Jo‘razoda Mohinaxon ibodulloxon qizining

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 5-sinf rus tili darslarida kognitiv universal ta’lim faoliyatini shakllantirish metodikasi, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (rus tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3PhD/Ped5708.
Ilmiy rahbar: Sattarov Baxtiyar Katibjanovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Ped.22.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xolmuradov Mamatxon Qo‘chqarovich, fizika-matematika fanlar nomzodi, dotsent; Narkabilova Gulnoza Pulatovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 5-sinf o‘quvchilarining rus tili darslarida kognitiv UTF shakllantirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
rus tili fanini o‘qitish jarayonida 5-sinf o‘quvchilarining kognitiv universal ta’lim faoliyatlarining mazmun-mohiyati, tuzilmasi va ontogenetik o‘ziga xosliklarini ilmiy-nazariy jihatdan asoslash orqali kognitiv UTF rus tili darslarida o‘quvchilarning real kognitiv-nutqiy faoliyatida aks etuvchi diagnostik-integrativ kognitiv operatsiyalar dinamik tizimi ekanligi asoslangan;
5-sinf rus tili darslarini o‘qitish jarayonida kognitiv UTFni shaklantirshning didaktik imkoniyatlari, kognitiv UTFni shakllantirishga doir metodologik yondashuvlarning qiyosiy tahlili asosida rus tili darslarida o ‘quvchilarning kognitiv UTFni shakllantirishning pedagogik modeli takomillashtirilgan;
kognitiv yo‘naltirilgan topshiriqlardan maqsadli foydalanish, mazmuniy yo‘naltirilgan nutqiy faoliyatni tashkil etish, shuningdek, refleksiya va metakognitiv nazoratni tizimli rivojlantirishni o‘z ichiga olgan metodik tizim asosida rus tili darslarida kognitiv-nutqiy faoliyatni samarali tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlari takomillashtirilgan;
kognitiv UTFni bosqichma-bosqich shakllantirishga yo‘naltiruvchi, o‘quv faoliyatining kognitiv, prognostik va refleksiv komponentlarini integral tarzda uyg‘unlashtirish asosida 5-sinf rus tili darslarida Triadic Learning Framework modeli asosida topshiriq va mashqlar tizimi ishlab chiqilib metodik jihatdan tizimlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Rus tili darslarida kognitiv UTF shakllantirish metodikasiga bag‘ishlangan tadqiqot natijalari asosida quyidagi natijalarga erishildi:
rus tili fanini o‘qitish jarayonida 5-sinf o‘quvchilarining kognitiv universal ta’lim faoliyatlarining mazmun-mohiyati, tuzilmasi va ontogenetik o‘ziga xosliklarini ilmiy-nazariy jihatdan asoslash orqali kognitiv UTF rus tili darslarida o‘quvchilarning real kognitiv-nutqiy faoliyatida aks etuvchi diagnostik-integrativ kognitiv operatsiyalar dinamik tizimi ekanligini asoslashga doir taklif va tavsiyalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan RZ-202004165 “Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida og‘zaki va yozma nutqiy kompitensiyalarini rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish (amaliy olima ayollar granti)” nomli amaliy loyiha doirasida foydalanilganda foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 20-maydagi 01/4-2053-son ma’lumotnomasi). Natijada rus tili ta’limi jarayonida o‘quvchilarning kognitiv UTF shakllantirish mazmuni va mexanizmlarini takomillashtirishga erishildi;
5-sinf rus tili darslarini o‘qitish jarayonida kognitiv UTFni shaklantirshning didaktik imkoniyatlari, kognitiv UTFni shakllantirishga doir metodologik yondashuvlarning qiyosiy tahlili asosida rus tili darslarida o ‘quvchilarning kognitiv UTFni shakllantirishning pedagogik modeli takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari umumta’lim maktablarining 5-sinf rus tili darslarini tashkil etish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2025-yil 3-iyundagi 01/11-6-363-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning kognitiv mustaqilligini rivojlantirish va rus tili darslarida kognitiv UTF shakllantirishning metodik ta’minoti takomillashtirildi.
kognitiv yo‘naltirilgan topshiriqlardan maqsadli foydalanish, mazmuniy yo‘naltirilgan nutqiy faoliyatni tashkil etish, shuningdek, refleksiya va metakognitiv nazoratni tizimli rivojlantirishni o‘z ichiga olgan metodik tizim asosida rus tili darslarida kognitiv-nutqiy faoliyatni samarali tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlari takomillashtirishga doir doir taklif va tavsiyalardan “Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida og‘zaki va yozma nutqiy kompitensiyalarini rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish (amaliy olima ayollar granti)” nomli amaliy loyiha doirasida foydalanilganda foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 20-maydagi № 01/4-2053-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning kognitiv UTF shakllantirishning didaktik imkoniyatlari takomillashtirildi.
Tajriba-sinov ishlari Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi 52-sonli, Paxtaobod tumanidagi 3-sonli va Andijon shahridagi 30-sonli, Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahridagi 9-, 11-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘tkazilib, kognitiv UTFni bosqichma-bosqich shakllantirishga yo‘naltiruvchi, o‘quv faoliyatining kognitiv, prognostik va refleksiv komponentlarini integral tarzda uyg‘unlashtirish asosida 5-sinf rus tili darslarida Triadic Learning Framework modeli asosida topshiriq va mashqlar tizimi ishlab chiqilib metodik jihatdan tizimlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2025-yil 3-iyundagi 01/11-6-363-son ma’lumotnomasi). Natijada rus tili o‘qitish sifati, o‘quvchilarning kognitiv hamda kommunikativ ko‘nikmalarini shakllantirish darajasi oshirildi, shuningdek, pedagoglarning kasbiy kompetensiyasi takomillashtirildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish