To‘ev Baxtiyor Zaripovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida pedagogik jarayon samaradorligini oshirish texnologiyasini takomillashtirish”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/Ped6876.
Ilmiy rahbar: Hakimova Nargiza Suphonovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Buxoro xalqaro universiteti, PhD.03/2026.10.04.Ped.43.02.
Rasmiy opponentlar: Sayfullaeva Gulhayo Ixtiyor qizi, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Davronov Ismoil Ergashevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida pedagogik jarayon samaradorligini oshirish texnologiyasini takomillashtirish hamda ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’limda pedagogik jarayon samaradorligi tushunchasi ta’lim oluvchining shaxsiy va kasbiy identifikatsiyasiga yo‘naltirilganlik, 4K modellarining kognitiv-emotsional jihatlari hamda gibrid ta’lim muhitida raqamli komponentlarning funksional imkoniyatlarini optimallashtirish asosida pedagogik-antropologik yondashuvning akmeologik yo‘nalishlari bilan integratsiyalashgan holda aniqlashtirilgan;
pedagogik jarayonning maqsadli, mazmunli va texnologik komponentlarini o‘quvchining intellektual va ijtimoiy ehtiyojlariga transformatsiya qilishga yo‘naltirilgan, ta’lim jarayonini preventiv diagnostika, kognitiv loyihalash va uzluksiz metarefleksiv monitoring qilish bosqichlarining konseptual yaxlitligini ta’minlovchi modeli takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning mustaqil bilim olish faoliyatini raqamli ta’lim resurslari vositasida faollashtirishning metodik tizimi “ta’lim arxitekturasini loyihalash”, loyihaviy ta’lim va “Flipped Classroom” yondashuvlarining konvergent sineriyasiga asoslangan hamda ta’lim oluvchining individual adaptiv traektoriyasini ta’minlovchi intellektual-texnologik algoritmi orqali takomillashtirilgan;.
pedagogik jarayon samaradorligini baholashning sifat va miqdor ko‘rsatkichlari xo‘lqaro baholash dasturlari talablari bilan benchmarking integratsiyasi asosida, o‘quvchilarning kognitiv o‘zlashtirish koeffitsienti, meta-motivatsion dinamikasi va ijtimoiy-emotsional soft skills kompetensiyalarini qamrab oluvchi ko‘p faktorli diagnostik tizim vositasida optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida pedagogik jarayon samaradorligini oshirish texnologiyasini takomillashtirish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
umumiy o‘rta ta’limda pedagogik jarayon samaradorligi tushunchasi ta’lim oluvchining shaxsiy va kasbiy identifikatsiyasiga yo‘naltirilganlik, 4K modellarining kognitiv-emotsional jihatlari hamda gibrid ta’lim muhitida raqamli komponentlarning funksional imkoniyatlarini optimallashtirish asosida pedagogik-antropologik yondashuvning akmeologik yo‘nalishlari bilan integratsiyalashgan holda aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalardan A. Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutining o‘quv jarayonida maktab rahbarlari tomonidan ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan boshqaruv loyihalarini ishlab chiqish va ularning kutilayotgan natijalarini baholash mezonlarini belgilashda foydalanilgan (A. Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutining 2026-yil 19-maydagi 01/09-1166-son ma’lumotnomasi). Natijada, akademik o‘zlashtirish bilan bir qatorda kommunikatsiya, hamkorlik, tanqidiy va kreativ fikrlash, mustaqil ta’lim olish, raqamli savodxonlik, ma’naviy-axloqiy rivojlanish va o‘quv motivatsiyasini qamrab oluvchi indikatorlar tizimi takomillashtirilgan.
pedagogik jarayonning maqsadli, mazmunli va texnologik komponentlarini o‘quvchining intellektual va ijtimoiy ehtiyojlariga transformatsiya qilishga yo‘naltirilgan, ta’lim jarayonini preventiv diagnostika, kognitiv loyihalash va uzluksiz metarefleksiv monitoring qilish bosqichlarining konseptual yaxlitligini ta’minlovchi modeli takomillashtirishga oid takliflardan tajriba-sinov maydonchalari tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quv-tarbiya jarayonida hamda avgust o‘quv-seminarlarining mazmunini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 24-fevraldagi 03-33-1036-son ma’lumotnomasi). Natijada, seminarlarning metodik mazmuni o‘quvchilarning ta’lim ehtiyojlarini oldindan aniqlash, diagnostika natijalari asosida o‘quv maqsadlari va topshiriqlarini belgilash hamda monitoring natijalariga ko‘ra metodik birlashmalarning ish rejalariga tuzatishlar kiritishga doir amaliy tavsiyalar bilan boyitilgan.
o‘quvchilarning mustaqil bilim olish faoliyatini raqamli ta’lim resurslari vositasida faollashtirishning metodik tizimi “ta’lim arxitekturasini loyihalash”, loyihaviy ta’lim va “Flipped Classroom” yondashuvlarining konvergent sineriyasiga asoslangan hamda ta’lim oluvchining individual adaptiv traektoriyasini ta’minlovchi intellektual-texnologik algoritmi orqali takomillashtirishga oid tavsiyalardan A. Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida rahbar kadrlar zaxirasini tashkil etish kursi uchun dars loyihalarini tayyorlashda foydalanilgan (A. Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutining 2026-yil 19-maydagi 01/09-1166-son ma’lumotnomasi). Natijada, mustaqil ta’lim topshiriqlarini individuallashtirish va o‘quvchining bajarilgan ish natijalari asosida o‘z ta’lim faoliyatini rejalashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun metodik asos yaratilgan.
pedagogik jarayon samaradorligini baholashning sifat va miqdor ko‘rsatkichlari xo‘lqaro baholash dasturlari talablari bilan benchmarking integratsiyasi asosida, o‘quvchilarning kognitiv o‘zlashtirish koeffitsienti, meta-motivatsion dinamikasi va ijtimoiy-emotsional soft skills kompetensiyalarini qamrab oluvchi ko‘p faktorli diagnostik tizim vositasida optimallashtirishga oid tavsiyalardan tajriba-sinov maydonchalarida o‘quvchilarning kognitiv o‘zlashtirish koeffitsienti, o‘z o‘quv motivatsiyasini anglash hamda ijtimoiy-emotsional ko‘nikmalarini baholash jarayoni mazmunini tizimlashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 24-fevraldagi 03-33-1036-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning rivojlanish dinamikasini bir nechta ko‘rsatkich asosida kuzatish, aniqlangan qiyinchiliklarni tahlil qilish va pedagogik qarorlarni diagnostik ma’lumotlar bilan asoslash imkoniyati yaratilgan.