangan;
o‘sma rivojlanishining progressivlashuvi, o‘sma differensiatsiyasi va patomarfozining quyi darajasi, o‘sma hajmining kattalashuvi va xondroblastik gistologik variant bilan bog‘liq hamda xromosoma nostabilligining yuqori darajasida bo‘lgan bemorlarning umri nisbatan qisqarishi aniqlangan;
osteosarkomali bemorlarda ekspressiyalar profili (molekulyar-genetik fenotip), ya’ni xromosoma nostabilligi, apoptoz va proliferatsiya biomarkerlar ekspressiyasining yuqori darajasi (mtp53+, Ki-67+) erta metastazlashuv va erta residivlar paydo bo‘lishining noxush omillari ekanianiqlangan;
patomorfozning quyi darajasi, bemorlar umri davomiyligi, (G3) differensiatsiyalashuvining quyi darajasi, o‘sma hajmining kattalashuvi, osteosarkomaning xondroblastik varianti bilan bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor angiogenez rivojlanishiga bog‘liq bo‘lmagan holda osteogen sarkomaning jadallashuv xususiyatlari ko‘rsatilgan, birlamchi osteosarkomalarda VEGF-A ekspressiyasi, o‘sma to‘qimasida mahalliy tomirlar qalinlashuvi, o‘pkada metastaz rivojlanishi va noxush oqibatli bashorat bilan korregirlashuvi aniqlangan;
ilk marotaba osteosarkomali bemorlarda davolashdan oldin endostatin, FRF-1, FRF -2 ning tarkibi kasallik klinik tavsifiga va bashoratlashga naqadar bog‘liqligini aniqlash uchun o‘rganildi, FRF-1 va endostatin ekspressiyasi suyakda o‘sma o‘sishi bilan bog‘liq patogenetik o‘zgarishlarga aloqadorligi aniqlangan;
immunitetning chuqur T-hujayraviy etishmovchiligi va gumoral bo‘g‘inining faollashuvi bilan kechadigan immuntanqislik xolati osteosarkomali bemorlarda xavfli o‘sma jarayonining jadallashuvini erta tashxislash imkoniyatini berishi aniqlangan;
osteogen sarkomada – immunoproliferatsiya sindromida yallig‘lanishga xos va qarshi sitokinlarning javob qaytarish xususiyatlari o‘rganildi, IL-6 miqdorining ko‘payishi osteosarkomada o‘sma rivojlanish jarayonining jadallashuvini tashxislash uchun asos ekani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalanining joriy qilinishi.
Osteosarkoma o‘smasi kasalligini davolashni optimallashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan usullar (uchta uslubiy tavsiyanoma, ikkita ratsionalizatorlik taklifi) sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika onkologiya ilmiy markazi, Toshkent shahar onkologiya dispanseri, Toshkent viloyati onkologiya dispanseri va Buxoro viloyat onkologiya dispanseri amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 10 fevraldagi 8N-3/41- son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi o‘sma metastazi va residivlari chastotasini qisqartirish, bemor umrining davomiyligini uzaytirish va o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirish imkonini bergan.