Mamasolieva Gulchexraxon Abduxalilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Fransuz va o‘zbek tillarida fonologik birliklar o‘rtasida gradual munosabatning ifodalanishi”, 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3864.
Ilmiy rahbar: Nabieva Dilora Abduxamidovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, DSc.03/2025.27.12.Fil.32.02
Rasmiy opponentlar: Axrorova Ro‘zixon Usmonovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Mirsanov G‘aybullo Qulmurodovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fransuz va o‘zbek tillari fonologik tizimini qiyosiy-tipologik planda tahlil qilish orqali segmental (vokalizm, konsonantizm) va supersegmental (prosodika) sathlardagi gradual (darajali) munosabatlarning struktur-funksional, paradigmatik va sintagmatik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fransuz va o‘zbek tillari fonologik tizimida gradual munosabatlarning nazariy asoslari, fonologik sathda zidlanishlar ko‘p bosqichli ekanligi hamda lingvistik graduonimiyaning fonetik birliklarda namoyon bo‘lish qonuniyatlari qiyosiy-tipologik jihatdan asoslangan;
unlilar tizimidagi darajalanishning paradigmatik va sintagmatik munosabatlari aniqlab berildi. Shuningdek, fransuz va o‘zbek tillarida unlilar tasnifining bir qator belgilar asosidagi zidlanishlarining gradual tabiati ochib berilgan va nutq jarayonining sintagmatik munosabatida unlilarning talaffuz variantlarining darajali bosqichlari yoritilgan;
fransuz va o‘zbek undoshlar sistemasidagi zidlanishlarning gradual xususiyatlari aniqlanib, ikki tilda undoshlarning hosil bo‘lish o‘rni va usuliga ko‘ra fonologik munosabatlari darajali qatorlarni tashkil etishi dalillangan holda ularning tipologik o‘xshashlik hamda farqlari tizimlashtirilgan;
turli tizimga mansub fransuz va o‘zbek tillarining prosodik vositalarida gradual munosabatning ifodalanish imkoniyatlarini ochib berish, urg‘uning darajalanishini aniqlash, shuningdek, ohang (melodika) fonetik parametrlar orqali pasayish va ko‘tarilish bosqichlarining pog‘onaviy ketmaketligi fonologik tizimlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fransuz va o‘zbek tillarida fonologik birliklar o‘rtasidagi gradual munosabatlarning ifodalanishi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
dissertatsiyada fransuz va o‘zbek tillari undoshlar sistemasidagi zidlanishlarning gradual xususiyatlari aniqlanib, undosh fonemalarning artikulyasion tasnifi asosida ularning fonologik munosabatlari darajalanish tamoyili asosida yoritildi hamda darajali qatorlari belgilandi. Olingan natijalar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2023-yil 18-maydagi 156-son buyrug‘iga muvofiq 2023–2024-yillarda amalga oshirilgan AI-201704-sonli “Umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining ona tili (o‘zbek tili) fani bo‘yicha malakasini baholash hamda 14 ta fandan test tizimini ishlab chiqish” nomli fundamental loyihada qo‘llanildi (A.Avloniy nomidagi pedogoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy tadqiqot institutining 2026-yil 7-apreldagi 07-1102-331-sonli ma’lumotnomasi). Natijada undosh fonemalarning darajali munosabatlarini tizimli yoritish imkoniyati yaratildi hamda fonologik tahlilning ilmiy asoslari boyitildi;
dissertatsiyada unlilar tizimidagi darajalanishning paradigmatik va sintagmatik munosabatlari aniqlab berildi. Shuningdek, fransuz va o‘zbek tillarida unlilar tasnifining bir qator belgilar asosidagi zidlanishlarning gradual tabiati ochib berildi va nutq jarayonining sintagmatik munosabatida unlilarning talaffuz variantlarining darajali qatorlari qiyosiy tahlillaridan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2022–2023-yillarda bajarilgan IL-21091506 “O‘zbek ismlarining izohli imlo lug‘ati va mobil ilovasini yaratish” amaliy grant loyihasida foydalanildi (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 29-dekabr 04/1-6370-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, fonologik ma’lumotlar bazasi kengaytirildi. Bu esa lug‘at tahriri, mobil ilovaning algoritmik strukturasi va foydalanuvchi interfeysida interaktiv tavsiyalar yaratish imkonini berdi;
dissertatsiyada fransuz va o‘zbek tillari fonologik tizimida gradual munosabatlarning nazariy asoslari, fonologik sathda zidlanishlar ko‘p bosqichli ekanligi hamda lingvistik graduonimiyaning fonetik birliklarda namoyon bo‘lish qonuniyatlarining qiyosiy-tipologik jihatdan asoslanishi Samarqand Fransuz Alyansi tomonidan 2026-yil 2–3-mart kunlari tashkil etilgan “Ateliers linguistiques” til kurslari doirasidagi mashg‘ulotlarda foydalanildi (Samarqand Fransuz Alyansining 2026-yil 3-martdagi 11-3.03.2026-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilarda fransuz va o‘zbek tillarining fonetik-fonologik tizimlarini qiyosiy anglash, talaffuz va fonetik tafovutlarni aniqlash, so‘z va iboralarni to‘g‘ri qo‘llash hamda nutqning ritm va intonatsiyasini idrok etish ko‘nikmalari rivojlantirildi; bu esa ularning kommunikativ kompetensiyasi va muloqot madaniyatini oshirishga xizmat qildi;
dissertatsiyada turli tizimga mansub fransuz va o‘zbek tillarining prosodik vositalarida gradual munosabatning ifodalanish imkoniyatlarini ochib berish, urg‘uning darajalanishini aniqlash, shuningdek, ohang (melodika) fonetik parametrlar orqali pasayish va ko‘tarilish bosqichlaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” nomli dasturlarining 2026-yil yanvar va mart oylari sonlari ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi davlat muassasisining 2026-yil 17-martdagi 05-09-475-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, nutqdagi urg‘u va ohangdagi gradual munosabatlar tilning hissiy va estetik ta’sirchanligini oshirdi va tinglovchida sezilarli taassurot qoldirishi tatbiq etildi.